Mirzaolimov Akmaljon Nabievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Fiziologik faollikka ega xloratli defoliantlar va mikroelement tutgan o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13 - Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T5567.
Ilmiy rahbar: Xamdamova Shoxida Sherzodovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.27.12.T.19.06.
Rasmiy opponentlar: Turaev Zokirjon, texnika fanlari doktori, professor; Xoshimov Axrorjon Axadovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: natriy, magniy xloratlari va mepikvat xloridi, magniy, mis, rux sulfatlari, nitrat kislota, mona va dietanolamin asosida fiziologik faollikka ega bo‘lgan kompleks ta’sirga ega defoliantlar hamda tarkibida mikroelementlar saqlagan suyuq o‘g‘itlar olishni ilmiy asoslagan holda jarayonning texnologik meyorlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor natriy, kalsiy, magniy xloratlari, natriy xlorat-dikarbamid, mepikvat xlorid hamda mis, rux, magniy sulfatlari, nitratmonoetanolammoniy va nitratdietanolammoniylarni o‘z ichiga olgan 10 ta yangi eruvchanlik sistemalari o‘rganilib, politermik eruvchanlik diagrammalari qurilgan va qattiq fazalarning xususiyatlari aniqlangan.
yangi hosil bo‘lgan Ca(ClO3)2·C7H16ClN tarkibli birikma eritmadan ajratib olinib, fizik-kimyoviy tahlil usullari yordamida mavjudligi aniqlangan;
natriy, kalsiy, magniy xloratlari, mepikvat xlorid hamda mis, rux, magniy sulfatlari, nitrat mono va dietanolammoniy tuzlari ishtirokidagi sistemalarning reologik xossalari aniqlanib, “tarkib-xossa” diagrammalari qurilgan hamda eritmalarning fizik-kimyoviy xossalari aniqlangan;
natriy, magniy xloratlari, karbamid, mepikvat xlorid, trisiloksan alkoksilat asosida 2 ta 70% (98% NaClO3·2CO(NH2)2 + 2% C6H17NCl) +30% H2O] + 1,5% [(Ch3)3SiO]2(Ch3)2, [44,3% (79% Mg(ClO3)2+ 21,0% MgCl2)+1,5% C6H17NCl+ 54,2% H2O]- [(Ch3)3SiO]2(Ch3)2 samarali defoliant tarkib hamda mis, rux, magniy sulfatlari, nitrat mono va dietanolammoniylar asosida suyuq mikroo‘g‘it tarkiblarni olinish usullari, sarf me’yorlari, texnologik sxemasi hamda moddiy balansi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Tarkibida natriy xlorat, karbamid, mepikvat xlorid, trisiloksan alkoksilat bo‘lgan komleks ta’sirga ega defoliantlar hamda tarkibida mis sulfat, nitrat monoetanolammoniylar tutgan fiziologik faolikka ega mikroo‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tarkibi 70% [98% natriy xlorat dikarbamid, 2,0% mepikvat xlorid], 1,5% trisiloksan alkoksilat, 30% suvdan iborat NXD-4 defoliantining tarjiba sinov partiyalari “Elektrokimyozavod” QK AJ da ishlab chiqilgan va korxonaning 2027-2029-yillarda joriy etiladigan istiqbolli ishlanmalari ro‘yxatiga kiritilgan. (“Elektrokimyozavod” AJ QKning 2025 yil 19 avgustdagi 4-son ma’lumotnomasi). Natijada, yillik quvvati 8 ming tonna bo‘lgan ijobiy reologik xossalarga ega komleks ta’sirga ega suyuq defoliant ishlab chiqarish imkonini bergan.
tarkibi 11,82% mis sulfat, 14,27% nitrat monoetanolammoniy, 1,5 % marganes sulfat, 67,04% suvdan iborat fiziologik faolikka ega suyuq mikroo‘g‘itning tarjiba sinov partiyalari “Elektrokimyozavod” QK AJ da ishlab chiqilgan va korxonaning 2027-2029-yillarda joriy etiladigan istiqbolli ishlanmalari ro‘yxatiga kiritilgan (“Elektrokimyozavod” AJ-QKning 2025 yil 19 avgustdagi 4-son ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jaligida sifatli va yuqori hosil etishtirishga xizmat qiluvchi ijobiy reologik xossalarga ega fiziologik faol suyuq mikroo‘g‘itlar olish imkoniyatini bergan.