Usmonova Diyora Maxmud qizining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Uzumchilik xo‘jalik yurituvchi subektlari eksportini oshirishda marketing strategiyalaridan foydalanish metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.11-“Marketing”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2023.2.DSc/Iqt508.
Ilmiy rahbari: Ergashxodjaeva Shaxnoza Djasurovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.1.23.04 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xoshimov Akrom Abdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Bobojonov Azizjon Babaxanovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent, Xasanov Toxir Abdurashidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Uzumchilik xo‘jalik yurituvchi subektlari eksportini oshirishda marketing strategiyalaridan foydalanish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy va amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “korxonaning eksport marketing strategiyasi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni tashqi bozorlarda mahsulot va brendni ekologik, ijtimoiy mas’uliyat va “yashil qiymat taklifi” orqali differensiatsiya qilishga qaratilgan iqtisodiy mexanizmlar majmui jihatidan takomillashtirilgan;
uzumchilik xo‘jalik yurituvchi subektlarining xalqaro bozorlarga yo‘naltirilgan  strategik marketing faoliyatini rejalashtirish va qaror qabul qilishning “risk – nazorat – foyda” + “iste’mol qiymati” uslubiyotiga asoslangan yondashuvi orqali yuqori iste’mol qiymatini yaratish va xorijiy mamlakatlar iste’molchilarining uzoq muddatli moyilligini shakllantirish asoslangan;
O‘zbekistondan uzumchilik mahsulotlari import qiluvchi mamlakatlarni eksport qiymati va hajmi, o‘sish salohiyati, raqobat va bozor tuzilishi, bozorga kirish imkoniyati va foydalilik, geografik va logistik mezonlari asosidagi segmentlarga moslashuvchan marketing strategiyalari asosida “Parkentuzumeksport” klasterini tashkil etish orqali barqaror eksportni ta’minlash asoslangan;
uzumchilik mahsulotlari yashil ta’minot zanjiri tarmog‘ini loyihalashda xorijiy mamlakatlarning iste’molchilari ongida “o‘zbek eko uzumi” brend identlarini yaratish va uzumchilik mahsulotlari iste’moli darajasini oshirishga qaratilgan eko-belgilar to‘plamini yaratish taklifi asoslangan; 
O‘zbekiston uzumchilik mahsulotlari eksportining barqaror rivojlanish tendensiyalariga ijobiy va salbiy omillar ta’sirini trend modellashtirish asosida 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Uzumchilik xo‘jalik yurituvchi subektlari eksportini oshirishda marketing strategiyalaridan foydalanish metodologiyasini takomillashtirish borasida ishlab chiqilgan ilmiy taklif va tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “korxonaning eksport marketing strategiyasi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni tashqi bozorlarda mahsulot va brendni ekologik, ijtimoiy mas’uliyat va “yashil qiymat taklifi” orqali differensiatsiya qilishga qaratilgan iqtisodiy mexanizmlar majmui jihatidan takomillashtirishga oid nazariy va uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurti talabalari uchun mo‘ljallangan “Strategik marketing” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2025-yil 22-noyabrdagi 465-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi natijasida oliy o‘quv yurti talabalarida “korxonaning eksport marketing strategiyasi” tushunchasi korxonalarning tashqi bozorlarga samarali kirib borish, xalqaro bozorlarda barqaror raqobatbardoshlikni ta’minlash, tashqi bozorlarda mahsulot va brendni ekologik, ijtimoiy mas’uliyat va “yashil qiymat taklifi” orqali differensiatsiya qilishga qaratilgan iqtisodiy mexanizmlar majmui sifatida yanada kengroq nazariy-uslubiy bilim va ko‘nikmalar hosil qilish imkoni yaratilgan;
uzumchilik xo‘jalik yurituvchi subektlarining xalqaro bozorlarga yo‘naltirilgan  strategik marketing faoliyatini rejalashtirish va qaror qabul qilishning “risk – nazorat – foyda” + “iste’mol qiymati” uslubiyotiga asoslangan yondashuvi orqali yuqori iste’mol qiymatini yaratish va xorijiy mamlakatlar iste’molchilarining uzoq muddatli moyilligini  shakllantirish taklifi “Zarkent-Saxovat”  fermer xo‘jaligi va “So‘qoq sharob” MChJ faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 18-dekabrdagi № 05/06-04-941-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan “risk–nazorat–foyda + iste’mol qiymati” uslubiyotiga asoslangan yondashuv asosida eksport qiluvchi korxonalarda strategik marketing faoliyatini rejalashtirish va qaror qabul qilish samaradorligini oshirishga erishilgan. Mazkur takliflar asosida uzumchilik xo‘jalik yurituvchi subektlarida eksportni oshirish maqsadida import qiluvchi mamlakatlar segmentlariga mos brend identlarini yaratishga erishilgan. Shuningdek, Toshkent viloyatining uzum mahsulotlarini eksport qiluvchi uzumchilik xo‘jalik subektlarida eksport hajmini oshirish orqali samaradorlik 2025 yilda 2024-yilga nisbatan 12 foizga oshgan; 
O‘zbekistondan uzumchilik mahsulotlari import qiluvchi mamlakatlarni eksport qiymati va hajmi, o‘sish salohiyati, raqobat va bozor tuzilishi, bozorga kirish imkoniyati va foydalilik, geografik va logistik mezonlari asosidagi segmentlarga moslashuvchan marketing strategiyalari asosida “Parkentuzumeksport” klasterini tashkil etish orqali barqaror eksportni ta’minlash taklifi “Zarkent-Saxovat”  fermer xo‘jaligi va “So‘qoq sharob” MChJ faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 18-dekabrdagi № 05/06-04-941-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida uzumchilik xo‘jalik yurituvchi subektlari uchun mamlakat segmentlari bo‘yicha farqlanuvchi bozor sharoitlari va raqobat muhitini hisobga olgan holda, yuqori qiymatli va yuqori salohiyatli bozorlarga ustuvor kirish imkoniyati, strategik ustunliklarni ta’minlovchi marketing dastaklari hamda har bir bozor segmenti uchun o‘ziga xos uzum navlari, narx, targ‘ib va taqsimot strategiyasini shakllantirishga erishilgan. Natijalarga ko‘ra, Toshkent viloyatida 2025-yilda 2024-yilga nisbatan uzumchilik mahsulotlari eksporti geografiyasini kengayishi kuzatilgan; 
uzumchilik mahsulotlari yashil ta’minot zanjiri tarmog‘ini loyihalashda xorijiy mamlakatlarning iste’molchilari ongida “o‘zbek eko uzumi” brend identlarini yaratish va uzumchilik mahsulotlari iste’moli darajasini oshirishga qaratilgan eko-belgilar to‘plamini yaratish taklifi “Zarkent-Saxovat”  fermer xo‘jaligi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 18-dekabrdagi № 05/06-04-941-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etish natijasida “Zarkent-Saxovat” fermer xo‘jaligi faoliyatida Xalqaro uzumchilik va vinochilik tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan barqarorlik prinsiplariga asoslanadigan hamda qadoqlarda “O‘zbek eko uzumi” belgilaridan foydalanish asosida 2025-yilda uzum mahsulotlari eksporti 2024-yilga nisbatan 11 foizga o‘sgan; 
O‘zbekiston uzumchilik mahsulotlari eksportining barqaror rivojlanish tendensiyalariga ijobiy va salbiy omillar ta’sirini trend modellashtirish asosida 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan “Zarkent-Saxovat”  fermer xo‘jaligi va “So‘qoq sharob” MChJ faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 18-dekabrdagi № 05/06-04-941-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etish natijasida, 2026-yilga mo‘ljallangan strategik dasturlar va investision loyihalarni ishlab chiqish hamda 2030-yil yakuni bo‘yicha uzumchilik mahsulotlari eksportini 427,5 mln.AQSh dollariga etkazish belgilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish