Ziyaeva Kamolaxon Ziyaiddinovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ingliz va o‘zbek tillarida “hazil” nutqiy janrining lingvomadaniy tadqiqi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fil3153
Ilmiy rahbar: Shokirov Sherali Ibrohimovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.22.04.
Rasmiy opponentlar: Sidiqov Qosim Abilovich, filologiya fanlari nomzodi, professor; Sarimsakov Xurshidjon Abdimalikovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi hazillarning o‘g‘zaki va yozma shakldagi turli diskurslarda, jumladan, badiiy diskurs, maishiy diskurs, kinodiskurs, siyosiy diskurs, internet diskurs kabilarda qo‘llanilishini lingvomadaniy jihatdan tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ingliz va o‘zbek tillarida hazil yaratishda fonetik, grammatik, leksik, shu jumladan, omonimiya, sinonimiya, polisemiya kabi lisoniy hodisalardan foydalanishning farqli jihatlari misollar yordamida asoslandi;
turli til oilalariga mansub bo‘lgan ingliz va o‘zbek tillaridagi hazillarda ekstralingvistik omillar, ya’ni shaxsni o‘rab turuvchi atrof-muhit, uning yashash tarzi, ruhiyati va madaniyatining hazillarga ta’siri, shuningdek, kulgi mazmunini resepientga etkazishda xizmat qiluvchi, ekstralingvistik vositalarni ifodalovchi har ikki millatning tana harakatlaridagi va tovushdagi o‘zgarishlar nutqni to‘ldirish, tasdiqlash, bo‘rttirish uchun qo‘llanilishi asoslangan;
hazil yaratishda shaxs, narsa-buyum va voqea-hodisalarning asliyatdan chekinib, lisoniy birliklarning konnotativ ma’no xususiyati yordamida, shakl o‘zgarishi, resipientning kutilmagan javobi, tasodifiyliklar, chog‘ishtirmalar, qadriyatlar va reallikning nomutanosibligi, tafakkur va tashqi omillarning ziddiyati kabi vaziyatlar muhim rol o‘ynashi dalillandi;
ijtimoiy tarmoqlarda qo‘llaniladigan ingliz va o‘zbek hazillari, shuningdek, Afandi latifalari hamda ularning ingliz tilidagi tarjimalari mazmunida madaniyatining aks etishi, ya’ni turli presedent nomlar, arxetiplar, etalonlar hamda boshqa lisoniy birliklarning mentallikni ifodalashi, engil kulgu, sarkazm, va satiraga asoslangan hazillarning mohiyati lingvokulturalogik jihatsdan misollar yordamida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ingliz va o‘zbek tillarida “hazil” nutqiy janrining lingvomadaniy xususiyatlarini tadqiq etish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek tilida ham, ingliz tilida ham hazillar hosil qilishda fonetik (omofonlar), grammatik, leksik, shu jumladan, omonimiya (omograflar), sinonimiya, polisemiya lisoniy hodisalaridan foydalanish samarali vosita ekani haqidagi tadqiqot natijalaridan Qarshi davlat universitetida 2021 – 2023 yillarda amalga oshirilgan SUZ-800-21GR-381 “Reinforcing English Language Competence at Karshi State University” nomli xalqaro grant loyihasi doirasidagi “Academic English” kursida samarali qo‘llanilgan (Qarshi davlat universiteti 2024-yil 4-dekabrdagi 03/3674-sonli ma’lumotnomasi). Natijada latifalar va hazillarning hosil bo‘lishi hamda ularning janrga xos adabiy atamalar, ularning izohiga doir ma’lumotlar loyihaning samaradorligi oshirdi;
turli til oilalariga mansub bo‘lgan ingliz va o‘zbek tillaridagi hazillarda ekstralingvistik omillar hazillarning kulgi mazmunini resepientga etkazishda xizmat qilishi, ammo har ikki millatning xatti-harakatlari farqli bo‘lib, ingliz hazillarida so‘zlar va harakatlar nomutanosibligi kuzatilsa, o‘zbek hazillarida ekstralingvistik vositalar nutqni to‘ldirish, tasdiqlash, bo‘rttirish uchun qo‘llanilishi haqidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “Mahalla” teleradiokanali ko‘rsatuvlarida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Mahalla teleradiokanali davlat unitary korxonasining 2025-yil 13-apreldagi № 03-14-1107-sonli ma’lumotnomasi). Natijada latifa va hazillarning paydo bo‘lishidagi lingvistik va ekstralingvistik omillarning ahamiyati haqidagi qarashlar hisobiga loyiha amaliy natijalarining samaradorligi va foydalanish ko‘lami ortdi;
hazil hosil qilishda shaxs, narsa-buyum va voqea-hodisalarning asliyatdan chekinib, lisoniy birliklarning konnotativ ma’no xususiyati yordamida, shakl o‘zgarishi, resipientning kutilmagan javobi, qadriyatlar va reallikning nomutanosibligi, tafakkur va tashqi omillarning ziddiyati kabi vaziyatlar muhim rol o‘ynashi haqidagi ilmiy ma’lumotlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “Mahalla” teleradiokanali ko‘rsatuvlarida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Mahalla teleradiokanali davlat unitary korxonasining 2025-yil 13-apreldagi № 03-14-1107-sonli ma’lumotnomasi). Natijada hazillarning lingvomadaniy xususiyatlari va ularning bugungi zamonaviy til taraqqiyotidagi ahamiyati to‘gʻrisida foydali maʼlumotlar bilan ushbu radioeshittirishlarning mazmuni ilmiy va amaliy jihatdan boyigan;
internet sahifalarida turli ko‘rinishlardagi hazil mazmuniga ega memlardan keng ko‘lamda foydalanishi, hazillarning madaniyatning bir timsoli ekanligi, latifalar tarjimalarida presedent nomlar, arxetiplar, etalonlar va boshqa lingvikulturemalar sabab ma’no-mazmun olib o‘tishda yuzaga keladigan qiyinchiliklar haqidagi ilmiy ma’lumotlardan Qarshi davlat universitetida 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan, Toshkentdagi AQSh Elchixonasi tomonidan moliyalashtirilgan “The English Access Micro Scholarship Program” nomli xalqaro grant loyihasi doirasida foydalanilgan. (Qarshi davlat universiteti 2025 yil 3-fevral 04/390-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada yoritilgan bugungi kunda ommalashib va rivojlanib borayotgan ijtimoiy tarmoqlarda keng qo‘llaniladigan hazillarning millat madaniyati timsoli ekanligi va ularda yoritilgan mavzular haqida bildirilgan fikrlar loyiha kontentini boyishiga xizmat qilgan.