O‘rinov Oybekning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Komorbid holatlari mavjud bemorlarda yurak qon-tomir kasalliklarining klinik kechishi va prognozini baholash usullarini takomillashtirish», 14.00.06 – Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/Tib1383.
Ilmiy rahbar: Fozilov Xurshid Gayratovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy - amaliy tibbiyot markazi.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.09.01.
Rasmiy opponentlar: Kurbonov Abdukodir Kenjaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kenjaev Majid Latipovich tibbiyot fanlari doktori; Raximova Dilorom Alimovna tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
yurak qon-tomir kasalliklarida komorbid holatlarining klinik kechishi va hayot prognozini baholash asosida asoratlar xavfini barvaqt aniqlashni takomillashtirishdan iborat
III. Tadkiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor YuQTK bilan birga kechuvchi komorbid holatlar (YuQTK+QD-II, YuQTK+O‘SOK, YuQTK+SBK, YuQTK+≥2 komorbid kasalliklar) va noxush klinik oqibatlar (o‘lim darajasi, yashash ko‘rsatkichlari, qayta murojaatlar soni) o‘rtasida ishonchli korrelyasion bog‘liqlik aniqlanib, komorbid holatlarida har bir hamroh kasallikning salbiy ta’sir potensiali 5 yillik yashab qolish ehtimolini o‘rtacha 3% gacha pasaytirishi ilk bor ilmiy jihatdan aniqlangan;
ilk bor Respublika miqyosida YuQTK bilan birga kechuvchi komorbid holatlarlar (YuQTK+QD-II, YuQTK+O‘SOK, YuQTK+SBK, YuQTK+≥2 komorbid kasalliklar) bo‘yicha prospektiv kogort kuzatuv tadqiqoti amalga oshirilib, uning natijalariga ko‘ra YuQTK va ikki yoki undan ko‘p komorbid holatlarning birgalikda uchrash chastotasi yosh bilan uzviy bog‘liqqa ega ekanligi ilmiy jihatdan asoslandi hamda eng yuqori tarqalish ≥75 yoshli bemorlar guruhida kuzatilib, ular umumiy komorbid bemorlarning 53,7% ni tashkil etgani aniqlangan;
YuQTK+O‘SOK va YuQTK+QD-II tip bilan komorbid holatlarda kechganda COVID-19 infeksiyasining ta`sir saloxiyati sezilarli darajada yuqori ekanligi, ya`ni kasallik tarqalishi nazorat guruhidan 5,8-7,3 barobar oshganligi, shuningdek, ikki va undan ko‘p komorbidlik holatlarida asorat sifatida bo‘lmachalar fibrillyasiyasi 14,3% ni tashkil etib, nazorat guruhidan (2,3%) 6,2 barobar yuqoriligi ilmiy jihatdan ilk bor aniqlangan;
ilk bor 24 oylik kuzatuv natijalari asosida yurakning ChQOF eng katta o‘sishni nazorat guruhida namoyon etgani (5,70±0,41%), YuQTK+SBK guruhida 4,9±0,53%, ko‘p komorbid bemorlarda esa faqat 2±0,12% bo‘lgani isbotlanib, barcha guruhlarda SAB/DAB ishonchli darajada kamaygan bo‘lsa-da, ko‘p komorbidlik holatlarida ular yuqori darajada saqlanib qolgani hamda UXSning ko‘p komorbid guruhlarda pasayishi sust bo‘lgani va “maqsadli daraja”ga erishilmagani aniqlangan;
ilk bor kardiorespirator va laboratoriya ko‘rsatkichlari (yurak urish va nafas olish soni, SpO₂, S-reaktiv oqsil, eritrotsitlar cho‘kish tezligi, leykotsitlar va fibrinogen) ROC-tahlil orqali baholanib, ularning o‘pka gipertenziyasini bashorat qilishda yuqori prognostik ahamiyatga egaligi (AUC = 0,80 dan yuqori) aniqlangan.
IV. Tadkiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 17 dekabrdagi 31-sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha №31/53 sonli xulosasiga binoan, YuQTKlari hamda komorbid holatlarga ega bemorlarda diagnostika, xavfni stratifikatsiya qilish va davolashni optimallashtirish sohasida olingan ilmiy natijalar:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor YuQTK bilan birga kechuvchi komorbid holatlar (YuQTK+QD-II, YuQTK+O‘SOK, YuQTK+SBK, YuQTK+≥2 komorbid kasalliklar) va noxush klinik natijalar (o‘lim darajasi, yashash ko‘rsatkichlari, qayta murojaatlar soni) o‘rtasida ishonchli korrelyasion bog‘liqlik aniqlanib, komorbid kombinatsiyalarda har bir hamroh kasallikning salbiy ta’sir potensiali 5 yillik omon qolish ehtimolini o‘rtacha 3% gacha pasaytirishi ilk bor ilmiy jihatdan aniqlanganligi RIKIATMning muvofiqlashtiruvchi ekspertlar kengashi tomonidan 2025 yil 24 aprelda № 3-sonli bayonnoma asosida tasdiqlangan «Kardiologik komorbid holatlarni baholash va prognoz qilish shkalasi ishlab chiqish» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar RIKIATM Qoraqalpog‘iston filialida 2025 yil 6 mayda № 38-P sonli, shuningdek RIKIATM Jizzax viloyati filialida 2025 yil 7 mayda № 36-sonli buyruqlar bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: bemorning holati aniqroq baholanadi va shaxsiylashtirilgan davo choralari belgilanadi, bu esa YuQTK va metabolik, respirator, nefrologik komorbid patologiyalar bilan birga kechayotgan bemorlarda hayot sifatini oshiradi, faol hayot tarzini uzaytirish va mehnatga layoqatni saqlab qolish imkonini yaratadi. Iqtisodiy samaradorligi: komorbid holatidagi bemorlarning gospitalizatsiya davomiyligini 10 kundan 7 kungacha qisqartirish, takroriy gospitalizatsiyalar sonini kamaytirish va qimmatbaho tekshiruv hamda reabilitatsiyaga bo‘lgan ehtiyoj sezilarli darajada kamaytirgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, bir nafar bemor uchun o‘rtacha 5000000 so‘m miqdorida xarajat tejalgan bo‘lib, 30 nafar bemor misolida umumiy iqtisodiy samara 150000000 so‘mni tashkil etgan. Ushbu ko‘rsatkichlar kelgusi istiqbolda sog‘liqni saqlash tizimi xarajatlarini 15-20 foizgacha kamaytirish imkonini ko‘rsatadi.
ikkinchi ilmiy yangilik:ilk bor Respublika miqyosida YuQTK bilan birga kechuvchi komorbid kombinatsiyalar (YuQTK+QD-II, YuQTK+O‘SOK, YuQTK+SBK, YuQTK+≥2 komorbid kasalliklar) bo‘yicha prospektiv kogort kuzatuv tadqiqoti amalga oshirilib, uning natijalariga ko‘ra YuQTK va ikki yoki undan ortiq komorbid holatlarning birgalikda uchrash chastotasi yosh bilan uzviy bog‘liq ekani ilmiy jihatdan asoslandi hamda eng yuqori tarqalish ≥75 yoshli bemorlar guruhida kuzatilib, ular umumiy komorbid bemorlarning 53,7% ni tashkil etgani aniqlanganligi RIKIATMning muvofiqlashtiruvchi ekspertlar kengashi tomonidan 2025 yil 24 aprelda № 3-sonli bayonnoma asosida tasdiqlangan «Kardiologik komorbid holatlarni baholashva prognoz qilish shkalasi ishlab chiqish» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar RIKIATM Qoraqalpog‘iston filialida 2025 yil 6 mayda № 38-P sonli, shuningdek RIKIATM Jizzax viloyati filialida 2025 yil 7 mayda № 36-sonli buyruqlar bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Ushbu yondashuv kasallikning prognoz jihatdan og‘ir shakllarini erta aniqlash, ambulator profilaktik tadbirlarni kengaytirish, gospitalizatsiyalar sonini kamaytirish va klinik-diagnostik resurslarni ustuvor guruhlar orasida oqilona taqsimlash imkonini yaratadi. Iqtisodiy samaradorligi: Komorbid patologiyaga ega bemorlarda ko‘p omilli monitoring va individuallashtirilgan davolashni qo‘llash xar biri sog‘liqni saqlash tizimi uchun o‘rtacha 10-12 mln so‘mni tashkil etadigan qayta gospitalizatsiyalar sonini kamaytirishga yordam beradi. Ushbu guruh uchun xos bo‘lgan, yillik qayta gospitalizatsiyalar sonida (2 yoki undan ortiq) umumiy xarajat 20-24 mln so‘mgacha etishi mumkin. Maqsadli profilaktik monitoring va ambulator davolash choralari qayta gospitalizatsiya ehtiyojini 50% gacha kamaytirish va shu bilan potensial xarajatlarni sezilarli darajada tejash imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik:YuQTK+O‘SOK va YuQTK+QD-II komorbid kombinatsiyalarida COVID-19 infeksiyasining ta`sir saloxiyati sezilarli darajada yuqori ekanligi, ya`ni kasallik tarqalishi nazorat guruhidan 5,8-7,3 barobar oshganligi, shuningdek, ikki va undan ortiq komorbidlik holatlarida asorat sifatida BF 14,3% ni tashkil etib, nazorat guruhidan (2,3%) 6,2 barobar yuqoriligi ilmiy jihatdan ilk bor aniqlanganligi RIKIATMning muvofiqlashtiruvchi ekspertlar kengashi tomonidan 2025 yil 24 aprelda № 3-sonli bayonnoma asosida tasdiqlangan «Kardiologik komorbid holatlarni baholashva prognoz qilish shkalasi ishlab chiqish» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar RIKIATM Qoraqalpog‘iston filialida 2025 yil 6 mayda № 38-P sonli, shuningdek RIKIATM Jizzax viloyati filialida 2025 yil 7 mayda № 36-sonli buyruqlar bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: individuallashtirilgan kuzatuv davolash asoratlari va nogironlik rivojlanish ehtimolini kamaytiradi, faol hayot davrini uzaytiradi xamda keksa yoshdagi bemorlarda mehnat qobiliyatini saqlashga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: vaqtincha yoki doimiy mehnatga layoqatsizlik holatlarini kamaytirish iqtisodiy samaradorlikning muhim tarkibiy qismidir. O‘rtacha mexnat xaqqi asosida qilingan xisob-kitoblarga ko‘ra bir kunlik vaqtincha mehnatga layoqatsizlik xarajati taxminan 948469 so‘mni tashkil etadi. Vaqtincha mehnatga layoqatsizlikning o‘rtacha 5 kunlik davrda xar bir bemor uchun xarajatlar 4 742 345 so‘mni tashkil etadi. Shaxsiylashtirilgan yondashuv va samarali ambulator kuzatuv amalga oshirilishi bunday holatlar sonini kamaytiradi va shu bilan birga har bir oldi olingan xol uchun teng miqdorda tejamkorlikni ta’minlaydi. Shuningdek, doimiy nogironlikni oldini olish xam sezilarli iqtisodiy samaradorlikga ega. O‘rtacha yillik to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijtimoiy to‘lovlar taxminan 1012000 so‘mni tashkil etadi. Bu esa xar bir bemor xisobidan yillik 12144000 so‘mga teng.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor 24 oylik kuzatuv natijalari asosida yurakning ChQOF eng katta o‘sishni nazorat guruhida namoyon etgani (5,70±0,41%), YuQTK+SBK guruhida 4,9±0,53%, ko‘p komorbid bemorlarda esa faqat 2±0,12% bo‘lgani isbotlanib, barcha guruhlarda SAB/DAB ishonchli darajada kamaygan bo‘lsa-da, ko‘p komorbidlik holatlarida ular yuqori darajada saqlanib qolgani hamda UXSning ko‘p komorbid guruhlarda pasayishi sust bo‘lgani va “maqsadli daraja”ga erishilmagani aniqlanganligi RIKIATMning muvofiqlashtiruvchi ekspertlar kengashi tomonidan 2025 yil 24 aprelda № 3-sonli bayonnoma asosida tasdiqlangan «Kardiologik komorbid holatlarni baholashva prognoz qilish shkalasi ishlab chiqish» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar RIKIATM Qoraqalpog‘iston filialida 2025 yil 6 mayda № 38-P sonli, shuningdek RIKIATM Jizzax viloyati filialida 2025 yil 7 mayda № 36-sonli buyruqlar bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: yurak funksiyasini erta baholash, QB va lipid profilini maqsadli darajada ushlab turish, shuningdek individuallashtirilgan terapiyani joriy etish orqali ko‘p komorbidlik bemorlarda yurak etishmovchiligining og‘ir shakllari hamda asoratlarini kamaytirish imkonini ko‘rsatdi. Bu holat insul`t va miokard infarkti kabi nogironlikka olib keluvchi holatlar xavfini pasaytiradi, aholi sog‘lomlik ko‘rsatkichlarini yaxshilaydi, bemorlarning umr davomiyligi va hayot sifatini oshirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: yurak funksiyasi va qon bosimini barqaror nazorat qilish, shuningdek lipid profilini maqsadli darajada ushlash asoratlar va og‘ir holatlar sonini kamaytiradi, bu esa qimmatbaho davolash va statsionar xizmatlariga ehtiyojni qisqartiradi. Individuallashtirilgan terapiya orqali dorilardan oqilona foydalanish ta’minlanib, ortiqcha sarf-xarajatlar oldi olinadi. Komorbid patologiyaga ega bemorlarda ko‘p omilli monitoring va individuallashtirilgan davolashni qo‘llash xar biri sog‘liqni saqlash tizimi uchun o‘rtacha 10-12 mln so‘mni tashkil etadigan qayta gospitalizatsiyalar sonini kamaytirishga yordam beradi. Ushbu guruh uchun xos bo‘lgan, yillik qayta gospitalizatsiyalar sonida (2 yoki undan ortiq) umumiy xarajat 20-24 mln so‘mgacha etishi mumkin.
beshinchi ilmiy yangilik: ilk bor kardiorespirator va laboratoriya ko‘rsatkichlari (yurak urish chastotasi, nafas chastotasi, SpO₂, S-reaktiv oqsil, EChT, leykotsitlar va fibrinogen) ROC-tahlil orqali baholanib, ularning o‘pka gipertenziyasini bashorat qilishda yuqori prognostik ahamiyatga egaligi (AUC = 0,80 dan yuqori) aniqlanganligi RIKIATMning muvofiqlashtiruvchi ekspertlar kengashi tomonidan 2025 yil 27 fevralda, № 2-sonli bayonnoma asosida tasdiqlangan «Yurak-qon tomir kasalliklari, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi va koronavirus infeksiyasini (COVID-19) o‘tkazgan komorbid bemorlarda ambulator amaliyotda o‘pka gipertenziyasini erta aniqlash algoritmini ishlab chiqish» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ushbu algoritm RIKIATM Qarshi filiali 2025 yil 17 mart № 28-T son va RIKIATM Toshkent viloyati filialida 2025 yil 17 aprel` № 32 sonli buyruqlar bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: O‘Gni ambulator bosqichda, klinik simptomlar rivojlanishidan oldin aniqlash xisobiga gospitalizatsiyalar sonini kamaytirish va og‘ir asoratlarni oldini olish imkonini yaratadi. Shuningdek, subklinik O‘Gni erta aniqlash va patogenetik davolashni o‘z vaqtida boshlash, og‘ir komorbid patologiyali bemorlarda o‘lim darajasini kamaytirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: ishlab chiqilgan algoritmni ambulator amaliyotga joriy etish natijasida O‘G erta aniqlash imkoni paydo bo‘ldi, bu esa gospitalizatsiyalar soni va og‘ir asoratlar kamayishiga olib keldi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, algoritm joriy etilgungacha bemorning o‘rtacha gospitalizatsiya davomiyligi 10 kunni, bir kunlik gospitalizatsiya xarajati esa 1200000 so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, algoritm joriy etilgandan keyin mazkur ko‘rsatkichlar mos ravishda 8 kun va 900000 so‘mgacha qisqargan. Natijada bitta bemor hisobiga to‘g‘ri keluvchi iqtisodiy samara 4800000 so‘mni tashkil etdi. Bundan tashqari, kasalxonada yotish muddati qisqargan bemorlar sonini inobatga olgan holda, ya’ni 30 nafar bemor misolida umumiy iqtisodiy samara 144000000 so‘mga teng bo‘lgani aniqlandi.