Valieva Farangiz Alisher qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tishlarni oqartirgandan so‘ng tish qattiq to‘kimalarida va pul`pada klinik va morfologik o‘zgarishlar» 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tib3596.
Ilmiy rahbar: Irsaliev Xusnutdin Ibragimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.06.
Rasmiy opponentlar: Bekjanova Olga Esenovna, tibbiyot fanlari doktori professor; Ruzuddinov Saurbek Ruzuddinovich, tibbiyot fanlari doktori professor (Qozog‘iston).
Yetakchi tashkilot: Janubiy Ural davlat tibbiyot universiteti (Qozog‘iston).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turli xil professional tish oqartirish usullaridan keyin tishning qattiq to‘qimalari va pul`pasida yuzaga keladigan klinik hamda struktur-funksional o‘zgarishlarni o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
spektrofotometriya natijalariga ko‘ra, fotodinamik oqartirishdan so‘ng, LED infraqizil diapazondagi (590 nm) svetodiod nurlanishi emal` prizmalari oralig‘idagi fazoni kengaytirib, emal` tarkibidagi organik birikmalardan pigmentlarning ajralib chiqishiga yordam berishi va natijada tish rangi VITA shkalasi bo‘yicha B1 soyasiga tenglashgani aniqlangan; 
fotodinamik ta’sir qilish bilan elektroodontodiagnostika ko‘rsatkichlari me’yorga teng ekanligi, tish emalidagi kanalchalar va gidrodinamik jarayonlar o‘zgarishsiz qolishi, bu esa emalning qarshiligini kamaytirmasdan, yuqori sezuvchanliksiz yumshoq tishlarni oqartirishi isbotlangan; 
diodli nurlanish yordamida oqartirish, tishlarning qattiq to‘qimalarida ul`trastruktur o‘zgarishlarga olib kelmasligi, emal` yuzasi silliq bo‘lib qolishi, emal` prizmalarining o‘rtacha darajada kengayishi va dentin naychalari parallel` joylashganligi isbotlangan;
fotodinamik tishlarni oqartirish bilan og‘iz suyuqligidagi yallig‘lanishga moil sitokinlar (IL-8 i IFN-γ) yallig‘lanishga qarshi (TGF-β) va sekretor immunoglobulin (sIgA) darajasi sezilarli darajada pastligicha qolishi va bu immun  tizimiga engilroq ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbiq etishi bo‘yicha 2025 yil  22 sentyabr` 25/23 sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: spektrofotometriya natijalariga ko‘ra, fotodinamik oqartirishdan so‘ng, LED infraqizil diapazondagi (590 nm) svetodiod nurlanishi, emal` prizmalari oralig‘idagi fazoni kengaytirib, emal` tarkibidagi organik birikmalardan pigmentlarning ajralib chiqishiga yordam berishi va natijada tish rangi VITA shkalasi bo‘yicha B1 soyasiga tenglashgani aniqlangan. Ilmiy yangilikdan olingan natijalar asosida: “Professional oqartirishdan keyin tishlarning qattiq to‘qimalarining ul`trastrukturasi” (Toshkent davlat stomatologiya instituti Ekspert Kengashi 25.03.2025-yildagi 01-p/84-son xulosasi) nomli uslubiy tavsiyanomaci tasdiqlangan. Olingan natijalar Samarqand viloyat stomatologiya poliklinikasini amaliyotiga tadbiq etilgan. “Professional oqartirish jarayonida og‘iz suyuqligidagi immunologik markerlar dinamikasi” (Toshkent davlat stomatologiya instituti Ekspert Kengashi 25.03.2025-yildagi 01-p/85-son xulosasi) nomli uslubiy tavsiyanomalari tasdiqlangan. Olingan natijalar Buxoro viloyati Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi faoliyatiga  tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Tishlarni professional oqartirishda fotodinamik usul, tish emal` qatlamining struktur buzilishlardan va yallig‘lanishdan himoyalanishini ta’minlaydi. Ushbu usul singlet kislorodning aktivlashuvini oshirib, reparativ jarayonlarni faollashtiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: an’anaviy oqartirishning bir bemor uchun o‘rtacha narxi 934000 so‘mni tashkil etadi, holbuki kompleks fotodinamik oqartirishning o‘rtacha narxi 805000 so‘mni tashkil etadi. Shunday qilib, taklif etilgan algoritmni qo‘llash orqali 124000 so‘m miqdorida iqtisodiy samaraga erishiladi.
ikkinchi ilmiy yangilik: fotodinamik ta’sir qilish bilan elektroodontodiagnostika ko‘rsatkichlari  me’yorga teng ekanligi, tish emalidagi kanalchalar va gidrodinamik jarayonlar o‘zgarishsiz qolishi, bu esa emalning qarshiligini kamaytirmasdan, yuqori sezuvchanliksiz tishlarni oqartirishi isbotlangan. Ilmiy yangilikdan olingan natijalar asosida: “Professional oqartirishdan keyin tishlarning qattiq to‘qimalarining ul`trastrukturasi” (Toshkent davlat stomatologiya instituti Ekspert Kengashi 25.03.2025-yildagi 01-p/84-son xulosasi) nomli uslubiy tavsiyanomalari tasdiqlangan. Olingan natijalar Samarqand viloyat stomatologiya poliklinikasini amaliyotiga tadbiq etilgan. “Professional oqartirish jarayonida og‘iz suyuqligidagi immunologik markerlar dinamikasi” (Toshkent davlat stomatologiya instituti Ekspert Kengashi 25.03.2025-yildagi 01-p/85-son xulosasi) nomli uslubiy tavsiyanomalari tasdiqlangan. Olingan natijalar Buxoro viloyati Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi faoliyatiga  tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: eng maqbul oqartirish turini aniqlash, bemorlarda keyingi asoratlar xavfini minimallashtirishi va yuqori sezuvchanlikni oldini olishga yordam berishi , natijada bemorlarning hayot sifatini oshiradi. Asoratlar va qaytalanish holatlarining kamayishi tufayli stomatologga tez-tez murojat qilish zarurati pasayadi, bu esa bemorlarning vaqti va mablag‘ini tejaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: diod yordamida tishlarni oqartirish usulining samaradorligi va minimal jaroxati tufayli, uzoq muddatli asoratlarni davolash va dori-darmon xarajatlarini qisqartirish bilan bir bemor uchun byudjetdan tashqari taxminan 150000 so‘mgacha mablag‘ni tejashga imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: diodli nurlanish yordamida tishlarni oqartirish, tishlarning qattiq to‘qimalarida ul`trastruktur o‘zgarishlarga olib kelmasligi, emal` yuzasi silliq bo‘lib qolishi, emal` prizmalarining o‘rtacha darajada kengayishi va dentin naychalari parallel` joylashganligi isbotlangan. Ilmiy yangilikdan olingan natijalar asosida: “Professional oqartirishdan keyin tishlarning qattiq to‘qimalarining ul`trastrukturasi” (Toshkent davlat stomatologiya instituti Ekspert Kengashi 25.03.2025-yildagi 01-p/84-son xulosasi) nomli uslubiy tavsiyanomalari tasdiqlangan. Olingan natijalar Samarqand viloyat stomatologiya poliklinikasini amaliyotga tadbiq etilgan. “Professional oqartirish jarayonida og‘iz suyuqligidagi immunologik markerlar dinamikasi” (Toshkent davlat stomatologiya instituti Ekspert Kengashi 25.03.2025-yildagi 01-p/85-son xulosasi) nomli uslubiy tavsiyanomalari tasdiqlangan. Olingan natijalar Buxoro viloyati Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi faoliyatiga  tadbiq etilgan.  Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi:  yuqori samaradorlikka ega zamonaviy oqartirish vositalarini, xususan fotodinamik oqartirish uchun mo‘ljallangan «Barva-Fleks /SIK/»apparatini  qo‘llash, og‘iz bo‘shlig‘idagi stompatologik kasalliklar uchrashini kamaytirishga xizmat kiladi.  Bemorlarning ogiz bushligidagi shillik kavatni yalliglanishini va tishlarni sezuvchanlikni davolash zaruriayati qolmasligi  va qayta oqartirishga bo‘lgan ehtiyojni kamayishi, hamda sog‘liqni saqlash resurslaridan samarali foydalanishga olib keldi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: fotodinamik tishlarni oqartirish bilan og‘iz suyuqligidagi yallig‘lanishga moil sitokinlar (IL-8 i IFN-γ) yallig‘lanishga qarshi (TGF-β) va sekretor immunoglobulin (sIgA) darajasi sezilarli darajada pastligicha qolishi va bu immun  tizimiga engilroq ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan. Ilmiy yangilikdan olingan natijalar asosida: “Professional oqartirishdan keyin tishlarning qattiq to‘qimalarining ul`trastrukturasi” (Toshkent davlat stomatologiya instituti Ekspert Kengashi 25.03.2025-yildagi 01-p/84-son xulosasi) nomli uslubiy tavsiyanomalari tasdiqlangan. Olingan natijalar Samarqand viloyat stomatologiya poliklinikasiga amaliyotga tadbiq etilgan. “Professional oqartirish jarayonida og‘iz suyuqligidagi immunologik markerlar dinamikasi” (Toshkent davlat stomatologiya instituti Ekspert Kengashi 25.03.2025-yildagi 01-p/85-son xulosasi) nomli uslubiy tavsiyanomalari tasdiqlangan. Olingan natijalar Buxoro viloyati Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi faoliyatiga  tadbiq etilgan.  Ijtimoiy samaradorlik: Olingan ilmiy natijalarga asoslanib aytish mumkinki, fotodinamik oqartirish usuli, tishning qattiq to‘qimalarini okartirishda kimyoviy va lazerli oqartirish usullariga nisbatan afzalroq bo‘lib, og‘iz bo‘shlig‘i suyuqligining immunologik o‘zgarishlarini hisobga olgan holda yanada qulay natijalarni taqdim etadi. Iqtisodiy samaradorlik: fotodinamik usulini qo‘llash bilan qayta oqartirishga ehtiyoj kamayishi tufayli har bir bemor uchun yillik 800000–1000000 so‘mgacha iqtisodiy tejamkorlikka erishildi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish