Ostanaqulova Go‘zalxon Nosirjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sariqo‘rg‘on yodgorligi tuproqlarining agrobiogeokimyoviy xossalari», 03.00.13 – Tuproqshunoslik (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/V674.
Ilmiy rahbar: Zakirova Sanoat Xomdomovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.B.10.07.
Rasmiy opponentlar: Parpiev G‘ofurjon Toxirovich, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Shadieva Nilufar Iskandarovna, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Sariqo‘rg‘on arxeologik yodgorligi poleotuproqlari va hozirgi tuproq geokimyoviy jarayonlari, morfogenetik xususiyatlari, fizik va kimyoviy xossa-xususiyatlaridagi o‘zgarishlarni aniqlash, tuproqlar kimyoviy tarkibi asosida qiyosiy baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
arxeologik yodgorliklar tuproq-guruntlari hamda ularning atrofidagi zamonaviy tuproqlar mexanik tarkibining yirik chang fraksiyasi (0,01–0,05 mm) miqdorining yaqinligi aniqlanib, bu holat yodgorliklarning qurilish jarayonida mahalliy daryo qayir-allyuvial qalqindilari va lyossimon yotqiziqlardan selektiv ravishda foydalanilganligini ko‘rsatuvchi muhim pedogenetik dalil sifatida ilmiy jihatdan asoslangan;
So‘x daryosi qayir-allyuvial yotqiziqlari bilan Sariqo‘rg‘on arxeologik yodgorligi tuproq-gruntlari o‘rtasida mexanik elementlar fraksiyalarining nisbatlari, fizik xossalari va asosiy kimyoviy ko‘rsatkichlarining yuqori darajadagi uyg‘unligi aniqlanib, yodgorlik qurilishida ishlatilgan tuproq-guruntlarning genetik jihatdan yaqin manbadan shakllanganligi isbotlangan;
antropogen omil ta’sirida kolmatajlangan och tusli bo‘z tuproqlarda gumus, oziqa moddalari (N, P) va mikroelementlardan Mn va Zn miqdorlari arxeologik yodgorlik tuproq-guruntlari nisbatan 1,44-2,92 barobar oralig‘ida ortib borayotganligi aniqlangan;
qayir-allyuvial tuproqlar hamda arxeologik yodgorlik tuproq-guruntlarida Na, Mg, Al, Si, K, Fe, Li, Mn, Ni, Zn va boshqa makro- va mikroelementlarning pedogeokimyoviy taqsimlanish qonuniyatlari aniqlanib, ularning miqdoriy ko‘rsatkichlaridan hudud uchun geokimyoviy fon sifatida foydalanish mumkinligi ilmiy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sariqoʻrg‘on yodgorligi tuproqlarining agrobiogeokimyoviy xossalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Sariqo‘rg‘on tarixiy yodgorligi tuproq-guruntlari bo‘yicha olingan agrofizik, kimyoviy, agrokimyoviy va pedogeokimyoviy ma’lumotlar asosida tayyorlangan maxsus ko‘rgazmalar turistlar va boshqa qiziquvchilar uchun yodgorlik madaniy meros hududini tavsiflovchi material sifatida Respublika Madaniy meros agentligida amaliyotga joriy etilgan (Respublika Madaniy meros agentligining 2025 yil 17 martdagi  04-05/1022-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy va xorijiy turistlar qatnovi ko‘payishi, yodgorlik tuproq-guruntlari to‘g‘risida kengroq ma’lumotlar berishda muhim ilmiy ko‘rgazmali material sifatida xizmat qilgan;
Sariqo‘rg‘on tarixiy yodgorligi tuproq-guruntlarida aniqlangan rux va fosfor elementlari miqdori asosida uning janubida odamlar nisbatan uzoq davr yashaganliklari aniqlangan va yodgorlik madaniy meros agentligi kitobiga kiritilgan hamda 3D formatdagi muzey rasmi ishlanib yodgorlik muzeyi fondi amaliyotiga joriy etilgan (Respublika Madaniy meros agentligi 2025 yil 17 martdagi  04-05/1022-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yodgorlik tuproq-guruntlari tarkibini ifodalovchi makro- va mikroelementlar boshqa o‘xshash yodgorliklar uchun fon rolini ijro etishi e’tirof etilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish