Rahimqulova Lobar Hamro qizining filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ijtimoiy tarmoq yozishmalarida shaxs ruhiy holatini ifodalovchi til birliklarining lingvistik ekspertizasi”, 10.00.01 - O‘zbek tili. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3 1.PhD/Fil4950 
Ilmiy rahbar: Mengliev Baxtiyor Rajabovich filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti. IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.11.05. 
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor Xolida Yo‘ldosheva, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Guljahon Hotamova.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi ijtimoiy tarmoqlarning o‘zbek segmentida shaxs ruhiy holatini ifodalovchi birliklarning lingvistik ekspertizasi mohiyatini ochib berish va uni amaliyotga tatbiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy tarmoq yozishmalari multimodal birliklar orqali shaxs ruhiy holatini ifodalash vositasi sifatida lingvistik tahlil qilinib, huquqshunoslik va psixolingvistik izlanishlarda tadqiqot obekti bo‘la olishi tahlillar vositasida dalillangan. 
ijtimoiy tarmoq yozishmalarida uchraydigan birliklarning fonografik, leksik-semantik va grammatik farqlarining ruhiy holat omiliga xos xususiyatlari aniqlangan.
haqorat mazmunidagi konfliktli matnlarni lingvistik ekspertizadan o‘tkazish jarayonida lingvist-ekspert asoslashi zarur bo‘lgan lingvist va mutaxassis malakasiga tayaniladigan holatda ekstralingvistik (huquqiy) jihatlar farqlangan va ularning yaxlitligi asoslangan.
anonim shakldagi ijtimoiy tarmoq yozishmalari muallifining taxminiy psixik holatini aniqlashda ruhiy holatni ifodalovchi til birliklari shaxsning identifikatsion belgisini ko‘rsatuvchi indikatorlar katalogi yaratilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi O‘zbek tili ijtimoiy tarmoq yozishmalarini ekspertiza qilish va ilmiy tadqiq etish natijalari asosida:
ijtimoiy tarmoq yozishmalarida foydalanuvchilarning ruhiy holatini ifodalovchi til birliklarini lingvistik ekspertizaning obekti sifatida tahlil qilish mumkinligi dalillangan. Ijtimoiy tarmoq yozishmalarida uchraydigan birliklarning fonografik, leksik-semantik, grammatik farqlarining ruhiy holat omiliga xos xususiyatlari aniqlangan. Olingan ma’lumotlarga asoslanib shaxsning psixolingvistik portretini shakllantirish, xarakter xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Ijtimoiy tarmoq yozishmalari multimodal birliklar shaxs ruhiy holatini ifodalash vositasi sifatida sentiment tahlili qilinib, huquqshunoslik va psixolingvistik izlanishlarda tadqiqot obekti bo‘la olishi tahlillar vositasida dalillanganligiga doir natijalar va materiallardan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020-2023-yillarda amalga oshirilgan AM-FZ-201908172 raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” nomli innovatsion loyihasida foydalanilgan. Natijada loyiha materiallari nazariy ma’lumotlar bilan boyigan;
ijtimoiy tarmoq yozishmalarining psixolingvistik tadqiqi o‘zbek tili lug‘at tarkibining boyishiga va internet resursining texnik imkoniyatlari rivojiga xizmat qilishi shaxs ruhiy holatini ifoda etuvchi birliklarning lug‘atlardagi talqini asosida dalillanganligi xususidagi xulosalaridan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022–2024-yillarda amalga oshirilgan IL-402104209 raqamli “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi innovatsion grant loyihasida foydalanilgan. Natijada loyiha materiallari nazariy ma’lumotlar bilan boyigan.
haqorat mazmunidagi konfliktli matnlarni lingvistik ekspertizadan o‘tkazish jarayonida lingvist-ekspert asoslashi zarur bo‘lgan lingvistik va mutaxassis malakasiga tayaniladigan holatda ekstralingvistik (huquqiy) jihatlar farqlangan va ularning yaxlitligi asoslangan; anonim shakldagi ijtimoiy tarmoq yozishmalari muallifining taxminiy psixik holati, xarakterini aniqlashda ruhiy holatni ifodalovchi til birliklari shaxsning identifikatsion belgisini ko‘rsatuvchi vosita bo‘lib xizmat qilishi munozarali matnlar asosida ochib berilganligiga doir taklif va tavsiyalaridan Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2025-yilning 29-iyul kuni efirga uzatilgan “Fayzli kun” teleko‘rsatuvi dastur ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Qashqadaryo viloyati teleradiokanali” DM 2025-yil 6-avgust 17.05/130-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif-tavsiyalar orqali tayyorlangan teleko‘rsatuv fuqarolarda axborot ma’daniyatini yanada shakllantirishga xizmat qildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish