Tangirov Jasurbek Mixli o‘g‘lining
dissertatsiya himoyasisiz ixtiro patenti (seleksiya yutug‘i) asosida
falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Modifikatsiyalangan natriy dodesilbenzolsulfonat xitozani asosida suvni yumshatish texnologiyasini takomillashtirish», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T3137.
Ilmiy rahbar: Amirqulov Nuritdin Sayfullaevich, texnika fanlar nomzodi, professor.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/2025.27.12.T.42.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan: «Suvni yumshatish usuli» (№IAP 7824).
II. Tadqiqotning maqsadi organik moddalar asosida texnik suvni yumshatishning yangi, samarali texnologiyasini ishlab chiqish bo‘lib, suvdagi qattiqlikni keltirib chiqaruvchi ionlar (Ca²⁺ va Mg²⁺) hamda noorganik aralashmalar miqdorini kamaytirish orqali suvning barqarorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
organik moddalar (sirka kislotasi, epixlorgidrin, natriy dodesilbenzolsulfonat) asosida texnik suvni yumshatish jarayonini jadallashtirish uchun modifikatsiyalangan yangi sorbent tarkibi ishlab chiqilgan;
organik moddalar asosida yaratilgan yangi sorbentning modifikatsiyalangan xitozan va magnit material (Fe₃O₄) nano zarrachalari tanlangan 9:1 nisbatda texnik suvni 89,9 % gacha umumiy tozalash samaradorligi ilmiy asoslangan;
natriy dodesilbenzolsulfonat bilan modifikatsiyalangan xitozan va magnit nanozarrachalar hamda kalsinatlangan soda asosida texnik suvni yumshatishning yangi usuli ishlab chiqilgan (patent UZ IAP 7824, 2024 yil);
organik moddalar asosida ishlab chiqilgan yangi usulni qo‘llash natijasida texnik suvdagi qattiqlik tuzlari va noorganik aralashmalar 99,7 dan 99,9 % gacha samaradorlik bilan olib tashlangani isbotlangan;
natriy dodesilbenzolsulfonat bilan modifikatsiyalangan xitozan va magnit nanozarrachalar hamda kalsinatlangan soda asosida ishlab chiqilgan yangi texnologiyasini qo‘llash natijasida texnik suvning tuz cho‘kmalari hosil qilish ehtimoli Landjele (Langelier) va to‘yinganlik indekslari orqali kamaygani isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Texnik suvni yumshatish jarayonini jadallashtirish uchun modifikatsiyalangan sorbentning optimal tarkiblarini yaratish, reagentli va sorbentli moddalar asosida texnik suvni yumshatishning yangi usulini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
texnik suvni yumshatish jarayonini jadallashtirish uchun ishlab chiqilgan modifikatsiyalangan sorbentning yangi tarkibi «Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» da ishlab chiqarish amaliyotiga joriy etilgan («Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi»ning 2025 yil 22 sentyabrdagi 15/112-son ma’lumotnomasi). Natijada, Lanjele barqarorlik indeksi 7,0 dan 9,2 gacha oshirildi hamda to‘yinganlik indeksi -0,1 dan -0,9 gacha kamaytirish imkonini bergan;
reagent va sorbent asosida texnik suvni yumshatishning yangi usuli «Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi»da ishlab chiqarish amaliyotiga joriy etilgan («Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi»ning 2025 yil 22 sentyabrdagi 15/112-son ma’lumotnomasi). Natijada, neftni sovitish tizimlarida foydalanilayotgan texnik suv qattiqlik tuzlari hamda noorganik aralashmalardan 99,7–99,9 % gacha tozalash imkonini bergan.