Qodirov Umid Arziqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Turli genezli bel umurtqalari dorsopatiyalarida og‘riqli sindromlar diagnostikasi va davolashining samaradorligi», 14.00.13 – «Nevrologiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tib3034.
Ilmiy rahbar: Xakimova Soxiba Ziyadullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.17.03.
Rasmiy opponentlar: Gaybiev Akmal Axmadjonovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent. Yakubova Marxamat Mirakramovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abuali ibni Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi:
turli genezli bel umurtqalari dorsopatiyalarda og‘riq sindromining patogenetik mexanizmlari, erta klinik belgilari va diagnostik ko‘rsatkichlarini o‘rganish orqali optimallashtirilgan va differensial davolash yondashuvlarini ishlab chiqishdan iborat.
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli genezli bel umurtqalari dorsopatiyalarida og‘riq sindromini baholash uchun klinik-nevrologik, neyrovizualizatsion, instrumental (shu jumladan, elektroneyromiografiya), laborator va psixometrik usullarni o‘z ichiga olgan kompleks diagnostik yondashuv zarurligi asoslangan; 
ilmiy asosda og‘riq sindromining patogenetik bosqichlari va etiologik farqlarini hisobga olgan holda turli genezli (kompression-ishemik, revmatik va gerpetik) bel umurtqalari dorsopatiyalarining differensial diagnostikasi, bemorlarni klinik baholash va stratifikatsiyalash algoritmi ishlab chiqilgan;
turli genezli dorsopatiyalari bo‘lgan bemorlarda qon zardobidagi vitamin V12 etishmovchiligi va neyrotrofik o‘sish omilining (NGF) oshishi, og‘riqning yuqori intensivligi va funksional buzilishlar asosida klinik-biologik markerlar ko‘rsatkichlari aniqlangan; 
turli genezli dorsopatiyalari bo‘lgan bemorlarda etorikoksib va vitamin V12 ni kompleks qo‘llash neyrotrofik o‘sish omili (NGF) ning pasayishiga, og‘riq sindromining kamayishiga, yallig‘lanish jarayonlarining yo‘qolishiga va neyrogen og‘riq mexanizmlarining bartaraf etilishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbiqi bo‘yicha SSV huzuridagi ilmiy texnik Kengashining 2025 yil 7 maydagi 17/25-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: turli genezli bel umurtqalari dorsopatiyalarida og‘riq sindromini baholash uchun klinik-nevrologik, neyrovizualizatsion, instrumental (shu jumladan, elektroneyromiografiya), laborator va psixometrik usullarni o‘z ichiga olgan kompleks diagnostik yondashuv zarurligi asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Surxondaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (06.03.2025 y. № 06-T -son buyrug‘i) va Jizzax viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (10.03.2025 y. № 28-sonli buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: turli genezli bel umurtqalari dorsopatiyasi bilan kasallangan bemorlarda MSKT tekshiruvining aniqlik darajasi 93,1%, ENMGda 86,8% bunda og‘riq sindromi bilan kasallangan bemorlarda ulardan foydalanish zarurligini asoslaydi, shuningdek erta va aniq tashxislash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: turli genezli bel umurtqalari dorsopatiyalarida og‘riq sindromi bilan kasallangan bemorlarda klinik nevrologik, neyrovizualizatsion, instrumental parametrlar va laboratoriya biomarkerlari o‘rganilishi va buning natijasida kasallikni erta tashxislash orqali davolash samaradorligini oshirishga erishilgan va yotoq kunini urtacha 3 kunga qisqartirishga erishildi. 1 nafar bemor uchun bu 800000 so‘mlik xarajatni tejash imkonini berdi. Natijada, yil davomida ushbu usul qo‘llanilgan 100 nafar bemor misolida sog‘liqni saqlash xarajatlari 80 million so‘mga qisqardi. Xulosa: turli genezli bel umurtqalari dorsopatiyalarida og‘riq sindromi bilan kasallangan bemorlarda aytib o‘tilgan diagnostika jarayonida kasallik va uning asoratlarini erta tashxislash samaradorligi oshirilishi natijasida bemorlarning shifoxonada davolanish vaqtini kamaytirish imkoniyatini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilmiy asosda og‘riq sindromining patogenetik bosqichlari va etiologik farqlarini hisobga olgan holda turli genezli (kompression-ishemik, revmatik va gerpetik) bel umurtqalari dorsopatiyalarining differensial diagnostikasi, bemorlarni klinik baholash va stratifikatsiyalash algoritmi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Surxondaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (06.03.2025 y. № 06-T -son buyrug‘i) va Jizzax viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (10.03.2025 y. № 28-sonli buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: og‘riq sindromi bilan bog‘liq taqdim etilgan algoritm asosida tashxis va davolash samaradorligini monitoring qilish uchun yangi usullarni ishlab chiqish imkonini yaratadi. Ushbu yangilik og‘riq sindromini aniq tashxislash, davolash samaradorligini baholash va bemorlarning davo jarayonini yaxshilashga ijtimoiy jihatdan katta hissa qo‘shadi. Iqtisodiy samaradorligi: turli genezli bel umurtqalari dorsopatiyalarida og‘riq sindromi bilan kasallangan bemorlarda klinik nevrologik, neyrovizualizatsion, instrumental parametrlar va laboratoriya biomarkerlari o‘rganilishi va buning natijasida kasallikni erta tashxislash orqali davolash samaradorligini oshirishga erishilgan va og‘riq sindromi qaytalanish ko‘rsatkichi 15% ga kamaytirildi. Bu orqali yil davomida kamida 100 nafar bemor orasida 140 million so‘mlik sog‘liqni saqlash xarajatlari oldi olindi. Xulosa: turli genezli bel umurtqalari dorsopatiyalarida og‘riq sindromi bilan kasallangan bemorlarda aytib o‘tilgan diagnostika jarayonida kasallik va uning asoratlarini erta tashxislash samaradorligi oshirilishi uchun ishlab chiqilgan algoritm asosida bemorlarda nogironlikni kamaytirish imkoniyatini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: turli genezli dorsopatiyalari bo‘lgan bemorlarda qon zardobidagi vitamin V12 etishmovchiligi va neyrotrofik o‘sish omilining (NGF) oshishi, og‘riqning yuqori intensivligi va funksional buzilishlar asosida klinik-biologik markerlar ko‘rsatkichlari aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Surxondaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (06.03.2025 y. № 06-T -son buyrug‘i) va Jizzax viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (10.03.2025 y. № 28-sonli buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: surunkali og‘riq sindromi nogironlikning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Og‘riq sindromini bartaraf etish orqali bemorlarning ishga layoqatlilik darajasini oshirish mumkin. Tadqiqot natijalari asosida dorsopatiyalarga chalingan bemorlar orasida neyron o‘sish omili darajasini nazorat qilish odatiy diagnostik mezonlardan biri sifatida joriy etilishi mumkin. Bu esa kasallikning oldini olish va uning asoratlarini kamaytirishda muhim rol o‘ynaydi. Iqtisodiy samaradorligi: kasallikning asoratlarini kamaytirish hisobiga 1 nafar bemorga 1 kunda kasalxonadan tashqari reabilitatsiyasi uchun 210000 so‘mni iqtisod qilish samaradorligini berdi. Tadqiqotning iqtisodiy samaradorligi birgina asoratlarni kamaytirish hisobiga 1 nafar bemor uchun umumiy iqtisodiy samaradorlik 2100000 so‘mni tashkil qildi. Xulosa: Differensial tashxis natijalari asosida ishlangan diagnostik mezonlar shifokorlarga turli dorsopatiyalarni tez va aniq ajratishga imkon beradi, bu esa bemorlarni ortiqcha tekshiruvlardan saqlash va resurslarni samarali taqsimlashga yordam bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: turli genezli dorsopatiyalari bo‘lgan bemorlarda etorikoksib va vitamin V12 ni kompleks qo‘llash neyrotrofik o‘sish omili (NGF) ning pasayishiga, og‘riq sindromining kamayishiga, yallig‘lanish jarayonlarining yo‘qolishiga va neyrogen og‘riq mexanizmlarining bartaraf etilishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Surxondaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (06.03.2025 y. № 06-T -son buyrug‘i) va Jizzax viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (10.03.2025 y. № 28-sonli buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: turli genezli dorsopatiyalarning aniq tashxisi va samarali davolash usullarini qo‘llash natijasida bemorlarning og‘riq sindromi kamayadi, ularning mehnat qobiliyati va ijtimoiy faolligi oshadi. Surunkali og‘riq va harakat cheklovlari inson psixologik holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, depressiya va tashvish sindromlarini keltirib chiqarishi mumkin. Ilmiy yangilik natijasida og‘riq sindromining samarali davolanishi bemorlarning ruhiy holatini yaxshilashga, oilaviy va ijtimoiy munosabatlarini mustahkamlashga yordam berdi. Iqtisodiy samaradorligi: 1 nafar bemorning shifoxonadagi davri uchun iqtisodiy ko‘rsatkichlar: bemorning shifoxonada qolish muddatini 8-10 kundan 6 kunga qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdorini 1 nafar bemor hisobida 802500 so‘mga kamaytirdi (preyskurantga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 127500 so‘mni tashkil qiladi); 1 kunga o‘rtacha 140000 so‘m dori vositalarini iqtisod qilishga erishildi. Xulosa: ushbu ilmiy tadqiqot natijasida turli genezli dorsopatiyalarda og‘riq sindromining etiologik sabablarini aniqlash, differensial tashxislash va samarali davolash usullarini takomillashtirish orqali davolash taktikasi optimillashtirilgan. Ayniqsa, neyrotrofik o‘sish omili (NGF) yallig‘lanish mediator oshirishining  va V12 vitamini etishmovchiligining dorsopatiyalar bilan bog‘liqligini o‘rganish og‘riq sindromining patogenezini chuqurroq tushunish va individual davolash strategiyalarini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish