Urazmetov Kahramon Karimbaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Respublikamizning turli tuproq iqlim sharoitida sholi etishtirish texnologiyasini takomillashtirish”, 06.01.08 – O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Qx315
Ilmiy maslahatchi: Saimnazarov Yuldash Bekmirzaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.08/2025.27.12.Qx.02.01.
Rasmiy opponentlar: Maxmatmurodov Alisher Ulmasovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Sultanova Zulfiya Sultanovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Jumaboev Zuxriddin Mo‘minovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi respublikamizning turli tuproq-iqlim sharoitlarida kechpishar sholi navlaridan yuqori va sifatli hosil etishtirishda mineral va organik o‘g‘itlar hamda mikroelementlarni qo‘llash texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Respublikamizning markaziy (Toshkent viloyati) va shimoliy (Xorazm viloyati) mintaqalari uchun kechpishar sholi navlari bo‘yicha mineral va organik (qoramol go‘ngi) o‘g‘itlar, mikroelementlar qo‘llashning maqbul me’yorlari aniqlangan va ilmiy asoslangan;
kechpishar sholi navlarini turli tuproq-iqlim sharoitida etishtirishda fosforli va kaliyli o‘gitlarning 120:150 kg/ga fonida azotli o‘g‘itlarni o‘rta (180 kg/ga) me’yorda (ekishdan oldin 63 kg/ga, tuplanish davrida 63 kg/ga, naychalash davrida 54 kg/ga) qo‘llanilganda o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishi jadallashib, fotosintetik faoliyati va hosil elementlari shakllanishiga ijobiy ta’sir etganligi natijasida azotli o‘g‘itlarning quyi (150 kg/ga) va yuqori (210 kg/ga) me’yorlari qo‘llanilgan variantlarga nisbatan don hosildorligi navlar bo‘yicha o‘rtacha UzROS 7/13 9,6-19,4; Mustaqillik 11,5-18,2; Tarona 6,7-16,1; Lazurniy 7,3-15,1 s/ga.ga yuqori bo‘lganligi aniqlangan va ilmiy asoslangan;
tipik bo‘z va o‘tloqi-allyuvial tuproqlarda kechpishar sholi navlarini etishtirishda nazorat (o‘g‘isiz), mineral o‘g‘itlar (N150P120K150) va go‘ng (20 t/ga) qo‘llanilgan variantlarga nisbatan N70P70K50 + go‘ng (20 t/ga) me’yorda qo‘llanilgan variantda o‘simlik poya balandligi 15-18 sm.ga, mahsuldor tuplanish darajasi 0,1-0,5 ga, bir ro‘vakdagi don soni 12,0-24,0 donaga, bir o‘simlikdagi don vazni 0,5-1,2 g.ga yuqori bo‘lishi natijasida sholi navlarining don hosildorligi 78,1-83,0 % ortishiga ijobiy ta’siri ilmiy asoslangan;
turli tuproq-iqlim sharoitida sholi navlari urug‘lariga ekish oldidan va amal davrida mikroelementlarning maqbul me’yorlari qo‘llanilganda o‘simlikning o‘sish-rivojlanishi va fotosintetik faoliyati yaxshilanib, navlar bo‘yicha o‘rtacha 17,7-31,1 s/ga qo‘shimcha don hosili etishtirilgan holda mikroelementlarning sholi donning sifatiga shishasimonligi 1,9-3,6 %; butun guruch chiqishi 8,0-15,4 % yuqori ijobiy ta’siri aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Respublikamizning turli tuproq iqlim sharoitida sholi etishtirish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
tipik bo‘z va o‘tloqi-allyuvial tuproqlar sharoitida kechpishar sholi navlarini etishtirish texnologiyasi Toshkent viloyatida 55,0 gektar, Xorazm viloyatida 166,5 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2025-yil 7-iyuldagi 05/05-04-356-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, maqbul oziqlantirish me’yorlarini qo‘llash hisobiga 5,0-36,3 s/ga.gacha qo‘shimcha hosil olish bilan birgalikda donning shishasimonligi 1,5-3,0 % ga, guruch chiqishi 7-12 %ga yuqori bo‘lishiga hamda 12,3-29,6 mln so‘m/ga sof daromad olishga erishilgan;
sholining kechpishar navlarini etishtirishda mineral o‘g‘itlar fonida azotli o‘g‘itlarni rivojlanish fazalari bo‘yicha bo‘lib qo‘llash texnologiyasi Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida 39,0 gektar, Xorazm viloyating Gurlan tumanida 80,5 gektar, jami 119,5 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2025-yil 7-iyuldagi 05/05-04-356-sonli). Natijada, azotning 180 me’yori qo‘llanilganda amaldagi texnologiyaga nisbatan navlar bo‘yicha Toshkent viloyatida 19,3-24,4 s/ga, Xorazm viloyatida 20,1-26,5 s/ga qo‘simcha hosil olishga hamda tegishlicha 42,8-51,6% rentabellikka erishilgan;
sholining kechpishar navlarini etishtirishda mineral o‘g‘itlar fonida organik o‘g‘itlarni qo‘llash texnologiyasi Toshkent viloyatining Bekobod tumanida 5,0 gektar, Xorazm viloyating Gurlan tumanida 12,0 gektar, jami 17,0 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2025-yil 7-iyuldagi 05/05-04-356-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, organik o‘g‘itlarning 20 t/ga me’yori qo‘llanilganda amaldagi texnologiyaga nisbatan navlar bo‘yicha Toshkent viloyatida 16,7-19,2 s/ga, Xorazm viloyatida 17,6-21,1 s/ga qo‘simcha hosil olishga hamda tegishlicha 32,3-39,2% rentabellikka erishilgan;
sholining kechpishar navlarini etishtirishda mineral o‘g‘itlar fonida mikroelementlarni qo‘llash texnologiyasi Toshkent viloyatining Bekobod tumanida 11,0 gektar, Xorazm viloyating Gurlan tumanida 74,0 gektar, jami 85,0 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2025-yil 7-iyuldagi 05/05-04-356-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mikroelementlarining tavsiyaga asosan me’yorlari qo‘llanilganda nazorat variantga nisbatan Toshkent viloyatida 22,3-36,4 s/ga, Xorazm viloyatida 24,6-39,2 s/ga qo‘simcha hosil olishga hamda tegishlicha
47,3-59,6 rentabellikka erishilgan.