Ravshanova Gulchexra Ravshanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Hunarmarmandchilik mahsulotlari bozorida talabni oshirishda marketing vositalaridan foydalanish”, 08.00.11-“Marketing”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4199.
Ilmiy rahbari: Sharopova Nafosat Radjabovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.1.23.04 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kasimova Fotima Tulkunovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor va Kaxramonov Xurshidjon Shuhrat o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Hunarmandchilik mahsulotlari bozorida talabni oshirishda marketing vositalaridan foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Uslubiy yondashuvga ko‘ra “hunarmandchilik mahsulotlariga talabni oshirish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni o‘z tavsifiga ko‘ra iste'molchilarda ehtiyoj va qiziqishni kuchaytirish, uni barqaror xarid motiviga aylantirish hamda xulq-atvorni boshqarishga qaratilgan murakkab tizimli jarayon nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
iste'molchilarning sotib olish qarorlariga hunarmandchilik mahsulotlarining innovatsion dizayni (0,21-0,23), reklama faoliyati (0,18-0,21), narx siyosati (0,17-0,20), mahsulot sifati (0,15-0,18) kabi diapazonlarda baholash orqali xaridorlarning hunarmandchilik mahsulotlariga bo‘lgan talablarini oshirishga qaratilgan marketing vositalari takomillashtirilgan;
Respublika “Hunarmand” uyushmasi tarkibida iste'molchilarning ehtiyoj va xulq-atvorini o‘rganish, mahsulot sifati va dizaynini yaxshilash, ijtimoiy tarmoqlarda faollik kabi omillarning ta’sirini hisobga olishni ta’minlovchi marketing bo‘limi faoliyatini yo‘lga qo‘yish asosida hunarmandchilik mahsulotlariga bo‘lgan talabni oshirish taklifi ishlab chiqilgan;
hunarmandlarning savdo faoliyatiga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi kvantil regressiya modeli asosida Buxoro hunarmandchilik mahsulotlari turlarini ko‘paytirish imkoniyatlarining 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hunarmandchilik mahsulotlari bozorida talabni oshirishda marketing vositalaridan foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “hunarmandchilik mahsulotlariga talabni oshirish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni o‘z tavsifiga ko‘ra iste'molchilarda ehtiyoj va qiziqishni kuchaytirish, uni barqaror xarid motiviga aylantirish hamda xulq-atvorni boshqarishga qaratilgan murakkab tizimli jarayon nuqtai nazaridan takomillashtirish bo‘yicha nazariy va uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Qaror qabul qilishda marketing tadqiqotlari” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2025-yil 22-noyabrdagi 465-son buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida uzoq muddatli iqtisodiy barqarorlikka erishishni ta’minlaydigan murakkab tizimli jarayon nuqtai nazaridan takomillashtirilgan “talabni oshirish” tushunchasi bo‘yicha talabalarning nazariy bilimlarini kengaytirish imkoni yaratilgan;
iste'molchilarning sotib olish qarorlariga hunarmandchilik mahsulotlarining innovatsion dizayni (0,21-0,23), reklama faoliyati (0,18-0,21), narx siyosati (0,17-0,20), mahsulot sifati (0,15-0,18) kabi diapazonlarda baholash orqali xaridorlarning hunarmandchilik mahsulotlariga bo‘lgan talablarini oshirishda marketing vositalarini takomillashtirish taklifi Buxoro viloyati “Hunarmand” uyushmasi tarkibidagi hunarmandlar faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasining 2025-yil 01-dekabrdagi 01-01/1619-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida hunarmandchilik mahsulotlarining sotuv hajmini 34 foizga oshirishga erishilgan;
Respublika “Hunarmand” uyushmasi tarkibida iste’molchilarning ehtiyoj va xulq-atvorini o‘rganish, mahsulot sifati va dizaynini yaxshilash, ijtimoiy tarmoqlarda faollik kabi omillarning ta’sirini hisobga olishni ta’minlovchi marketing bo‘limi faoliyatini yo‘lga qo‘yish asosida hunarmandchilik mahsulotlariga bo‘lgan talabni oshirish taklifi Buxoro viloyati “Hunarmand” uyushmasi tarkibidagi hunarmandlar faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasining 2025-yil 01-dekabrdagi 01-01/1619-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida hunarmandchilik mahsulotlariga talabni oshirish uchun sarflanadigan xarajatlar miqdorini 23 foizga kamaytirishga erishilgan;
hunarmandlarning savdo faoliyatiga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi kvantil regressiya modeli asosida Buxoro hunarmandchilik mahsulotlari turlarini ko‘paytirish imkoniyatlarining 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari Buxoro viloyati “Hunarmand” uyushmasi tarkibidagi hunarmandlar faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasining 2025-yil 01-dekabrdagi 01-01/1619-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi respublika bo‘yicha jami hunarmandlar soni 2030 yilda kelib 1790 nafarga etishi aniqlangan.