Gazibekova Soxiba Yusupovnaning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Xayriddin Sultonov asarlarining badiiy til xususiyatlari, 10.00.01 – O‘zbek tili. (Filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Fil2370 Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zR Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti.
Ilmiy rahbar: Yuldashev Ma’rufjon Muhammadjonovich, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, DSc.05/2025.27.12.Fil. 15.03 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Azimov Inomjon Mamasodiqovich, filologiya fanlari doktori, professor; Jamoliddinova Dilnoza Mirxojiddinovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xayriddin Sultonov asarlarida qo‘llangan poetik aktuallashgan birliklarni belgilash hamda ularni tadqiq etish orqali adibning tildan foydalanish mahoratini tavsifashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Xayriddin Sultonov asarlaridagi chegaralangan leksik birliklar, xususan, kasb-hunarga oid ma’danshunos, zilzilashunos, zaminshunos kabi tilning ichki imkoniyatlari asosida yasalgan birliklarning, shuningdek, patinjon, guldurak, sepsilgan kabi hududiy mansublikni ifodalovchi shevaga oid so‘zlarning poetik aktuallashuvi dalillangan;
arvoh, mahr, so‘fi, tangri, kofir, imoni sust, shaytonning so‘ziga kirmoq, so‘fi yuzini yuvmasdan, mangu oromgoh kabi diniy tushunchalarni ifodalovchi so‘z va iboralarning ko‘p o‘rinlarda qahramon nutqini xoslashtirish maqsadida qo‘llangani asoslangan;
adib asarlaridagi uyi kuymoq, yuragini changallamoq kabi iboralarning badiiy qimmati yoritilgan; qirrasi qovun so‘yadigan, o‘rkach-o‘rkach lopillagan kabi sifatdosh qurilmali epitetlar va tog‘dek yurak, zulukday so‘rmoq, cho‘g‘day yallig‘langan kabi o‘xshatish qurilmalarining badiiyati ochib berilgan.
Xayriddin Sultonov asarlarida toponimlarning qadim turklar makoni Ko‘nya, azim Shosh, go‘zal, yosh va navqiron Islomobod, salqin, ko‘rkam, ozoda shahar Toif tarzida epitetlar bilan birga qo‘llanishi badiiy matnda tasviriylik yaratish uchun xizmat qilganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Xayriddin Sultonov asarlarining badiiy til xususiyatlari tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Xayriddin Sultonovning tarixiy va zamonaviy asarlari matnida asar muvaffaqiyatini ta’minlashga xizmat qiluvchi iste’mol darajasi cheklangan birliklarning qo‘llanish xususiyatlari haqidagi qarashlar; diniy tushunchalarning badiiy matnda xilma-xil poetik maqsadlarning ro‘yobga chiqishida ishtirok etishi va tarixiylik xususiyatiga ko‘ra farqlanishiga oid masalalar; badiiy matnda cheklangan leksik birliklardan – toponim, tarixiy so‘zlarning asar matnida qo‘llanishidagi badiiy til imkoniyatlari haqidagi ilmiy-nazariy qarashlardan; tarixiy asarlarda qo‘llanilgan iste’mol darajasi cheklangan birliklardan; kasb-hunarga oid so‘z va toponimlarning badiiy matndagi vazifasi, badiiy til xususiyatlarining o‘ziga xosligi, ilmiy-nazariy asoslari haqidagi ilmiy qarashlar va xulosalardan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida 2024-2025-yillarda amalga oshirilgan AL-662204393 raqamli “Qoraqalpog‘iston folklorshunosligi antologiyasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan. (Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining 2025-yil 18-iyundagi 01-21-04/2093-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning zamonaviy o‘zbek tilshunosligidagi yangilanishlar, lingvopoetik tushunchalari bilan to‘ldirilishida tadqiqot ishi zaruriy manba vazifasini o‘tadi.
Xayriddin Sultonov asarlarida toponimlardan badiiy matnda poetik maqsadni ro‘yobga chiqarishda foydalanilgani, etnonimlarning rang-barangligi va lingvistik ahamiyati, ijodkorning o‘ziga xosligini ta’minlashda iboralarning o‘rni masalasiga oid xulosalardan O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutida 2021-2022-yillarda bajarilgan IL-21071156 raqamli “Antropotsentrik tilshunoslik terminlari izohli lug‘atini tuzish va nashr qilish” (lug‘atning mobil ilovasi va vebsaytini yaratish) mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2025-yil 16-iyundagi 37-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha zamonaviy o‘zbek tilshunosligidagi yangilanishlar, lingvopoetik tushunchalar bilan boyitilgan.