Shoyimova Gulshod Shoyim qizining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumot
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi): “O‘zbek mumtoz adabiyotida dehqonga va dehqonchilikka munosabat (Navoiy va Bobur ijodi misolida)” 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Fil5256
Ilmiy rahbar: Hayitov Shavkat Ahmadovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti DSc.03/2025.27.12.Fil.08.07
Rasmiy opponentlar: Qobilov Usmon Uralovich, filologiya fanlari doktori, professor, Jo‘raboev Otabek Rustambek o‘g‘li filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Alisher Navoiy va Zahriddin Muhammad Bobur ijodida dehqonchilik motivi va obrazlari orqali ifodalangan g‘oya va mazmun, badiiy ifoda, adabiy-estetik tafakkur hamda talqinlar olamini dehqonchilikning bunyodkorlik salohiyati, yaratuvchanlik qudrati mohiyati bilan uyg‘unlikda ilmiy asoslab berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qadimgi yozma manba “Avesto” dehqon va dehqonchilikka munosabat nuqtai nazardan ilk marta chuqur tahlil qilinib, dehqon va dehqonchilikka, erga va nonga yuksak ehtirom qadimgi ajdodlarimizning tafakkur va ma’naviy zakovatidan darak berishi, ekin erlarini ko‘paytirish, erni va dehqon mehnatini asrab-avaylash ilohiy nizom maqomini olganligi aniqlangan;
dehqon obrazi va uning poetik ifodasi, dehqon shaxsi, sifatlari, ruhiyati, axloqiy fazilatlari badiiy tasviriga doir xususiyatlar “Qutadg‘u bilig”, “Qissasi Rabg‘uziy”, “Mahbub ul-qulub” asarlarining tahlili orqali dalillangan;
o‘zbek mumtoz adabiyotida dehqon motivi va dehqonchilikka munosabat keng ko‘lamli manzarani hosil etganligi va ayni mavzuning badiiy adabiyot poetikasi uchun ilhom manbai bo‘lganligi Alisher Navoiy ijodi misolida isbotlangan;
o‘zbek mumtoz adabiyotida dehqonchilikning donchilik, polizchilik kabi sohalariga munosabat, dehqonchilik va ekologik madaniyat, bog‘dorchilik va yashil makon uyg‘unligi masalalari o‘zbek adabiyotshunosligida birinchi marta Navoiy asarlari va “Boburnoma”ni sinchiklab o‘rganish natijasida ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek mumtoz adabiyotida dehqonga va dehqonchilikka munosabat muammosini tadqiq etish jarayonida erishilgan natijalardan:
Alisher Navoiy asarlaridagi dehqon obrazi va uning poetik ifodasi, dehqon shaxsi, sifatlari, ruhiyati, axloqiy fazilatlari badiiy tasviriga doir tahliliy fikrlardan; Navoiy asarlaridagi dehqonchilikning donchilik, polizchilik kabi sohalariga munosabat, dehqonchilik va ekologik madaniyat, bog‘dorchilik va yashil makon uyg‘unligi masalalari tadqiqiga oid xulosalardan Davlat ilmiy-texnik dasturi doirasidagi AL-662205561 “Alisher Navoiy mualliflik korpusini yaratish” (2023-2024 yy.) mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 28-iyuldagi № 01/4-3308-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Alisher Navoiy mualliflik korpusida maqollar va hikmatli so‘zlar bazasining boyitilishiga erishilgan;
Buxoro adabiy muhiti ijodkorlarining ilmiy-adabiy merosini Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur poetik kashfiyotlariga qiyosan tadqiq qilishda AL-622204396 “Buxoro adabiy muhiti ijodkorlarining ilmiy-adabiy merosi bo‘yicha elektron platforma yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2025-yil 8-fevraldagi 01-04/892-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Buxoro adabiy muhiti vakillarining asarlarini qiyosiy o‘rganib, muhim ilmiy nazariy xulosalarga kelish imkoniyati kengaygan;
O‘zbek milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” telekanalining “Assalom Buxoro”, “She’riyat gulshani”, “Milliy o‘zlikni anglash” teleko‘rsatuvlarida foydalanilgan (O‘zbekiston teleradiokompaniyasi, Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2025-yil 6-fevraldagi 01-09-61-sonli ma’lumotnomasi). Natijada qadim tarixiy va adabiy manbalardagi dehqonchilik madaniyati haqidagi quyma mulohazalarni o‘rganish va ularni chuqur mushohadadan o‘tkazib, bugungi o‘zbek dehqoniga taqdim etish imkoniyati yuzaga kelgan. Istiqlol davri dehqonchilik madaniyati, dehqonning vazifalari, huquq va burchlari xususidagi fikr-qarashlar yana-da kengroq ommalashishiga yo‘l ochilgan;
dehqon obrazi va dehqonchilik talqini nihoyatda jozibador soha bo‘lib, badiiy fikr rivojida katta o‘rin tutadigan rang-barang mavzu va syujetlarga, voqelik va timsollarga, tafsilot va badiiy ifodalarga boy ekanligi haqidagi xulosalardan O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyati bo‘limi huzuridagi “Nilufar” adabiy to‘garagi, shuningdek, viloyat, shahar va tumanlarda faoliyat ko‘rsatayotgan to‘garaklar mashg‘ulotlarida, o‘zbek mumtoz adabiyotini o‘rganish va targ‘ib etishga bag‘ishlangan tadbirlarda foydalanilgan (O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyati bo‘limining 2025-yil 7-fevraldagi 2-sonli ma’lumotnomasi). Natijada “Qutadg‘u bilig”, “Qissasi Rabg‘uziy”, “Xamsa”, “Boburnoma” asarlaridagi adabiy ma’lumotlar yangicha ilmiy talqinlarda to‘garak azolariga taqdim etilgan.