Kochkarova Madina Jahongir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): “Ayollar markazlarini arxitekturaviy takomillashtirish yo‘llari”, 18.00.02 – Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar-joylarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi (arxitektura).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/A109.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
Ilmiy rahbar: Yunusov Shukurulla Xayrullaevich, arxitektura fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, DSc.03/2026.09.01.A.01.M.
Rasmiy opponentlar: Nazarova Dinara Anvarovna, arxitektura fanlari doktori, professor; Umarov Aziz Mirfozilovich, arxitektura fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: “O‘zshaharsozlik LITI” DM.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston shaharlaridagi mavjud ayollar uchun mo‘ljallangan binolar, turli tipdagi markazlar (reabilitatsiya, salomatlik, tadbirkorlik va ijtimoiy maslahat markazlari)ning arxitekturaviy va shaharsozlik talablari asosida zamonaviy namunaviy loyihalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston arxitekturasida ayollar uchun mo‘ljallangan binolarni (reabilitatsiya, tadbirkorlik, sog‘lomlashtirish va go‘zallik markazlari) arxitekturaviy-tipologik va funksional-rejaviy takomillashtirish kabi arxitektura-rejaviy, kompozision echimlarni asoslash, shuningdek me’moriy-badiiy ifodani ta’minlash, energiyasamarador va barqaror echimlarni qo‘llash kabi loyihaviy talablari ishlab chiqilgan;
O‘zbekiston shaharsozlik tajribasida mavjud ayollar reabilitatsiya, tadbirkorlik va salomatlik binolarining arxitektura-tarhiy va kompozision echimlari qiyosiy tahlil metodi asosida baholangan holda funksional-rejaviy echimlarning etarli darajada shakllanmaganligi, shahar muhiti bilan integratsiya darajasining pastligi kabi kamchiliklari aniqlanib, joylashtirish, er uchastkasi va hududga bo‘lgan shaharsozlik va me’yoriy talablar ishlab chiqilgan;
O‘zbekistonda ayollar reabilitatsiya markazlarini loyihalash bo‘yicha funksional hududlar bog‘liqligini belgilash, xizmat ko‘rsatish jarayonlarining uzlyuksizligini ta’minlash kabi funksional-rejalashtirish tavsiyalari va me’yorlar ishlab chiqilib, ularni amaldagi shaharsozlik normalari va qoidalariga (ShNQ) kiritish uchun ilmiy-texnik asos yaratilgan;
ayollar reabilitatsiya markazlarida funksional o‘zaro joylashuvni me’yorlash, asosiy, yordamchi va texnik xonalar tarkibi hamda maydonlarini ajratish, xonalar tarkibi va ularning minimal hamda optimal maydonlarini belgilash kabi binoning shaharsozlik muhitiga mos joylashtirilishi va xavfsizlik talablarini ta’minlashga doir ilmiy asos tayyorlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ayollar markazlarini arxitekturaviy takomillashtirish yo‘llari mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston arxitekturasida ayollar uchun mo‘ljallangan binolarni arxitekturaviy-tipologik va funksional-rejaviy takomillashtirish kabi arxitektura-rejaviy, kompozision echimlar, shuningdek me’moriy-badiiy ifodani ta’minlash, energiyasamarador va barqaror echimlarni qo‘llash kabi loyiha talablari hamda turar joy va psixologik xizmatlar joylashuviga oid metodik tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligininig 2024-yil 18-sentyabrdagi dalolatnomasi). Natijada mavjud bino ayollar reabilitatsiya markazlari uchun belgilangan funksional, sanitariya-gigienik va ijtimoiy-psixologik mezonlarga javob beruvchi to‘laqonli ijtimoiy inshoot sifatida barpo etilgan;
ayollar reabilitatsiya markazlarida funksional o‘zaro joylashuvni me’yorlash, asosiy, yordamchi va texnik xonalar tarkibi hamda maydonlarini ajratish, xonalar tarkibi va ularning minimal hamda optimal maydonlarini belgilash kabi binoning shaharsozlik muhitiga mos joylashtirilishi va xavfsizlik talablarini ta’minlashga doir takliflar shaharsozlik va me’yoriy talablar asosida Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani Yangi O‘zbekiston massivi hududi uchun ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazining arxitekturaviy loyihaviy taklifini ishlab chiqilda foydalanilgan (Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazining 2023-yil 28-apreldagi 77-son ma’lumotnomasi; Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani xokimligining 2024-yil 9-iyuldagi 05/05-117-son dalolatnomasi). Natijada ayollar reabilitatsiya markazlarini loyihalash bo‘yicha hududiy sharoitlar va amaldagi me’yorlarga mos namunaviy arxitekturaviy echim yaratilgan;
O‘zbekistonda ayollar reabilitatsiya markazlarini loyihalash bo‘yicha funksional hududlar bog‘liqligini belgilash, xizmat ko‘rsatish jarayonlarining uzlyuksizligini ta’minlash kabi funksional-rejalashtirish tavsiyalari va me’yorlar ishlab chiqilib, ularni amaldagi shaharsozlik normalari va qoidalariga (ShNQ) kiritish uchun ishlab chiqilgan ilmiy-texnik asoslardan O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot institutining faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yil 28-maydagi 508-son ma’lumotnomasi). Natijada, ayollar reabilitatsiya markazlarini loyihalash bo‘yicha funksional-rejalashtirish tavsiyalari ShNQga kiritilgan.