Shukurova Sabohat Odilovnaning filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o’zbek adabiyotida xudkushlik (suisid) fojiasining psixologik hamda ijtimoiy aspektlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Fil959 
Ilmiy konsultant: Damin To‘raev, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.11.05  
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, Osiyo Texnologiyalar universiteti professori G‘aniev Ilxom Muzaffarovich; filologiya fanlari doktori, filologiya fanlari doktori, professor Xajieva Feruza Melsovna va O‘zbekiston Milliy universiteti professori, filologiya fanlari doktori Jumaboeva Jamila Sharipovna 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek adabiyotida xudkushlik (suisid) fojiasining psixologik hamda ijtimoiy aspektlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz adabiyotida suisid motivining genezisi shaxs va jamiyat o‘rtasidagi destruktiv ziddiyat mahsuli sifatida talqin qilinib, Shekspir tragediyalarida xudkushlik akti muqarrar halokat qarshisida individual-ekzistensial qaror sifatida namoyon bo‘lishi, o‘zbek mumtoz tafakkurida esa o‘zlikdan voz kechish orqali ruhiy-ilohiy najot konsepti bilan uyg‘unlashishi tipologik asosda aniqlangan;
ingliz adabiyotida suisid qahramon o‘zligining parchalanishi natijasidagi tragik tanlov sifatida dramatik nutq orqali nisbatan neytral ifodalansa, o‘zbek adabiyotida xudkush qahramon holati ma’naviy-axloqiy talqin va ramziy-estetik vositalar orqali badiiylashtirilishi ilmiy asoslangan hamda ikki adabiy an’anada psixopoetik mexanizmlar qarama-qarshiligi isbotlangan;
xudkushlik motivining badiiy ifodasi ijodkor pozisiyasi bilan bevosita bog‘liqligi, uning ijtimoiy adolatsizlik, siyosiy-mafkuraviy tazyiq, ijtimoiy anomiya va ruhiy iztiroblar bilan shartlanganligi muallif ijodiy niyatining konseptual mahsuli sifatida dalillangan;
“Sarob” va “Martin Iden” romanlarini qiyoslash orqali shaxsning ijtimoiy voqelik bilan ziddiyati, begonalashuv jarayoni va ruhiy inqirozi tahlil qilinib, suisid motivining ijtimoiy drama va fojialarni badiiy talqin etishdagi funksional-estetik ahamiyati ilmiy jihatdan asoslab berilgan;
E.Dyurkgeym sotsiologik tipologiyasiga tayangan holda egoistik, anomik va altruistik ko‘rinishlarning badiiy funksionalligi ochib berilib, bilvosita suisid shakllarining adabiy ifodasi ilmiy muomalaga kiritilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  Ingliz va o‘zbek adabiyotida xudkushlik (suisid) fojiasining psixologik hamda ijtimoiy aspektlari mavzusida olib borilgan tadqiqot davomida erishilgan ilmiy natijalar asosida: 
ingliz adabiyotida suisid motivining genezisi shaxs va jamiyat o‘rtasidagi destruktiv ziddiyat mahsuli sifatida talqin qilinib, Shekspir tragediyalarida xudkushlik akti muqarrar halokat qarshisida individual-ekzistensial qaror sifatida namoyon bo‘lishi, o‘zbek mumtoz tafakkurida esa o‘zlikdan voz kechish orqali ruhiy-ilohiy najot konsepti bilan uyg‘unlashishi qiyosiy-tipologik asosda aniqlangan xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar ilmiy-tadqiqot institutida 2021-2023-yillarda bajarilgan  “Qoraqalpoq folklorida olamning etnolingvistik tasviri” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (2025-yil 10-oktyabrdagi 795/1-sonli ma’lumotnoma). Natijada ingliz va o‘zbek tillarida yaratilgan asarlarda xudkushlik mavzusi yuzaga kelishi, badiiy-estetik ahamiyati, lisoniy omillariga doir xususiyatlarini tahlil qilishda ilmiy va amaliy manba bo‘lib xizmat qilgan;
ingliz adabiyotida suisid qahramon o‘zligining parchalanishi natijasidagi tragik tanlov sifatida dramatik nutq orqali nisbatan neytral ifodalansa, o‘zbek adabiyotida xudkush qahramon holati ma’naviy-axloqiy talqin va ramziy-estetik vositalar orqali badiiylashtirilishi ilmiy asoslangan hamda ikki adabiy an’anada psixopoetik mexanizmlar qarama-qarshiligi isbotlangan nazariy xulosalardan Oliy Majlis huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondining 2024-yil 19-sentyabrdagi  №90-01/38-sonli “Jadidlarning jamiyat huquqiy madaniyatini shakllantirishga ta’siri” nomli davlat amaliy loyihasida foydalanilgan (“Umrboqiy meros” O‘zbekiston madaniyati va san’ati targ‘ibot markazining 2025-yil 19-iyundagi №ML01/01-41-son ma’lumotnomasi). Natijada xudkushlik mavzusining badiiy-estetik vazifalari, ijtimoiy ta’sir muammolariga aloqador targ‘ibot ishlari mazmunining keng yoritilishiga asos bo‘lgan;
xudkushlik motivining badiiy ifodasi ijodkor pozisiyasi bilan bevosita bog‘liqligi, uning ijtimoiy adolatsizlik, siyosiy-mafkuraviy tazyiq, ijtimoiy anomiya va ruhiy iztiroblar bilan shartlanganligi muallif ijodiy niyatining konseptual mahsuli sifatida dalillangan xulosa va natijalardan “Umrboqiy meros” O‘zbekiston madaniyati va san’ati targ‘ibot markazida 2022-2024 yillarda bajarilgan APC2C/10 “Sustainable Collection of Research Data for the Protection of Intangible Cultural Heritage: Focus on Central Asia and Small Island Developing States (2022-2024 Fiscal Ear)” mavzusidagi xorijiy loyihasida foydalanilgan (“Umrboqiy meros” O‘zbekiston madaniyati va san’ati targ‘ibot markazining 2025-yil 2-iyundagi №ML01/01-34-son ma’lumotnomasi). Natijada ijtimoiy motivlar, uslub va individuallik, yozuvchilar tanlagan suisid shakllari va tasvir munosabatlari bir-biridan farqli ikki mintaqada yaratilgan asarlar misolida o‘zaro qiyoslanib o‘rganishga xizmat qilgan;
“Martin Iden” va “Sarob” romanlari qiyosida shaxsning ijtimoiy voqelik bilan ziddiyati, begonalashuv jarayoni va ruhiy inqirozi tahlil qilinib, suisid motivining ijtimoiy drama va fojialarni badiiy talqin etishdagi funksional-estetik ahamiyati ilmiy jihatdan asoslab berilgan xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyati bo‘limida 2024-2025 yillarda bajarilgan 54-10/104 “Mitti yulduz jilolari yoxud Abdulla Oripov izdoshlari huzurida” mavzusidagi loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyati bo‘limining 2025-yil 7-maydagi №27-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlar ma’naviy tafakkurida xudkushlikning zararli oqibatlari va ta’sirining o‘rni dolzarbligi haqida tushunchalar teranligiga erishilgan;
E.Dyurkgeym sotsiologik tipologiyasiga tayangan holda egoistik, anomik va altruistik ko‘rinishlarning badiiy funksionalligi ochib berilib, bilvosita suisid shakllarining adabiy ifodasi qiyosiy-tahliliy asosda ilmiy muomalaga kiritilgan natijalardan Qashqadaryo viloyati teleradiokanalida turkum ko‘rsatuvlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati teleradiokanalining 2025-yil 8-maydagi №17-05/84-son ma’lumotnomasi). Natijada teleko‘rsatuvlarning ilmiy-ommabopligini, xudkushlikka aloqador tushunchalar mohiyatini keng yoritilishini ta’minlagan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish