Vaqqosov Sobir Sayfullaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Suyuq parafinlar olish texnologiyasi va ularning ekspluatatsion xususiyatlari»,  02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T2242.
Ilmiy rahbar: Sadriddin Mahamaddinovich Turobjonov, texnika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/2025.27.12.T.42.01. 
Rasmiy opponentlar: Ikramov Abduvaxob, texnika fanlari doktori, professor; Vafaev Xusniddin Mirzoevich, texnika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kimyo sanoatining ikkilamchi mahsuloti ishlatilgan geksan asosida suyuq parafinlar olish texnologiyasini ishlab chiqish va ularning samarali qo‘llanilish sohalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sanoatning ikkilamchi mahsuloti - ishlatilgan geksan tarkibi sifat va miqdor jihatidan asoslanib, suyuq parafinlar C12 - C20 tarkibini olishning muqobil sharoitlari aniqlangan;
C12 - C20 tarkibli uglevodorodlarining tuzilishi va xarakterini, shuningdek, flotatsion xususiyatlarini aniqlanib, suyuq parafinlarning silvinitli rudani flotatsion boyitish orqali kaliy xlorid ishlab chiqarish jarayoniga qo‘llash mumkinligi isbotlangan;
apolyar yig‘uvchilarni konsentrat unumi va uning tarkibidagi KCl miqdori bo‘yicha  «xorijiy analog»  va mahalliy suyuq parafinlar taqqoslanib, bir xil sarfida mahalliy suyuq parafinda flotomahsulot tarkibida KClning miqdori 0,9 % ga ko‘p qolishi isbotlangan;
ishlatilgan geksan asosida silvinitli rudani flotatsion boyitish orqali kaliy xlorid ishlab chiqarish uchun maxsus xususiyatlarga ega bo‘lgan suyuq parafinlar olish texnologiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalliy kimyo sanoati ikkilamchi mahsuloti – ishlatilgan geksan xomashyosidan suyuq parafinlar ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish va kaliy xlorid ishlab chiqarishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Uz-KorGasChemical» MChJ QK ikkilamchi mahsuloti - ishlatilgan geksan asosida suyuq parafin ishlab chiqarish texnologiyasi «Dehqonobod kaliy zavodi» AJda ishlab chiqarish amaliyotiga joriy qilingan («O‘zkimyosanoat» AJ  «Dehqonobod kaliy zavodi» AJ UZ-POTASh 2022 yil 7 iyuldagi №02-029/1842-son ma’lumotnomasi). Natijada, import qilinuvchi suyuq parafinlarni mahalliy reagent bilan to‘la almashtirish imkonini bergan;
ishlatilgan geksan asosida olingan suyuq parafindan foydalinib, silvinitli rudani flotatsion boyitish orqali kaliy xlorid ishlab chiqarish texnologiyasi «Dehqonobod kaliy zavodi» AJda ishlab chiqarish amaliyotiga joriy qilingan (O‘zkimyosanoat AJ  «Dehqonobod kaliy zavodi» AJ UZ-POTASh 2022 yil 7 iyuldagi №02-029/1842-son ma’lumotnomasi). Natijada, flshhtatsion ajratiluvchi kaliy xlorid miqdorini oshirish va qimmat bo‘lgan yig‘uvchi amin flotoreagenti sarfini kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish