Arzikulova Surayyo Fayzullaevnaning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Kredit modul tizimi sharoitida ta’limni individuallashtirish metodikasini takomillashtirish, 13.00.02- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8600.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Shahrisabz davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Ped.11.04
Ilmiy rahbar: Muhammadieva Manzura Maratovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Rasmiy opponentlar: Chorshanbiev Zafar Esonpo‘latovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Umarov Lutfullo Murodullaevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kredit-modul tizimi sharoitida talabalar ta’limini individuallashtirish jarayonining funksional modeli va metodik tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
kredit-modul tizimi sharoitida ta’limni individuallashtirish metodikasini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari aniqlashtirilgan; bunda ta’lim oluvchilar tafakkuridagi o‘ziga xoslik, tabaqalashtirilgan o‘qitish, kognitiv muammolarni korreksiyalash hamda bilim olish motivatsiyasiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillarni tahliliy prognozlash mexanizmlari asoslab berilgan;
oliy ta’lim jarayonida ta’limni individuallashtirishning funksional modeli takomillashtirilgan; bunda individual o‘quv topshiriqlarining darajalari (adaptiv, reproduktiv, ijodiy) shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim mazmuniga ratsional muvofiqlashtirilgan hamda individual va differensial yondashuvlarning integrativ yaxlitligi ta’minlangan;
talabalar ta’limini individuallashtirish metodikasi hamkorlikdagi ta’lim paradigmasiga tayangan holda, mustaqil ta’lim topshiriqlarini individuallashtirish va nazoratning umumiyligini ta’minlovchi differensial ta’lim texnologiyalarini o‘quv jarayoniga tizimli tatbiq etish asosida takomillashtirilgan;
ta’limni individuallashtirish samaradorligi talabalarning shaxsiy va kasbiy rivojlanish traektoriyasi, mustaqillik va refleksiya darajasi hamda baholash/o‘z-o‘zini baholash jarayonlarining adekvatligini ta’minlovchi indikatorlarni empirik kuzatish asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kredit-modul sharoitida talabalar ta’limini individuallashtirishga doir olingan natijalar asosida:
takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari aniqlashtirilgan; bunda ta’lim oluvchilar tafakkuridagi o‘ziga xoslik, tabaqalashtirilgan o‘qitish, kognitiv muammolarni korreksiyalash hamda bilim olish motivatsiyasiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillarni tahliliy prognozlash mexanizmlari asoslab berilganligiga oid takliflardan “Maktabgacha ta’limda pedagogik jarayonlarni loyihalashtirish” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 314-269-sonli nashr guvohnomasi). Natijada, talabalarda pedagogik jarayonni loyihalashtirishga individual yondashuv ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonini takomillashtirishga xizmat qilgan;
oliy ta’lim jarayonida ta’limni individuallashtirishning funksional modeli takomillashtirilgan; bunda individual o‘quv topshiriqlarining darajalari (adaptiv, reproduktiv, ijodiy) shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim mazmuniga ratsional muvofiqlashtirilgan hamda individual va differensial yondashuvlarning integrativ yaxlitligi ta’minlanganligiga oid takliflar “Bolalar teatri va ijodiy faoliyatga o‘rgatish” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 258676-sonli nashr guvohnomasi). Natijada, talabalarni pedagogik faoliyatga tayyorlash jarayoni individual yondashuvni modellashtirish asosida takomillashtirilishiga xizmat qilgan;
talabalar ta’limini individuallashtirish metodikasi hamkorlikdagi ta’lim paradigmasiga tayangan holda, mustaqil ta’lim topshiriqlarini individuallashtirish va nazoratning umumiyligini ta’minlovchi differensial ta’lim texnologiyalarini o‘quv jarayoniga tizimli tatbiq etish asosida takomillashtirilganligiga oid takliflar “Bolalar teatri va ijodiy faoliyatga o‘rgatish” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 258676-sonli nashr guvohnomasi). Natijada, talabalarni pedagogik faoliyatga tayyorlash samaradorligini oshirishga erishilgan;
ta’limni individuallashtirish samaradorligi talabalarning shaxsiy va kasbiy rivojlanish traektoriyasi, mustaqillik va refleksiya darajasi hamda baholash/o‘z-o‘zini baholash jarayonlarining adekvatligini ta’minlovchi indikatorlarni empirik kuzatish asosida aniqlashtirilganligiga oid ma’lumotlar “Maktabgacha ta’limda pedagogik jarayonlarni loyihalashtirish” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan. 314-269-sonli nashr guvohnomasi). Natijada, pedagogik ta’lim jarayonini loyihalashtirish asosida ta’limni individuallashtirish metodikasini takomillashtirilishiga erishilgan.