Kozimova Zumriniso Ismoilovnaning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): O‘zbek tili teatr terminologiyasi, 10.00.01 – O‘zbek tili. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil2166.
Ilmiy rahbar: Yuldoshev Ibrohim Juraevich, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.11.05. 
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor Yo‘ldosheva Nilufar Ergashevna va filologiya fanlari doktori, professor Abdiev Murodqosim Bolibekovich.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
 II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek teatr terminologiyasining shakllanish va rivojlanish tarixini yoritish orqali teatr terminlarining semantik-funksional va struktur xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
klassik manbalarni tahlil qilish asosida o‘zbek tilida teatr terminlarining yuzaga kelishi va qo‘llanish tarixi yoritilib, ularning eskirgan va faol, o‘z va o‘zlashgan qatlamlari, o‘zlashish manbalari aniqlangan;
o‘zbek teatr terminlarining morfologik usulda, asosan, -chi, -lik, -kor, -bin, -boz, -vash, -go‘y, -gar, -doz, don, -soz, -shior, -cha, -shunos, -xon, -uv, -goh, -xona  qo‘shimchalari bilan yasalishi pardozchi, aktyorlik, san’atkor, tomoshabin, dorboz, nadimvash, bazlago‘y, zo‘rgar, tirandoz, kushtidon, afsunsoz, balog‘atshior, bozicha, teatrshunos, qissaxon, aytishuv, sayilgoh, pardozxona kabi o‘nlab terminlar orqali asoslangan;
o‘zbek teatr terminlari tuzilishiga ko‘ra teatr, truppa, ijro kabi sodda; mehtarboshi, kapelmeyster kabi qo‘shma shaklidagi birikma terminlardan iboratligi; birikma terminlar tarkiban ikki uzvdan besh uzvgacha bo‘lishi sahna nutqi, adabiy emakdosh, bir aktyor teatri, sahna nutqi texnikasi, teatr sahna yoritish tizimi, aktyorlik sahna nutqi ifoda madaniyati  kabi o‘nlab misollar orqali ochib berilgan;
o‘zbek teatr terminlari o‘rtasidagi paradigmatik (sinonimiya, antonimiya, giper-giponimiya, polisemiya, omonimiya, partonimiya, graduonimiya) munosabatlar asoslangan, ularning o‘zbek folkori terminologiyasi tizimida amal qilish qonuniyatlari oydinlashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  O‘zbek tili teatr terminologiyasini o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
“O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Buyuk yurt allomalari” ko‘rsatuvi ssenariysini yozishda tadqiq etilgan qadimgi o‘zbek tomosha san’atiga oid terminlar, ayniqsa, Husayn Voiz Koshifiy, Zayniddin Vosifiy va Alisher Navoiy asarlarida ishlatilgan xalq tomoshalariga tegishli so‘zlar, iboralar va istilohlar talqiniga oid ilmiy xulosalardan ma’lumot sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 16-sentyabr 02/28/1015-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv ilmiyligi oshgan va faktik ma’lumotlar bilan boyigan.
O‘zbekiston Respublikasi xoreografiya akademiyasining 2022–2024-yillarda bajarilgan “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb-sayt va multimedia mahsulotlari (elektron lug‘atlar) to‘plami yaratish” mavzusidagi F3 – 2019081663 raqamli fundamental loyihani bajarishda tadqiqot ishining xulosalaridan teatr terminlarining leksikografik xususiyatlarining yoritilishini, tomosha san’atining barcha turlarida, xoreografiya san’atini barcha davrlarda iste’molda bo‘lgan atamalarining qo‘llanilish doirasi va etimologik xususiyatlarini aniqlashtirishda foydalanildi. Natijada loyihaning ilmiy-nazariy, ilmiy-amaliy ahamiyati ortdi.
o‘zbek teatr terminlarining morfologik usulda, asosan, -chi, -lik, -kor, -bin, -boz, -vash, -go‘y, -gar, -doz, don, -soz, -shior, -cha, -shunos, -xon, -uv, -goh, -xona  qo‘shimchalari bilan yasalishi pardozchi, aktyorlik, san’atkor, tomoshabin, dorboz, nadimvash, bazlago‘y, zo‘rgar, tirandoz, kushtidon, afsunsoz, balog‘atshior, bozicha, teatrshunos, qissaxon, aytishuv, sayilgoh, pardozxona kabi o‘nlab sohaviy terminlar misolida isbotlashga oid xulosa va natijalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda “PF-201912258. “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” davlat innovatsion-tadqiqot doirasidagi loyihada foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 31.10.2024-y. №33-04-877 ma’lumotnomasi). Natijada leksik tavsifda qo‘llanuvchi teatr terminlari orasidagi sinonimiya va omonimiya hodisasining o‘ziga xosliklari ochib berishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish