Seytnazarov Atanazar Reypnazarovichning

doktorlik dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

 

    I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Past navli fosforitlarni kimyoviy va mexanokimyoviy faollashtirish usullari bilan birlamchi fosforli va kompleks o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13 – «Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi» ixtisosligi (texnika fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /texnik fanlari nomzodi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.T281.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti ilmiy-tadqiqot markazi, Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi 16.07.2013.K/T.14.01 raqamli ilmiy kengash.

Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Beglov Boris Mixaylovich, texnika fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi.

Rasmiy opponentlar: Tuxtaev Saydaxral, texnika fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi; Ismoilov Nasrulla Patxullaevich, texnika fanlari doktori, professor; Jumaniyazov Maxsud Jabbievich, texnika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: «O‘zog‘irneftgazkimyoloyiha» instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

   II. Tadqiqotning maqsadi: Markaziy Qizilqum fosforitlarini organik kislotalar bilan boyitish hamda ularni kimyoviy va mexanokimyoviy faollashtirish yo‘li bilan birlamchi fosforli va kompleks o‘g‘itlar olish texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.

    III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

sirka va chumoli kislotalarining Markaziy Qizilqum fosfat xomashyosidagi karbonatlarni to‘liq ajratib berish xossasi aniqlangan;

Markaziy Qizilqum fosfat xomashyosini fosforkislotali faollashtirishning maqbul sharoitlari aniqlanib, ko‘p miqdorda o‘zlashuvchan va suvda eruvchan R2O5 tutgan birlamchi fosforli va ammofosfatli o‘g‘itlar olish texnologiyalari yaratilgan;

ammoniy tuzlarining trikal`siyfosfatga nisbatan erituvchilik xossasi bo‘yicha yangi ma’lumotlar olingan va Markaziy Qizilqum fosforitlarini kimyoviy va mexanokimyoviy faollashtirishning ilmiy asoslari yaratilgan;

Markaziy Qizilqum fosforitlarining har xil mineral tuzlar bilan bo‘lgan aralashmalarini mexanokimyoviy faollashtirish natijasida, ular orasida xomashyodagi o‘zlashuvchan fosfor miqdorining ortib borish qatori (karbamid → kaliy xloridi → karbonatning ammoniy tuzlari→ ammoniy xloridi → ammoniy nitrati → kaliy fosfati → ammoniy sul`fati → mochevina nitrati) aniqlangan.

o‘g‘itlarni donadorlash uchun presslash va namlik ishtirokida jadal aralashtirish usullari ishlab chiqilgan;

yuvib kuydirilgan fosfokonsentrat xomashyosining fizik-kimyoviy va fizik-mexanik xossalari bo‘yicha yangi ma’lumotlar olingan;

fizik-kimyoviy tadqiqotlar asosida yangi turdagi yuvib kuydirilgan fosfokonsentratni ekstraksion fosfor kislota, ammofos va diammofosga qayta ishlashning maqbul sharoitlari aniqlangan.

    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Markaziy Qizilqum fosforitlarini mineral tuzlar ishtirokida mexanokimyoviy faollashtirish yo‘li bilan murakkab aralash o‘g‘itlar olish bo‘yicha ishlab chiqilgan yangi texnologiyaga Intellektual mulk agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi patenti («Tarkibida fosfor bo‘lgan donador murakkab qo‘shma o‘g‘itlarni olish usuli», IAP 02710) berilgan;

yangi turdagi yuvib kuydirilgan fosfokonsentratni sul`fat kislotasi bilan ekstraksiya qilishning maqbul texnologik parametrlari aniqlangan va «Ammofos-Maksam» aksionerlik jamiyatida tatbiq etilgan. Unga ko‘ra, 2015 yilning dastlabki besh oyi mobaynida mazkur texnologik rejim bo‘yicha 154,4 ming tonna yangi yuvib kuydirilgan fosfokonsentrat qayta ishlanib 100% R2O5 hisobida 26,8 ming tonna ekstraksion fosfor kislota ishlab chiqarildi. Olingan ekstraksion fosfor kislota asosida 84,2 mlrd so‘mlik 25,9 ming tonna ammofos, 29,4 ming tonna suprefos-NS, 23,6 ming tonna PS-Agro va 26,3 ming tonna boyitilgan superfosfat o‘g‘itlari ishlab chiqarildi («Ammofos–Maksam» aksionerlik jamiyatining 2015 yil 20 maydagi dalolatnomasi va 2015 yil 28 maydagi 1828/S-son ma’lumotnomasi).

Yangiliklarga obuna bo‘lish