Turg‘unov Abdinosir Ismoilovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi ximoyasi xaqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigai fan tarmog‘i nomi): «Orttirilgan yurak nuqsonlari jarrohligida takroriy aralashuvlarga yangi yondashuvlar va konsepsiyalar», 14.00.34 - Yurak-qon tomir xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V 2024.2.DSc/Tib1092.
Ilmiy maslaxatchi: Aliev Sherzod Maxmudovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK rakami: Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.08.01.
Rasmiy opponentlar: Shamsiev Gufron Abdumavlonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Yarbekov Rustam Raimkulovich, tibbiyot fanlari doktori; Sharipov Islom Mamatxanovich, tibbiyot fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Qozog‘iston Respublikasining Milliy tibbiyot markazni "Shimkent yurak markazi" notijorat aksiyadorlik jamiyati (Qozog‘iston Respublikasi)
Dissertatsiya yunalishi: amaliy axamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: orttirilgan yurak nuqsonlari bo‘lgan bemorlarda kompleks tashxislash va davolash-profilaktika chora-tadbirlarini ishlab chiqish orqali takroriy aralashuvlar natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
yurak nuqsonining birlamchi korreksiyasini amalga oshirishda anatomo-fiziologik xususiyatlarni va taktik-texnik jihatlarni tahlil qilish asosida sabab-oqibat o‘zaro bog‘liqliklar va orttirilgan yurak nuqsonlari jarrohligida takroriy aralashuvlar o‘tkazilishining prognostik mezonlari aniqlangan;
orttirilgan yurak nuqsonlarining mul`timodal tashxisotini joriy etish, 3D-rekonstruksiyadan foydalanish va yurakning funksional qobiliyatini baholash, a’zoni qayta modellanish xususiyatlari va surunkali yurak etishmovchiligining og‘irligi o‘rtasidagi bog‘liqlikni qayd qilish imkoniyatini oshirishi, shuningdek, takroriy xirurgik aralashuvlarni rejalashtirishda taktika va tashrix hajmini aniqlash imkonini berishi isbotlangan;
orttirilgan yurak nuqsonlarida to‘liq kardioliz jarayonini o‘tkazmagan holda sun’iy klapanni fibroz xalqaga “P”-simon choklar bilan simmetrik va mustaxkam tikish bilan tavsiflanuvchi, klapan fistulasining rivojlanish ehtimolini hamda havfli asoratlar chastotasini kamaytirishga imkon beruvchi mitral klapanni protezlash usuli takomillashtirilgan;
revmatik orttirilgan yurak nuqsonlari mavjud bo‘lgan bemorlarda takroriy operatsiyalardan so‘ng surunkali yurak etishmovchiligining og‘ir darajasini davolash usuli takomillashtirilgan;
orttirilgan yurak nuqsonlarida klapanlar disfunksiyasini erta tashxislash, yurak etishmovchiligining rivojlanishini oldini olishga va jarrohlik korreksiyasini tanlash usullarini joriy etishga qaratilgan xirurgik davolash konsepsiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi. 
Orttirilgan yurak nuqsonlari bilan og‘rigan bemorlarni tashxislash, konservativ va jarrohlik davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalariga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: nuqsonning birlamchi korreksiyasini amalga oshirishda anatomo-fiziologik xususiyatlarni va taktik-texnik jihatlarni tahlil qilish asosida sabab-oqibat o‘zaro bog‘liqliklar va orttirilgan yurak nuqsonlari jarrohligida takroriy aralashuvlar o‘tkazilishining prognostik mezonlari aniqlanganligi - Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 27 iyunda 6i-66/u-son bilan tasdiqlangan “Orttirilgan mitral klapan nuqsonlari takroriy mitral klapanni protezlashda yangi usul samaradorligini baholash” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasining 2025-yil 18-avgustdagi 104/1ich-son, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan filialining 2025-yil 28-iyundagi 117/4-son va Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filialining 2025-yil 28-iyuldagi 98/1-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 7 oktyabrdagi 26/01-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: OYuN bilan og‘rigan bemorlarning prognozi va hayot sifati yaxshilanadi, jismoniy faollik oshadi va nogironlik kamayadi. Iqtisodiy samaradorlik: tibbiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish, yurak faoliyati va gemodinamikasini tezroq tiklash orqali jarrohlik aralashuvidan so‘ng kasalxonada yotishning o‘rtacha davomiyligini 10 kundan 7 kungacha qisqartirishga erishildi, bir bemor uchun byudjet mablag‘larini tejash 1119000 so‘mni tashkil etdi ("Akademik V.Vohidov nomidagi RIXIATMDMda 1 yotoq kuni 373000 so‘mni tashkil etishini hisobga olgan holda). Agar bir bemor uchun iqtisod 1119000 so‘mni tashkil etsa, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 33570000 so‘mni tashkil etadi (yiliga 30 bemor uchun). Xulosa: OYuN jarrohligida takroriy aralashuvlarning prognostik omillarini aniqlash, uzoq muddatli prognoz bo‘yicha jarrohlik aralashuvlar natijalarini optimallashtiradi, bu esa bemorlarni davolash xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirishga imkon berdi, 1 yil uchun 33570000 so‘m byudjet mablag‘larini tejashni ta’minladi;
ikkinchi ilmiy yangilik: orttirilgan yurak nuqsonlarining mul`timodal tashxisotini joriy etish, 3D rekonstruksiyadan foydalanish va yurakning funksional qobiliyatini baholash a’zoni qayta modellanish xususiyatlari va surunkali yurak etishmovchiligining og‘irligi o‘rtasidagi bog‘liqlikni qayd qilish imkoniyatini oshirishi, shuningdek, takroriy xirurgik aralashuvlarni rejalashtirishda taktika va tashrix hajmini aniqlash imkonini berishi isbotlanganligi - Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 27 iyunda 6i-66/u-son bilan tasdiqlangan “Orttirilgan mitral klapan nuqsonlari takroriy mitral klapanni protezlashda yangi usul samaradorligini baholash” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasining 2025-yil 18-avgustdagi 104/1ich-son, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan filialining 2025-yil 28-iyundagi 117/4-son va Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filialining 2025-yil 28-iyuldagi 98/1-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 7 oktyabrdagi 26/01-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: mul`timodal diagnostikaga yangi yondashuvlarni ishlab chiqish va vizualizatsiya ma’lumotlarini taqqoslash asosida diagnostikaning yuqori aniqligini ta’minladi, xatolar sonini kamaytirdi va OYuN bilan og‘rigan bemorlarga tibbiy yordam sifatini yaxshilashga yordam berdi. Iqtisodiy samaradorlik: turli xil vizualizatsiya usullarining ma’lumotlarini yagona diagnostika algoritmiga birlashtirish takroriy va ortiqcha tadqiqotlar sonini kamaytirishga, erta bosqichlarda diagnostika aniqligini oshirishga va muolajalar xarajatlarini har bir bemor uchun 1270400 so‘mga kamaytirishga imkon berdi. Agar 1 nafar bemor uchun iqtisod 1270400 so‘mni tashkil etsa, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 38112000 so‘mni tashkil etadi (yiliga 30 nafar bemor uchun). Xulosa: orttirilgan yurak nuqsonlari holatini kompleks mul`timodal baholash bo‘yicha ishlab chiqilgan yondashuvlar diagnostika aniqligini oshirish, takroriy tekshiruvlar sonini kamaytirish va 1-yilda byudjet mablag‘larini tejash imkonini berdi;
uchinchi ilmiy yangilik: orttirilgan yurak nuqsonlarida to‘liq kardioliz jarayonini o‘tkazmagan holda sun’iy klapanni fibroz xalqaga “p”-simon choklar bilan simmetrik va mustaxkam tikish bilan tavsiflanuvchi, klapan fistulasining rivojlanish ehtimolini hamda xavfli asoratlar chastotasini kamaytirishga imkon beruvchi mitral klapanni protezlashning takomillashtirilganligi - Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 27 iyunda 6i-66/u-son bilan tasdiqlangan “Orttirilgan mitral klapan nuqsonlari takroriy mitral klapanni protezlashda yangi usul samaradorligini baholash” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasining 2025-yil 18-avgustdagi 104/1ich-son, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan filialining 2025-yil 28-iyundagi 117/4-son va Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filialining 2025-yil 28-iyuldagi 98/1-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 7 oktyabrdagi 26/01-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: OYuN bilan og‘rigan bemorlarning prognozi va hayot sifati yaxshilanadi, ularning jismoniy faolligi oshadi va nogironlik kamayadi, operatsiyadan keyingi asoratlar va takroriy operatsiyalar xavfi kamayadi. Iqtisodiy samaradorlik: yurak klapanlarini protezlashda taktik va texnik jihatlarni optimallashtirish orqali operatsiyadan keyingi asoratlarni statsionar davolash uchun qo‘shimcha xarajatlarni har bir bemor uchun 1968600 so‘mgaqisqartirishga erishildi. Agar 1 nafar bemor uchun tejash 1968600 so‘mni tashkil etsa, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 9840000 so‘mni tashkil etadi (yiliga 5 nafar asoratli bemor uchun). Xulosa: mitral klapan orttirilgan nuqsonlarining takroriy aralashuvlarida mitral klapanni protezlashning takomillashtirilgan usuli hayot uchun xavfli asoratlar chastotasini 16,6% dan 2,0% gacha kamaytirdi.o‘pka arteriyasi klapan stenozi bilan og‘rigan bemorlarni uzoq muddatli davolash sifatini yaxshilash, shuningdek, kasalxonada davolanish uchun qo‘shimcha xarajatlarni kamaytirish asoratlarning oldini olish va 1 yil davomida 9840000 so‘m byudjet mablag‘larini tejash imkonini beradi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: revmatik orttirilgan yurak nuqsonlari mavjud bo‘lgan bemorlarda takroriy operatsiyalardan so‘ng surunkali yurak etishmovchiligining og‘ir darajasini davolashning takomillashtirilganligi - Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 27 iyunda 6i-65/u-son bilan tasdiqlangan “Orttirilgan yurak nuqsonlari mavjud bo‘lgan bemorlarda surunkali yurak etishmovchiligining og‘ir darajasida xirurgik taktikani tanlash algoritmi va davolash usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasining 2025-yil 18-avgustdagi 104/1ich-son, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan filialining 2025-yil 28-iyundagi 117/4-son va Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filialining 2025-yil 28-iyuldagi 98/1-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 7 oktyabrdagi 26/01-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: SYuE og‘ir shakli ( NYNA bo‘yicha III-IV  funksional sinflarda), ayniqsa kardiomegaliya bilan asoratlangan bemorlarda mitral-aortal klapanlarni protezlash va trikuspidal klapan alloplastikasi konservativ davolash natijalarini yaxshilash bilan birga ishlab turgan yurakda bajarilgani xolda bemorlarga tibbiy yordam sifatini yaxshilashga yordam berdi. Iqtisodiy samaradorlik: yurak klapanlarini protezlashda taktik va texnik jihatlarni optimallashtirish orqali operatsiyadan keyingi asoratlarni statsionar davolash uchun qo‘shimcha xarajatlarni har bir bemor uchun 1968600 so‘mga kamaytirishga erishildi. Agar 1 nafar bemor uchun tejash 1968600 so‘mni tashkil etsa, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 9840000 so‘mni tashkil etadi (yiliga asoratlari bo‘lgan 5 nafar bemor uchun). Xulosa: operatsiyadan keyingi natijalar tahlili quyidagilarni aniqladi: yurak chap qorinchasi funksiyasi o‘rtacha 28% ga yaxshilandi; yurak hajmi 32% ga kamaydi; operatsiyadan keyingi erta davrda bemorlarning 84,2% da mitral-aortal klapan disfunksiyasi va trikuspidal klapanning og‘ir (III-IV darajali) etishmovchiligi aniqlanmadi; kasalxonada o‘lim holati qayd etilmadi, bu esa 1 yil davomida byudjet mablag‘larini 9840000 so‘m tejash imkonini berdi;
beshinchi ilmiy yangilik: orttirilgan yurak nuqsonlarida klapanlar disfunksiyasini erta tashxislash, yurak etishmovchiligining rivojlanishini oldini olishga va jarrohlik korreksiyasini tanlash usullarini joriy etishga qaratilgan xirurgik davolashning konsepsiyasi ishlab chiqilganligi - Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 27 iyunda 6i-66/u-son bilan tasdiqlangan “Orttirilgan mitral klapan nuqsonlari takroriy mitral klapanni protezlashda yangi usul samaradorligini baholash” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasining 2025-yil 18-avgustdagi 104/1ich-son, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan filialining 2025-yil 28-iyundagi 117/4-son va Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filialining 2025-yil 28-iyuldagi 98/1-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 7 oktyabrdagi 26/01-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: OYuN bilan og‘rigan bemorlarning prognozi va hayot sifati yaxshilanadi, ularning jismoniy faolligi oshadi va nogironligi kamayadi, operatsiyadan keyingi asoratlar va takroriy operatsiyalar xavfi kamayadi. Iqtisodiy samaradorlik: yurak klapanlarini protezlashda davolash va diagnostika algoritmlarini ishlab chiqish orqali operatsiyadan keyingi asoratlarni statsionar davolash uchun qo‘shimcha xarajatlarni har bir bemor uchun 1968600 so‘mga kamaytirishga erishildi. Agar 1 nafar bemor uchun tejamkorlik 1968600 so‘mni tashkil etsa, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 9840000so‘mni tashkil etadi (yiliga asoratlari bo‘lgan 5 nafar bemor uchun). Xulosa: ishlab chiqilgan algoritmlar an’anaviy jarrohlik usuli bilan solishtirganda operatsiyadan keyingi erta davrda asoratlarsiz bemorlar ulushini 2,99 baravarga (asoratlarni 29,16% dan 9,75% gacha kamaytirish) va o‘limni 17,4% dan 5,8% gacha kamaytirishga imkon berdi, bu esa va 1 yil davomida byudjet mablag‘larini 9840000 so‘m tejaladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish