Shotemirov Sanjar Xolmo‘min o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarni ma’naviy-ma’rifiy ishlar jarayonida notiqlik san’atidan foydalanishga tayyorlash mexanizmlari (oliy ta’lim muassasalari tadbirlari misolida)”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan B2024.3.PhD/Ped8095
Ilmiy rahbar: Qodirov Qutlug‘-Bek Bekmurodovich - University of Management and future technologies universiteti professori, pedagogika fanlari doktori (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi Termiz davlat pedagogika instituti, Ilmiy kengash raqami: PhD.01/2025.27.12.Ped.11.01
Rasmiy opponentlar:
birinchi opponent – Adizov Baxtiyor Raxmonovich – Buxoro davlat universiteti professori, pedagogika fanlari doktori;
ikkinchi opponent – Jumaniyozov Rahimboy Matkarimovich - “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqotlar universiteti professori, filalogiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Talabalarni ma’naviy-ma’rifiy ishlar jarayonida notiqlik san’atidan foydalanishga tayyorlash mexanizmlarini takomillashtirish, mavjud muammolarni o‘rganish hamda ushbu tadqiqot yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
talabalarning ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda notiqlik san’atidan foydalanish ko‘nikmasini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik algoritm yunon va Sharq voizlik san’ati integratsiyasi asosida aniqlashtirilgan;
talabalarda notiqlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik modelning faoliyatli komponent mazmuni “ritorik takt”, “muloqot generatsiya”, “kompetentli tahlil” nutq texnikalarini ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
notiqlik san’atidan foydalanish jarayoniga ta’sir etuvchi pedagogik-psixologik omillar ustuvorligiga ko‘ra talabalar uchun “Dumaloq ko‘zgu” treningi, “Yozuvli tasvir” metodikasi, “Psixodramma” trening mashg‘ulotlarini takomillashtirish orqali notiqlik mexanizmining samarali audiotonik verballik darajalari bilan bog‘liq jihatlari rivojlantirilgan;
talabalarda notiqlik ko‘nikmalarini rivojlantirish samaradorligi o‘qituvchining moderatorlik hamda supervayzerlik funksiyalarini oshirishga ko‘ra ritorikaning epideiktik uslubi, voizlikning dabirlik va sultoniyot oqimlariga oid “tezkorlik”, “preventivlik”, “parallel targ‘ibot” usullarini qo‘llash orqali aniqlashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarni ma’naviy-ma’rifiy ishlar jarayonida notiqlik san’atidan foydalanishga tayyorlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
notiqlik san’atining axloqiy-estetik xususiyatlaridan ma’naviy-ma’rifiy ishlar jarayonida foydalanish orqali, talabalar hamda jamiyat a’zolari orasidagi kommunikativ, integrativ, munosabatni shakllantiruvchi imkoniyatlari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar jarayonini samarali tashkil etish asosida, talabalarni notiqlik san’atiga tayyorlash hamda madaniyatli muloqot olib borishning pedagogik mexanizmlari, psixologik va ijtimoiy xususiyatlari ko‘rsatib berilgan. Dissertatsion tadqiqot ishining materiallari O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi “Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy o‘rganish va targ‘ib qilishni rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–405-sonli qarori shuningdek, 2025-yil 28-iyuldagi “O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘raev xotirasini abadiylashtirish va uning ijodiy maktabi an’analarini munosib davom ettirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–232-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash hamda ushbu yo‘nalishda o‘tkaziladigan ma’naviy targ‘ibot tadbirlarini tashkil etishga xizmat qilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2025 yil 22 oktyabrdagi 03-12-17-6131-sonli dalolatnomasi.) Natijada, ilmiy tadqiqot ishida talabalarni notiqlik san’atiga tayyorlashning madaniy strukturasi, klassifikasiyasi hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar samaradorligini oshirish funksiyalari pedagogik texnologiyalar va qonuniyatlar asosida ochib berilgan. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar jarayonida notiqlik san’atidan foydalanishning pedagogik mexanizmlari ishlab chiqilgan;
tarixiylik va zamonaviy notiqlik san’atidan ma’naviy - ma’rifiy ishlar jarayonida foydalanish orqali ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish jarayonidagi natijadorlikni oshirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 2-avgustdagi 4/17-4/4-13142-sonli ma’lumotnomasi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024-yil uchun chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan “G‘oya va mafkura masalasi hamda ilm-fan va ma’rifat targ‘iboti” Yangi ma’naviy makonni shakllantirishning dolzarb masalalari, bu borada ma’rifatparvar, ziyolilar, davlat va jamoat faollarini birlashtirish hamda “Yangi O‘zbekiston orzusi”ni ro‘yobga chiqarish dasturi bo‘yicha olingan 2024-yil 11-iyul 10/20-sonli dalolatnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2024-yil 24-avgustdagi 2-13-21-4463-sonli olingan dalolatnomalari asosida yoshlarni ma’naviy qadriyatlar ruhida tarbiyalash borasidagi loyihalarda ilmiy dissertatsiya natijalaridan foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025 yil 7 oktyabrdagi 02/01-01-388-sonli ma’lumotnomasi.) Natijada, talabalarni ma’naviy-ma’rifiy ishlar jarayonida notiqlik san’atidan foydalanishga tayyorlashda ilmiy tadqiqotning tarjiba-sinov ishlari 2023-2024, 2024-2025, 2025-2026 o‘quv yillarida Termiz davlat pedagogika instituti, Samarqand davlat pedagogika instituti, Qo‘qon davlat universitetining jami 412 nafar respondent talabalari o‘rtasida o‘tkazilib, o‘quv dasturi hujjatlariga kiritilgan hamda o‘quv jarayonining didaktik ta’minoti takomillashgan;
ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda talabalarning “notiqlik kompetensiyasi”ni maqsadli ravishda shakllantirish qadimgi yunon ritorikasi hamda Sharq voizlik san’ati an’analari bilan integratsiyalash orqali ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar kontekstida talabalarni notiqlik san’atidan foydalanishga tayyorlash jarayoni oratorlik mahoratining “samarali muloqot”, “ritorik kompetensiya”, “samarali muloqot texnologiyasi”, “samarali muloqot texnikasi”, “kompetentli yondashuv” kabi texnologik komponentlarini qo‘llash orqali Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining VII yo‘nalishida belgilangan “Uzlyuksiz ta’lim tizimida ma’naviy komillikka erishish va ma’rifatli yoshlarni tarbiyalashga doir chora-tadbirlari” 53-bandi “Farzandlarimiz qalbida go‘zal insoniy fazilatlarni shakllantirish, o‘zbek xalqining qadim tarbiya uslublaridan samarali foydalanish, ularni yuksak ma’naviy qadriyatlar ruhida tarbiyalash” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertasiya materiallaridan foydalanilgan. (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025 yil 30 sentyabrdagi 10/624-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar talabalarni ma’naviy-ma’rifiy ishlar jarayonida notiqlik san’atidan foydalanishga tayyorlash mexanizmlarini ilmiy asoslashga xizmat qilgan;
oliy ta’lim tizimida tashkil etiladigan ma’naviy tadbirlar jarayonining sifatini yanada oshirish, notiqlik ko‘nikmasini takomillashtirishga qaratilgan pedagogik metodlar, psixologik treninglar, nutq texnikasini rivojlantiruvchi mashqlar tasnifini ishlab chiqish orqali ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda notiqlik mahoratidan foydalanishni shakllantirishning dolzarb masalalari bu borada ma’rifatparvar ziyolilar, davlat va jamoat faollarini birlashtirish targ‘ibot-tashviqot ishlarini o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanishning ilmiy ahamiyati ko‘rsatib berilgan. Talabalarning notiqlik san’atini rivojlantirish asosida ijtimoiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda erishish mumkin bo‘lgan ijobiy sifatlarni ko‘rsatib berish orqali ritorik kompetentlikning imkoniyatlari asoslanganligiga oid ilmiy yangilik, nazariy xulosalar va amaliy takliflardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi “Ma’rifat” targ‘ibotchilari jamiyatining ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarida foydalanilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi “Ma’rifat” targ‘ibotchilari jamiyatining 2025 yil 11 avgustdagi 01-07/53-sonli dalolatnomasi.) Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan taklif va xulosalardan “Ma’rifat” targ‘ibotchilari jamiyatining ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlarida targ‘ibotchilarning notiqlik san’atini, kommunikativ qobiliyatini yanada rivojlantirishga xizmat qilgan;
ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda talabalarning “notiqlik kompetensiyasi”ni maqsadli ravishda shakllantirish talabalar notiqlik qobiliyatining shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi ritorikaning “tezkorlik”, “preventivlik”, “parallel targ‘ibot” kabi samarali metodlarining sintezi asosida aniqlashtirishga oid ishlab chiqilgan takliflardan IL-662205522 davlat raqami bilan ro‘yxatdan o‘tgan “Umumta’lim maktablarining 5-6 sinf adabiyot darslarida IT-texnologiyalarini qo‘llash metodikasi” mavzusidagi innovatsion loyiha natijalarini ommalashtirishda foydalanilgan. (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutining 2025 yil 20 yanvardagi 01/15-09/19-sonli ma’lumotnomasi.) Natijada, Sharq voizlik san’ati an’analari, qadimgi yunon ritorikasining g‘oyalari bilan integratsiyalashtirilgan.