Ergasheva Zulfiya Kaxramonovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Brinza tarkibidan zardob ajralib chiqish jarayonini tezlashtirish uchun ultratovushli qurilmani takomillashtirish», 02.00.16 - Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5259.
Ilmiy rahbar: Safarov Jasur Esirgapovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.T.42.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar: Dodaev Qo‘chqor Odilovich, texnika fanlari doktori, professor; G‘ofurov Karim Xakimovich, texnika fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: brinza ishlab chiqarish jarayonida zardob ajralishini tezlashtirish uchun ultratovushli qurilmani takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
brinzadan zardob ajratishning maqbul parametrlari: ultratovush chastotasi 30 kGs, brinza harorati 400C, brinzadan namlikni yo‘qotish uchun ishlov berish vaqti 40 daqiqa bo‘lganda sutning kimyoviy tarkibini saqlab qolish qonuniyatlari aniqlangan;
ultratovushli ishlov berish usuli qo‘llanilganda brinza tarkibidagi suvda eruvchan vitaminlar, uglevodlar, mineral moddalar, yog‘lar va oqsillar 98-100% gacha saqlanishi isbotlangan;
brinza harorati 35-40 °C oralig‘ida bo‘lganda ultratovush ta’sir ettirilib, brinza tarkibini barqarorlashishi isbotlangan, bunda zardobni ajratish jarayoni matematik modelini tuzish, tizimning turli sharoitlardagi harakati va jarayonni avtomatik boshqarish uchun foydalanish imkoniyati aniqlangan;
brinzadan zardob ajratish jarayonini tezlatish uchun energiya tejovchi ultratovush qurilmasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ultratovush yordamida brinza zardobini ajratib olish jarayonini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
brinzadan zardob ajratish jarayonida ultratovush qurilmasini qo‘llash texnologiyasi “MILKOLINO PRODUCTS” MChJda joriy etilgan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2025 yil 27 iyundagi 27-69/06-25-son ma’lumotnomasi). Yuqori samarali texnologiyani qo‘llash natijasida, mahsulot chiqishi 1,3 barobarga oshib, xomashyo yo‘qotilishi esa 9% ga kamaytirish imkoninni bergan;
brinza mahsulotini qayta ishlash usuli “MILKOLINO PRODUCTS” MChJda ishlab chiqarishga joriy etilgan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2025 yil 27 iyundagi 27-69/06-25-son ma’lumotnomasi). Natijada, yakuniy mahsulot tarkibidagi biologik faol moddalarni 98-100% gacha saqlab qolgan holda yuqori samarali texnologiyalarni qo‘llash imkonini bergan;
brinza mahsulotini qayta ishlashning takomillashtirilgan ultratovush qurilmasi va texnologiyasi “MILKOLINO PRODUCTS” MChJda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2025 yil 27 iyundagi 27-69/06-25-son ma’lumotnomasi). Natijada, ultratovushdan oqilona foydalanish hisobiga zardob ajratish vaqti qisqargan, energiya sarfi kamaygan va yuqori sifatli mahsulot olish imkonini bergan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish