Yusupova Quvonchoy Mayliboy qizining filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.  
Ogahiyning “Riyozu-d-davla” asari lingvopoetikasi, 10.00.01 – O‘zbek tili (Filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Fil5497
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
Ilmiy rahbar: O‘razboev Abdulla Durdibaevich, filologiya fanlari doktori. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, DSc.05/2025.27.12.Fil.15.03 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor Yuldashev Ma’rufjon Muhammadjonovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Andaniyazova Gavhar Ruziqulovna.
Yetakchi tashkilot: Xorazm Ma’mun akademiyasi. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Ogahiyning “Riyozu-d-davla” asarini yaxlit badiiy-lisoniy hodisa sifatida tadqiq etish, asarning o‘ziga xos  tantanavor-bezakdor uslubini lingvopoetik jihatdan asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
O‘zbek tilshunosligida ilk bor Ogahiyning “Riyozu-d-davla” asari kompleks lingvopoetik tahlilga tortilib, uning o‘ziga xos tantanavor-bezakdor uslubining nazariy-amaliy mohiyati lisoniy dalillar asosida asoslab berilgan; 
asarning leksik qatlami tahlili asosida uning badiiy tili turkiy, forsiy va arabiy lug‘aviy qatlamlarning o‘ziga xos uslubiy vazifalar taqsimoti asosidagi murakkab sintezidan iborat ekani ochib berilgan; 
“Riyozu-d-davla” asaridagi lisoniy vositalarning (fonetik, leksik, sintaktik) badiiy san’atlar bilan uzviy bog‘liqligi va ularning yaxlit badiiy-estetik tizimni tashkil etishi aniq misollar orqali isbotlangan; 
    Ogahiyning o‘ziga xos uslubiy tanlovini shakllantiruvchi ekstralingvistik omillar – muallifning saroy tarixchisi sifatidagi ijtimoiy mavqeyi, islomiy dunyoqarashi va davr adabiy an’analarining asar tili va uslubiga ta’siri ko‘rsatib berilgan.
    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Ogahiyning “Riyozu-d-davla” asari lingvopoetikasi” mavzusidagi tadqiqot bo‘yicha olingan natijalar asosida:
“Riyozu-d-davla” asarini lingvopoetik tadqiq etishning nazariy-uslubiy asoslarini belgilash, xususan, “Riyozu-d-davla”da zoonimlar, xususan, arlon ma’noli so‘zlar qo‘llanilishiga doir qarashlaridan; Ogahiyning sinonimlardan foydalanish mahorati bo‘yicha tahlillaridan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining Gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017-2020-yillarda bajarilgan F-1-005 raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunoslik tarixini tadqiq qilish” nomli fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2025-yil         9-sentyabrdagi 561/2-son ma’lumotnomasi). Natijada mumtoz adabiy yodgorliklarni tadqiq etishda matnni yaxlit badiiy hodisa sifatida tahlil qilishning ilmiy-nazariy samaradorligini oshirishga hissa qo‘shilgan.
Ogahiyning monumental-ornamental uslubi mohiyatini muallifning ijtimoiy mavqeyi, islomiy dunyoqarashi va davr ruhiyati kabi ekstralingvistik omillar bilan bog‘liqlikda yoritib berishga oid xulosalardan 2025-yil “Ichan qal’a” muzey-qo‘riqxonasining ekspozisiyalari uchun izohlar tayyorlashda va Xorazm tarixiy obidalari bo‘ylab ekskursiyalar o‘tkazuvchi gid-yo‘lboshchilar uchun uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining 2025-yil 13-avgustdagi 04-05/3276-son ma’lumotnomasi). Natijada tarixiy voqealar bayonini Ogahiy nasrining badiiy jozibasi va tantanavor ohangi bilan boyitish orqali sayyohlar uchun amaliy qo‘llanmalar ishlab chiqilgan.
Ogahiy nasrining musiqiyligini ta’minlovchi sintaktik (murakkab sintaktik qurilmalar, parallel konstruksiyalar) va fonetik-ritmik vositalar (saj’, ta’rse’) tahliliga oid xulosalardan Xorazm teleradiokompaniyasining 2025-yil 18-martda bo‘lib o‘tgan “Assalom, Xorazm” nomli madaniy-ma’rifiy ko‘rsatuvda hamda 2024-yil 24-iyundagi “Najot bilimda” kabi radioeshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston MTRK Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining 2025-yil 1-avgustdagi 615-616-son ma’lumotnomasi). Natijada keng jamoatchilikka Ogahiy merosining nafaqat tarixiy, balki yuksak badiiy-estetik qiymatini ham ilmiy-ommabop tarzda etkazishga, ko‘rsatuvning  mazmunli bo‘lishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish