Yusupov Jasur Tolibovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisosliklari shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Aortokoronar shuntlashdan keyingi bemorlarda intensiv terapiyani takomillashtirish”, 14.00.37 – Anesteziologiya va reanimatologiya (tibbiyot fanlari). Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3965.
Ilmiy rahbarlar: Matlubov Mansur Muratovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bolalar milliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.07.01.
Rasmiy opponentlar: Ataxanov Shuhrat Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Gaziev Zoir Toxirovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: I. K. Axunbaev nomidagi Qirg‘iz davlat tibbiyot akademiyasi (Qirg‘iziston).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: aortokoronar shuntlash o‘tkazilgan bemorlarda operatsiyadan keyingi erta asoratlarning oldini olish uchun intensiv terapiya taktikasini patogenetik asoslash va natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor bir nechta koronar arteriyalar zararlanishi bo‘lgan bemorlarda operatsiyadan oldingi davrda hayotiy muhim ko‘rsatkichlar va tizimli yallig‘lanish markerlari (interleykin -6 (IL-6), o‘sma nekrozi omili-α (O‘NO), S-reaktiv oqsil (SRO), prokalsitonin va zaharlanishning leykotsitar indeksi (ZLI)) ko‘rsatkichlari tekshiruv natijalari asosida, operatsiyadan keyingi erta asoratlar xavfini aniqlashning ko‘p omillli prognostik shkalasi ishlab chiqilgan;
operatsiyadan keyingi erta davrda (birinchi, uchinchi kunlar va kasalxonadan chiqishdan oldin) tizimli yallig‘lanish markerlari ko‘rsatkichlarini baholash bilan ko‘p omilli prognostik shkala asosida aortokoronar shuntlashdan keyin bemorlarda kompleks intensiv terapiyada ulinastatin preparatini qo‘llash samaradorligi aniqlangan;
operatsiyadan keyingi rivojlangan erta asoratlarning tizimli yallig‘lanish markerlari (SRO, O‘NO-α, IL-6, prokalsitonin, ZLI) bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqligi isbotlangan;
aortokoronar shuntlash amaliyoti o‘tkazilgan bemorlarda tizimli yallig‘lanish markerlari holati ko‘rsatkichlari (SRO, O‘NO-α, IL-6, prokalsitonin va ZLI) dinamikasini o‘rganish asosida kompleks intensiv terapiya tarkibida ulinastatin preparatini qo‘llash zarurati bo‘lgan koronar arteriyalarning ko‘p tomirli zararlanishi bo‘lgan bemorlarga kiritish uchun ishlab chiqilgan algoritmning samaradorligi va xavfsizligi patogenetik jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Aortokoronar shuntlashdan keyingi bemorlarda intensiv terapiyani takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy-texnik kengashi 17.11.2025 y. 29/71-sonli xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor bir nechta koronar arteriyalar zararlanishi bo‘lgan bemorlarda operatsiyadan oldingi davrda hayotiy muhim ko‘rsatkichlar va tizimli yallig‘lanish markerlari (interleykin -6 (IL-6), o‘sma nekrozi omili-α (O‘NO), S-reaktiv oqsil (SRO), prokalsitonin va zaharlanishning leykotsitar indeksi (ZLI)) ko‘rsatkichlari tekshiruv natijalari asosida, operatsiyadan keyingi erta asoratlar xavfini aniqlashning ko‘p omillli prognostik shkalasi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyati mintaqaviy filiali (13.09.2025 y. 129-son buyrug‘i), Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (03.09.2025 y. 95-son buyrug‘i) bilan amaliy faoliyatga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: har bir muayyan klinik vaziyat uchun operatsiyadan keyingi erta asoratlar xavfi darajasini prognoz qilish imkonini beruvchi ballarda koeffisientni jamlash orqali operatsiyadan keyingi erta asoratlar sonini kamaytirishdan iborat bo‘lgan. Iqtisodiy samaradorligi: operatsiyadan oldingi davrda ko‘p omilli prognostik shkala asosida operatsiyadan keyingi erta asoratlar xavfi darajasi aniqlanagan. Bu esa operatsiyadan oldingi davrda davolash-profilaktika chora-tadbirlarini o‘z vaqtida amalga oshirishga, dori vositalarini ortiqcha qo‘llashning oldini olishga va asoratlarni davolash xarajatlarini kamaytirishga imkon bergan. Shu sababli, asosiy guruhdagi bemorlarning shifoxonada qolish muddati an’anaviy davolash-tashxislash taktikasi qo‘llanilgan bemorlarga nisbatan 1,3 baravar qisqargan. Xulosa: Tadqiqot natijalari asosida takomillashtirilgan prognostik yondashuv erta asoratlar xavfini baholashni yaxshilab, davolash taktikasini maqbullashtirgan, intensiv terapiya muddatini qisqartirgan hamda tibbiy resurslardan samarali foydalanishni ta’minlagan.
ikkinchi ilmiy yangilik: aortokoronar shuntlashdan so‘ng bemorlarda kompleks intensiv terapiyada ulinastatin preparatini qo‘llash ko‘p omilli prognostik shkala asosida jarrohlik amaliyotidan keyingi erta davrda (birinchi, uchinchi kunlar kunlar va shifoxonadan chiqishdan oldin) tizimli yallig‘lanish markerlari holati (SRO, O‘NO-α, IL-6, prokalsitonin va ZLI) ko‘rsatkichlarini baholash. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyati mintaqaviy filiali (13.09.2025 y. 129-son buyrug‘i), Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (03.09.2025 y. 95-son buyrug‘i) bilan amaliy faoliyatga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: jarrohlik amaliyotidan oldingi davrda tizimli yallig‘lanish markerlari holati ko‘rsatkichlarini baholash bilan ko‘p omilli prognostik shkaladan foydalanish jarrohlik amaliyotidan keyingi mumkin bo‘lgan asoratlar xavfini erta tashxislash, hayot sifatini yaxshilash va AKSh operatsiyalaridan keyin bemorlarning o‘limi va nogironligini istisno qilishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: aortokoronar shuntlashdan keyin bemorlarda kompleks intensiv terapiyada ulinastatin preparatini qo‘llash aortokoronar shuntlash bilan og‘rigan bemorlarning shifoxonada qolishini 5 kunga qisqartirish va byudjet mablag‘larini o‘rtacha 22,73% ga tejash imkonini bergan. Xulosa: Takomillashtirilgan intensiv terapiyada tizimli yallig‘lanish markerlarini dinamik baholash va patogenetik asoslangan yondashuvni qo‘llash erta asoratlar xavfini ishonchli kamaytirgan, davolash natijalarini yaxshilagan, bemorlarning funksional tiklanishini tezlashtirgan hamda statsionar davolash jarayonini samarali tashkil etishga xizmat qilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: operatsiyadan keyingi rivojlangan erta asoratlarning tizimli yallig‘lanish markerlari (SRO, O‘NO-α, IL-6, prokalsitonin, ZLI) bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyati mintaqaviy filiali (13.09.2025 y. 129-son buyrug‘i), Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (03.09.2025 y. 95-son buyrug‘i) bilan amaliy faoliyatga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: bemorlarga past boshlang‘ich prognostik ko‘rsatkich (BPK) 12-20 ball, o‘rta -(BPK) 21-30 ball, yuqori -(BPK) 31-40 ball va juda yuqori -(BPK) 41-60 ball xavf toifasini belgilash bilan operatsiyadan keyingi asoratlarning dastlabki holatini aniqlash operatsiyadan keyingi erta asoratlar sonini kamaytirishni ta’minlagan, buning natijasida bemorlarning kasalxonaga yotqizish muddati qisqargan. Iqtisodiy samaradorligi: aortokoronar shuntlash amaliyotlaridan keyin bemorlarning shifoxonada qolish muddatini qisqartirish natijasida iqtisodiy samaradorlikka erishilgan. Operatsiyadan keyingi erta asoratlarni bashorat qilishning ko‘p omilli shkalasidan foydalanish resurslarni oqilona taqsimlash, asoratlarni davolash va bemorlarni reabilitatsiya qilish xarajatlarini kamaytirish imkonini bergan, shuningdek, operatsiyadan keyingi asoratlarni kamaytirishga yordam bergan. Xulosa: Operatsiyadan oldin yallig‘lanish markerlarini baholash va prognostik shkaladan foydalanish erta asoratlar xavfini aniqlab, intensiv terapiyani individuallashtirgan. Bu yondashuv asoratlar sonini kamaytirib, statsionarda davolanish muddatini qisqartirgan va resurslardan samarali foydalanishni ta’minlagan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: kardiojarrohlik klinikasining klinik amaliyotiga bir nechta koronar arteriyalarning zararlanishi bo‘lgan bemorlarni kompleks intensiv terapiya tarkibida ulinastatin preparatini qo‘llash zarurati bilan kiritish uchun patogenetik asoslangan, samarali va xavfsiz algoritm amaliyotdan keyingi erta davrda aortokoronar shuntlash o‘tkazgan bemorlarda tizimli yallig‘lanish markerlari holati ko‘rsatkichlari (SRO, O‘NO-α, IL-6, prokalsitonin va ZLI) dinamikasini o‘rganish asosida joriy etilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyati mintaqaviy filiali (13.09.2025 y. 129-son buyrug‘i), Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (03.09.2025 y. 95-son buyrug‘i) bilan amaliy faoliyatga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: operatsiyadan oldingi davrda SRO, O‘NO-α, IL-6, prokalsitonin va ZLI ni aniqlash, shuningdek, yallig‘lanish jarayonlarini davolash va oldini olish uchun ulinastatinni qo‘llash hayotni ushlab turuvchi asosiy tizimlari tomonidan o‘lim va asoratlarni kamaytirish, davolash sifatini yaxshilash va aortokoronar shuntlashdan keyin bemorlarning tezroq sog‘ayishini ta’minlash orqali samaradorlikni ko‘rsatgan. Iqtisodiy samaradorligi: ulinastatin yordamida intensiv terapiyaning taklif etilgan algoritmini joriy etish operatsiyadan keyingi erta asoratlar sonini 1,9 marta kamaytirish va nazorat guruhidagi bemorlarga nisbatan qo‘shimcha davolash resurslariga bo‘lgan ehtiyojni pasaytirish imkonini bergan. Taklif etilayotgan davolashda ulinastatinni qo‘llash algoritmining joriy etilishi ularning kardioxirurgik klinikada bo‘lish muddatini 5 kunga qisqartirgan. Xulosa: Tizimli yallig‘lanish markerlari holati dinamikasiga asoslangan holda kompleks intensiv terapiyaga ulinastatinni kiritish bo‘yicha patogenetik asoslangan algoritm amaliyotga joriy etilishi yallig‘lanish jarayonlarini nazorat qilishni yaxshilagan, erta asoratlar va o‘lim xavfini kamaytirgan, davolash samaradorligini oshirgan.