Umarov Xudoyorxon Sherali o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Nitroza gazlarini qayta ishlash va natriy nitrit olish texnalogiyasi», 02.00.13 - Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T5571.
Ilmiy rahbar: Usanbaev Najimuddin Xalmurzaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.05/2025.27.12.K/T.19.01.
Rasmiy opponentlar: Zakirov Baxtiyor Sobirjanovich, kimyo fanlari doktori, professor; Qanoatov Xayrullo Murodillaevich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat unversiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: temir sulfat eritmasi, TBF, qo‘ng‘ir ko‘mir suspenziyasiga vodorod peroksid va kaliy gidroksid ishtirokida nitroza gazlarini absorbsiyalash texnologiyalarini ishlab chiqish va ular asosida murakkab suyuq guminli o‘g‘itlar, meliorantlar, natriy nitrit olishdan iborat.
III. Tadqiqotining ilmiy yangiligi:
femir sulfatning 5-20% eritmalaridan foydalangan holda 15-40°C harorat oralig‘ida azot oksidlarini 86,53% yuttirish va azot dioksidini sanoat mahsuloti olish uchun yaroqli bo‘lgan konsentrlangan holda qayta tiklash sharoitlari aniqlangan;
vodorod peroksidi va kaliy gidroksidi tutgan qo‘ng‘ir ko‘mirning 5-20% suvli suspenziyasidan foydalangan holda nitroza gazlarini 99,98% yuttirish hamda ular asosida guminli o‘g‘itlar olish ilmiy asoslangan va sharoitlari aniqlangan;
azot oksidi va temir sulfat eritmasi, azot oksidi va TBF eritmasi, azot oksidi, temir sulfat eritmasi va TBF, azot oksidi va vodorod peroksidi, kaliy gidroksidi tutgan qo‘ng‘ir ko‘mir suspenziyasi sistemalarining o‘zaro absorbsiya va desorbsiya muvozanat tavsiflari aniqlangan;
azot oksidi va temir sulfat eritmasi, azot oksidi va TBF eritmasi sistemalarining o‘zaro absorbsion va desorbsion muvozanat tavsiflari asosida nitroza gazlarini yuttirish va konsentrlangan holda qayta tiklash texnologik parametrlari aniqlangan;
azot oksidlarini temir sulfat eritmasidan foydalangan holda, azot dioksidlarini TBF eritmasidan foydalangan holda bosqichma-bosqich yuttirish va NO hamda NO₂ gazlarini teng nisbatda konsentrlangan holda qayta tiklashning maqbul sharoitlari aniqlangan;
azot oksidlarini temir sulfat eritmasi va TBF yordamida bosqichma-bosqich yuttirish va NO hamda NO₂ gazlarini desorbsiyalash asosida natriy nitrit olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nitroza gazlarni qayta ishlash va natriy nitrit olish texnalogiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
qo‘ng‘ir ko‘mir suspenziyasiga vodorod peroksid, kaliy gidroksid ishtirokida azot oksidlarini yuttirish va ular asosida suyuq guminli o‘g‘it va meliorant olish texnologiyasi “Elektrokimyozavod” QK-AJning “2026-2030 yillarda amaliyotga joriy etiladigan istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati”ga kiritilgan (“Elektrokimyozavod” QK-AJning 2025 yil 15 oktyabrdagi 1/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, kimyo sanoatidan atmosferaga chiqariladigan zararli gazlar miqdorini sezilarli darajada kamaytirish va agrokimyoviy samarali suyuq guminli o‘g‘it va meliorant olish imkonini beradi; 
azot oksidlarini temir sulfat eritmasi va azot dioksidini TBF yordamida bosqichma-bosqich yuttirish va NO va NO2 gazlarini teng nisbatda regeneratsiya qilish va ularni natriy gidroksid eritmasiga yuttirish asosida natriy nitrit olish texnologiyasi “Elektrokimyozavod” QK-AJning “2026-2030 yillarda amaliyotga joriy etiladigan istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati”ga kiritilgan (“Elektrokimyozavod” QK-AJ 2025-yil 15-oktyabrdagi 1/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarkibida natriy nitrit miqdori yuqori bo‘lgan import o‘rnini bosuvchi mahsulot olish imkoni yaratiladi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish