O‘roqova Nafosat Yorievnaning fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumot
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Olam badiiy manzarasining floristik va faunistik obrazlarda ifodalanishi (yangi o‘zbek she’riyati misolida) ” 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2024.1.DSc/Fil755
Ilmiy maslahatchi: Quvvatova Dilrabo Xabibovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti DSc.03/2025.27.12.Fil.08.07
Rasmiy opponentlar: Qobilov Usmon Uralovich, filologiya fanlari doktori, professor; Sabirdinov Akbarali G‘afurovich, filologiya fanlari doktori, professor; Kuchkarova Marhabo Xudayberganovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yangi o‘zbek she’riyatida olam badiiy manzarasini floristik va faunistik obrazlar orqali aks ettirishning an’anaviy va novatorona xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xalq lirikasida floristik va faunistik obrazlarning qadimiyligi, mumtoz adabiyotdagi vahdat ul-vujud, tajalliy, olam va odam yaxlitligi – yagona universum haqidagi qarashlar olamning badiiy manzarasini aks ettirishi, lirikada madaniy-tarixiy, ijtimoiy-falsafiy, diniy-axloqiy, psixomental jihatlarini namoyon etishi, tasviriylik va ekspressivlikka xizmat qilishi aniqlangan;
o‘zbek mumtoz she’riyatida olam badiiy manzarasining yaxlit va bo‘lak holda berishda lola, sarv, shamshod, rayhon, suman, it, ot, tulki, arslon, qarg‘a, hudhud kabi floristik va faunistik obrazlardan foydalanilganligi, ularning an’anaviylik xususiyati, ramziy-timsoliy ma’nolari, tadrijiy belgilari ochib berilgan;
yangi o‘zbek she’riyatida olamning badiiy manzarasini floristik obrazlar vositasida tasvir etishning spesifik belgilari, bunda lola, na’matak, g‘o‘za, bug‘doy, maysa, o‘sma, yalpiz, ismaloq, yantoq kabilarning insoniy fazilatlarni ifodalashi, milliy kolorit va milliy hayot manzaralarini aks ettirishi, ijtimoiy mazmun kasb etganligi asoslangan;
yangi o‘zbek she’riyatida daraxt obrazlarining timsoliy-falsafiy, ijtimoiy ma’nolarni bildirganligi, terak, sarv, chinor, majnuntol, olma, arg‘uvon, o‘rik, shaftoli, tut obrazlari orqali o‘zbek milliy mentalitetiga xos xususiyatlar in’ikos topganligi dalillangan;
yangi o‘zbek she’riyatida ot, it, ho‘kiz, ohu, arslon, burgut, bulbul singari faunistik obrazlar orqali olamning milliy manzarasi namoyon bo‘lganligi, lirik qahramonning ichki olami, ruhiy dunyosi aks ettirganligi, novatorona mazmun kasb etganligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Olam badiiy manzarasining floristik va faunistik obrazlarda ifodalanishi (yangi o‘zbek she’riyati misolida)” mavzusida erishilgan ilmiy natijalardan:
xalq lirikasida floristik va faunistik obrazlarning qadimiyligi, mumtoz adabiyotdagi vahdat ul-vujud, tajalliy, olam va odam yaxlitligi – yagona universum haqidagi qarashlar olamning badiiy manzarasini aks ettirishi, lirikada madaniy-tarixiy, ijtimoiy-falsafiy, diniy-axloqiy, psixomental jihatlarini namoyon etishi, tasviriylik va ekspressivlikka xizmat qilishi aniqlangan xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan IZ-2021020813 raqamli “Alisher Navoiy ijodining xorijda o‘rganilishi va targ‘iboti asosida ko‘p tilli multimedia to‘plamini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda dissertatsiya ilmiy natijalaridan (2021-2023.yy) foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 2-noyabrdagi 04/1-3118-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek mumtoz she’riyatida olamning badiiy manzarasini floristik va faunistik obrazlar orqali aks ettirish bo‘yicha ma’lumotlarni boyitish va aniqlashtirishga xizmat qilgan;
o‘zbek mumtoz she’riyatida olam badiiy manzarasining yaxlit va bo‘lak holda berishda lola, sarv, shamshod, rayhon, suman, it, tulki, arslon, qarg‘a, hudhud kabi floristik va faunistik obrazlardan foydalanilganligi, ularning an’anaviylik xususiyati, ramziy-timsoliy ma’nolari, tadrijiy belgilari ochib berilgan ilmiy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan PF-201912258 raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy grant loyihasida (2021-2023.yy)foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 3-dekabrdagi 04/1-3989-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada she’riyatda floristik obrazlar orqali ifodalashda ramziy-falsafiy mazmunni kuchaytirishga erishilganligini asoslash imkonini bergan;
yangi o‘zbek she’riyatida olamning badiiy manzarasini floristik obrazlar vositasida tasvir etishning spesifik belgilari, bunda na’matak, g‘o‘za, bug‘doy, maysa, o‘sma, yalpiz, ismaloq, yantoq kabilarning insoniy fazilatlarni ifodalashi, milliy kolorit va milliy hayot manzaralarini aks ettirishi, ijtimoiy mazmun kasb etganligi lingvistik jihatdan aniqlangan xulosalardan Buxoro davlat universitetida bajarilgan A-OT-2021-2-raqamli “Tibbiyotga oid atamalar elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada (2020-2021.yy) foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2024-yil 28-noyabrdagi 01-04/7500-son ma’lumotnomasi). Natijada she’riy matn tarkibida qo‘llangan nabotot nomlarining turli tibbiy ma’nolarni bildirganligi va soha lingvistikasi terminlarini boyitishga xizmat qilgan;
yangi o‘zbek she’riyatida daraxt obrazlarining timsoliy-falsafiy, ijtimoiy ma’nolarni bildirganligi, terak, sarv, chinor, majnuntol, olma, arg‘uvon, o‘rik, shaftoli, tut obrazlari orqali o‘zbek milliy mentalitetiga xos xususiyatlar in’ikos topganligi dalillangan qarashlardan Oliy ta’limning 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) ta’limi yoʻnalishida tahsil oluvchi talabalar uchun yaratilgan “Yangi o‘zbek adabiyoti” nomli darsligida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi Buxoro davlat universitetining 2024-yil 02-iyuldagi 452-sonli 452-12-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada darslik yangi o‘zbek she’riyatida floristik va faunistik obrazlar tahlili bilan boyitilgan;
yangi o‘zbek she’riyatida ot, it, ho‘kiz, ohu, arslon, burgut, bulbul singari faunistik obrazlar orqali olamning milliy manzarasi namoyon bo‘lganligi, lirik qahramonning ichki olami, ruhiy dunyosi aks ettirganligi, novatorona mazmun kasb etganligi ochib berilgan fikr-qarashlardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining “Assalom, O‘zbekiston”, “Milliy o‘zlikni anglab” ko‘rsatuvlarida foydalanilgan va tadqiqotchi bilan bevosita suhbat olib borilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2024-yil 2-dekabrdagi 01-09/172-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada adabiy ko‘rsatuvlar zahirasini ilmiy jihatdan boyitishga xizmat qilgan.