Saidov Temur Tolibovichning  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Glaukomatoz optik neyropatiyaning kompleks terapiyasida endonazal elektroforez va elektrostimulyasiyaning samaradorligini baxolash, 14.00.08 – Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib 1677.
Ilmiy rahbar: Yangieva Nodira Raximovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.17.02.
Rasmiy opponentlar: Karimova Muyassar Xamitovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Imsheneskaya Tat`yana Aleksandrovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: I.N.Ulyanov nomidagi Chuvash davlat universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: birlamchi glaukomali bemorlarda ginkgo biloba ekstraktini endonazal elektroforez usulida yuborish hamda teri orqali elektrostimulyasiyani qo‘shib qo‘llashga asoslangan glaukomatoz optik neyropatiyani kompleks davolash usulining samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kompensatsiyalangan oftalmotonusli birlamchi glaukomali bemorlarda gidrodinamik ko‘rsatkichlarni inobatga olgan holda glaukomatoz optik neyropatiya avj olish xavfini bashoratlash usuli takomillashtirilgan va u xavf guruhlarini aniqlash va bemorlarni differensial olib borish taktikasini belgilash imkonini berishi isbotlangan;
klinik-funksional va morfo-tuzilmaviy ko‘rsatkichlarga asosan kompensatsiyalangan oftalmotonusli, avj olish xavfi yuqori bo‘lgan birlamchi glaukomali bemorlarda ginkgo biloba ekstraktini endonazal elektroforez orqali qo‘llash va teri orqali elektrostimulyasiyani birgalikda tatbiq etish asosidagi kompleks davolash usuli glaukomatoz optik neyropatiya avj olishini kamaytirishi aniqlangan;
avj olish xavfi yuqori bo‘lgan kompensatsiyalangan oftalmotonusli birlamchi glaukomali bemorlarda taklif etilgan kompleks davolash usuli ko‘ruv a’zosi gemodinamikasi va to‘r parda bioelektrik faolligini yaxshilashi hamda glaukomatoz optik neyropatiyada neyroprotektor ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan;
sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘inida kompensatsiyalangan oftalmotonusli birlamchi glaukomali bemorlarda xavf darajasiga asoslangan differensial olib borish taktikasi qo‘llanilganda ko‘ruv nervi diskining morfo-tuzilmaviy holati yaxshilanishi va patologik jarayon barqarorlashuviga erishilishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. 
Glaukomatoz optik neyropatiya (GON) bilan og‘rigan bemorlarni sog‘liqni saqlash tizimi birlamchi bo‘g‘inida yuritish taktikasi, prognoz qilish va davolash usullarini takomillashtirishga oid ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: kompensatsiyalangan oftalmotonusli birlamchi glaukomali bemorlarda gidrodinamik ko‘rsatkichlarni inobatga olgan holda glaukomatoz optik neyropatiya avj olish xavfini bashoratlash usuli takomillashtirilgan va  u xavf guruhlarini aniqlash va bemorlarni differensial olib borish taktikasini belgilash imkonini berishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: birlamchi glaukomali (BG) va kompensatsiyalangan oftalmotonus holatida GON avj olish natijasida ko‘rish funksiyalarining yo‘qolishi kuzatilganligi sababli, ushbu dastur orqali bemorlarda GON avj olish xavfi darajasi o‘z vaqtida aniqlanadi, bu, optimal davolash taktikasini ishlab chiqish imkonini beradi. Amaliyotga joriy etilishi: ishlab chiqilgan uslublar amaliy sog‘liqni saqlash sohasiga joriy etilgan, xususan, Ko‘z mikroxirurgiyasi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (RIIATM) Jizzax filiali poliklinika bo‘limiga 2025 yil 10 maydagi 32-U sonli buyruq asosida hamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti (SamDTU) ko‘p tarmoqli klinikasining oftalmologiya bo‘limiga 2025 yil 2 iyundagi 88-sonli buyruq asosida joriy etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashi majlisining 2025 yil 7 iyuldagi 21-sonli bayonnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: GON avj olish xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarni aniqlash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: GON avj olishini sekinlashishi, ya’ni bemorni xavfi yuqori bo‘lgan guruhdan o‘rta xavf guruhiga o‘tishi hisobiga GON avj olish xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarni aniqlash natijasida bemor xarajatlarini komleks davolashga sarflanadigan xarajatlarni 1850000 so‘mdan 1,3 marta tejash imkonini berdi. 
ikkinchi ilmiy yangilik: klinik-funksional va morfo-tuzilmaviy ko‘rsatkichlarga asosan kompensatsiyalangan oftalmotonusli, avj olish xavfi yuqori bo‘lgan birlamchi glaukomali bemorlarda ginkgo biloba ekstraktini endonazal elektroforez orqali qo‘llash va teri orqali elektrostimulyasiyani birgalikda tatbiq etish asosidagi kompleks davolash usuli glaukomatoz optik neyropatiya avj olishini kamaytirishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: taklif etilgan kompleks terapiyasi yordamida III bosqichdagi BGli bemorlarda ko‘rishning funksional va tuzilmaviy ko‘rsatkichlarini barqarorlashtirish, II bosqichdagi bemorlarda esa 6 oylik kuzatuv davomida ijobiy dinamikani qayd etilishini ta’minladi. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi: ishlab chiqilgan uslublar amaliy sog‘liqni saqlash sohasiga joriy etilgan, xususan, Ko‘z mikroxirurgiyasi RIIATM Jizzax filiali poliklinika bo‘limiga 2025 yil 10 maydagi 32-U sonli buyruq asosida hamda SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasining oftalmologiya bo‘limiga 2025 yil 2 iyundagi 88-sonli buyruq asosida joriy etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashi majlisining 2025 yil 7 iyuldagi 21-sonli bayonnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: BGli va GON avj olish xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarda taklif etilgan kompleks davolashni qo‘llanilishi GONda atrofik jarayonning sekinlashishi hisobiga ko‘rish funksiyalari yaxshilanishi va morfo-tuzilmaviy o‘zgarishlarni barqarorlashishini ta’minlaydi. Iqtisodiy samaradorligi: kompensatsiyalangan oftalmotonusli II bosqichdagi BGli va GON avj olish xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarda kasallikning II bosqichidan III bosqichga o‘tishini kechiktirish va bemorni tashhislash va davolashga sarflanadigan xarajatlarini 2050000 so‘mdan 1,4 marta tejash imkonini berdi, chunki III bosqichdagi bemorlarda tashxislash va davolash xarajatlari II bosqichga nisbatan yuqori hisoblanadi.
uchinchi ilmiy yangilik: avj olish xavfi yuqori bo‘lgan kompensatsiyalangan oftalmotonusli birlamchi glaukomali bemorlarda taklif etilgan kompleks davolash usuli ko‘ruv a’zosi gemodinamikasi va to‘r parda bioelektrik faolligini yaxshilashi hamda glaukomatoz optik neyropatiyada neyroprotektor ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: GONni taklif etilgan kompleks davolashning qo‘llanilishi ko‘z gemodinamikasi ko‘rsatkichlarini va bioelektrik faollikni yaxshilanishini ta’minladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi: ishlab chiqilgan uslublar amaliy sog‘liqni saqlash sohasiga joriy etilgan, xususan, Ko‘z mikroxirurgiyasi RIIATM Jizzax filiali poliklinika bo‘limiga 2025 yil 10 maydagi 32-U sonli buyruq asosida hamda SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasining oftalmologiya bo‘limiga 2025 yil 2 iyundagi 88-sonli buyruq asosida joriy etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashi majlisining 2025 yil 7 iyuldagi 21-sonli bayonnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: kompensatsiyalangan oftalmotonusli va GON avj olish xavfi yuqori bo‘lgan BGli bemorlarda taklif etilgan kompleks davolashning qo‘llanilishi ko‘ruv nervining qon aylanishining gemodinamik ko‘rsatkichlari va funksional holatini yaxshilanishini ta’minlaydi, bu, GON avj olishini sekinlashishidan dalolat beradi. Iqtisodiy samaradorligi: endonazal elektroforez orqali ginkgo biloba ekstraktini elektrostimulyasiya bilan qo‘llash kompleks davolashda gemodinamik va bioelektrik siljishlarni korreksiyasi kompleks davolashga bemorga sarflanadigan xarajatlarni 1850000 so‘mdan 1,5 marta kamaytiradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘inida kompensatsiyalangan oftalmotonusli birlamchi glaukomali bemorlarda xavf darajasiga asoslangan differensial olib borish taktikasi qo‘llanilganda ko‘ruv nervi diskining morfo-tuzilmaviy holati yaxshilanishi va patologik jarayon barqarorlashuviga erishilishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: BG va kompensatsiyalangan oftalmotonusli bemorlarni sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘ini uchun olib borish taktikasi ishlab chiqildi va ilmiy jihatdan asoslandi. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish: ishlab chiqilgan uslublar amaliy sog‘liqni saqlash sohasiga joriy etilgan, xususan, Ko‘z mikroxirurgiyasi RIIATM Jizzax filiali poliklinika bo‘limiga 2025 yil 10 maydagi 32-U sonli buyruq asosida hamda SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasining oftalmologiya bo‘limiga 2025 yil 2 iyundagi 88-sonli buyruq asosida joriy etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashi majlisining 2025 yil 7 iyuldagi 21-sonli bayonnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan olib borish taktikasining qo‘llanilishi poliklinika shifokor-oftalmolog faoliyatini standartlashtirish, ko‘rish o‘tkirligi va ko‘ruv maydonini, ko‘ruv nervi gemodinamikasi ko‘rsatkichlari va bioelektrik faolligining yaxshilanishi, morfo-tuzilmaviy holatning barqarorlashishiga olib keldi, ya’ni GON avj olishini sekinashtirdi. Iqtisodiy samaradorligi: BG va kompensatsiyalangan oftalmotonus tashxisi qo‘yilgan bemorlarni olib borishning mazkur taktikasini qo‘llash, GON avj olishining mos ravishdagi xavf guruhlarida keng qamrovli tashxislashni o‘tkazish bilan bog‘liq ortiqcha moliyaviy xarajatlarni bartaraf etadi hamda bemorning statsionar davolanish uchun markaziy oftalmologik muassasalarga murojaat qilish holatlarini kamaytiradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish