Nurullaeva Oydin Nazirjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek va ingliz tillaridagi frazemalarning parallel korpusini yaratish asoslari” , 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil.3678.
Ilmiy rahbar: Xolmanova Zulxumor Turdievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.41.01(bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Hamroeva Shahlo Mirdjonovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Urinbaeva Dilbar Bazarovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz tillaridagi frazemalar parallel korpusining nazariy, lingvistik hamda dasturiy asoslarini ishlab chiqish, frazemalarni avtomatik aniqlash, morfologik va semantik teglashga asoslangan lingvistik ta’minotini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek - ingliz tillaridagi frazemalar parallel korpusini tuzishning nazariy-metodologik modeli yaratildi: frazema juftligini yagona identifikator orqali muvofiqlashtirish va uni morfologik-semantik belgilashga asoslangan ma’lumotlar bazasi shakllantirilgan;
frazemalarni korpusda morfologik va semantik teglash mezonlari belgilangan: frazemani mustaqil leksik birlik sifatida ajratish, grammatik variantlarini yagona segment doirasida birlashtirish hamda lemmalashga qaratilgan morfologik teglash modeli yaratilgan;
frazemalar uchun yagona teglash tizimi shakllantirilgan: ot-frazema, sifat-frazema, fe’l-frazema, ravish-frazema morfologik teglari va mushtarak semalar asosidagi semantik teglar, frazemalarning struktur-semantik modellari ishlab chiqilgan;
frazemalarni avtomatik qayta ishlash va sifat nazoratidagi muammolar echimiga oid tavsiyalar berilgan: tokenlash, lemmalash qoidalari, frazemani avtomatik aniqlashning statistik yondashuvlari hamda korpus ma’lumotlarini formal tekshiruvdan o‘tkazishga qaratilgan JSON formatidagi ma’lumotlar modeli va moslash algoritmi, JSON-schema asosidagi formal validatsiya, Node.js muhitidagi audit skripti taqdim etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va ingliz tillaridagi frazemalar parallel korpusining lingvistik ta’minoti dasturiy asoslarini yaratish tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
o‘zbek va ingliz tillaridagi frazemalar parallel korpusini tuzishning nazariy-metodologik modeli, frazema juftliklarini yagona identifikator orqali muvofiqlashtirish, ularni morfologik-semantik belgilashga asoslangan ma’lumotlar bazasi hamda korpus materiallarini raqamli qidiruv tizimlari orqali izlash va frazemalarni avtomatik aniqlash bo‘yicha taklif etilgan yondashuv va usullardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020-2023-yillarda bajarilgan AM–F3-201908172 raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 3-maydagi 01/4-1838-son ma’lumotnomasi). Natijada taklif etilgan metodologiya va amaliy echimlar ta’limiy korpusdagi frazemalarni yagona identifikator asosida tartiblash va morfologik-semantik belgilari bo‘yicha bazada izchil qayd etish orqali korpus bo‘yicha frazemalarni qidirish hamda parallel mosliklarni aniqlash imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilgan;
frazemalarni korpusda morfologik hamda semantik teglash mezonlari, frazemani mustaqil leksik birlik sifatida ajratish, uning grammatik variantlarini yagona segment doirasida birlashtirish va lemmalashga yo‘naltirilgan morfologik teglash modeli, shuningdek, frazemalar uchun ishlab chiqilgan yagona teglash tizimi (ot-frazema, sifat-frazema, fe’l-frazema, ravish-frazema teglari hamda mushtarak semalar asosidagi semantik teglar) bo‘yicha taklif va amaliy tavsiyalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2023-2024-yillarda bajarilgan AL– 662205561 raqamli “Alisher Navoiy mualliflik korpusini yaratish (“Xazoyin ul-maoniy” kulliyotidagi gʻazallar asosida)” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 28-apreldagi 01/4-1689-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur tavsiyalar frazemalarni kompyuter lingvistikasi, xususan, tilni qayta ishlash dasturlariga samarali integratsiya qilish uchun metodik va nazariy manba sifatida xizmat qilgan;
parallel korpusning tuzilish va hajm qoliplarini avtomatik tokenlash va morfologik analizator algoritmlariga birlashtirish asosida dasturiy vositaning frazemalarni aniqlash va to‘g‘ri tahlil qilish imkoniyatini sezilarli darajada oshirishga oid nazariy xulosalardan, korpus ma’lumotlarini formal tekshiruvdan o‘tkazishga yo‘naltirilgan ma’lumotlar modeli va moslash yondashuvlaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida 2022–2024-yillarda amalga oshirilgan № IL–402104209 raqamli “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi innovatsion grant loyihasida foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 28-apreldagi 01/4-1687-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek va ingliz tillaridagi frazemalarning parallel korpusini yaratish metodologiyasi mazkur dasturiy vositaning ma’lumotlar bazasini shakllantirish hamda lingvistik modullarini boyitishga asos bo‘lgan;
korpus namunalari va ularning inglizcha muqobillari asosida shakllantirilgan modelni sinovdan o‘tkazish bo‘yicha xulosalar hamda frazemalarni avtomatik qayta ishlash jarayonida sifat nazoratini kuchaytirishga qaratilgan yondashuvlarga oid xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida 2022–2024-yillarda amalga oshirilgan № IL–402104209 raqamli “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 28-apreldagi 01/4-1687-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida olingan korpus ma’lumotlari va audit/validatsiya natijalari dastur samaradorligini baholash hamda ish jarayonidagi xatolarni kamaytirish orqali optimallashtirish uchun muhim manba bo‘lib xizmat qilgan.