Xudaybergenov Abidjon Adilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Globallashuv sharoitida milliy davlatchilik suverenitetini mustahkamlashning ijtimoiy-falsafiy tahlili», 09.00.04–Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1. PhD/Fal175.
Ilmiy rahbar: Xajieva Maqsuda Sultanovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.27.06.2017.F.02.02.
Rasmiy opponentlar: Choriev Sanjar Anvarovich, falsafa fanlari doktori, professor; Samarov Rustamjon Sadriddinovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoqdavlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: globallashuv sharoitida mamlakatlar milliy davlatchilik suverenitetiga qaratilgan tahdidlarning ta’sirini tadqiq qilish va ularning ijtimoiy-falsafiy tavsifini amalga oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
globallashuv sharoitida O‘zbekiston milliy davlat suverenitetiga destruktiv, dezintegratsion tahdidlar yuzaga kelishining tarixiy-hududiy, endemik omillari aniqlangan va ularning ijtimoiy munosabatlarga ta’siri ochib berilgan;
milliy davlatchilik suverenitetini emirilishiga olib kelayotgan global, mintaqaviy, hududiy tahdidlarning yagona asosga ega ekanligi hamda ularning markazdan qochish, milliy identlikni yo‘q qilish kabi ijtimoiy xususiyatlari aniqlangan;
globallashuv sharoitida milliy davlatchilik suverenitetiga nisbatan kosmopolitizm, milliy nigilizm, egotsentrizm kabi tahdidlar aniqlangan va ularni bartaraf etishning ilmiy-nazariy, ta’limiy-ma’rifiy, praksiologik asoslari dalillangan;
milliy davlatchilik suverenitetini mustahkamlashda ijtimoiy tizim barqarorligini ta’minlovchi tamoyillarning (ijtimoiy faollik, vatanparvarlik, milliy konsensus) funksional roli ko‘rsatib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Globallashuv sharoitida milliy davlatchilik suverenitetini mustahkamlashning ijtimoiy-falsafiy tahlili bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
globallashuv sharoitida O‘zbekiston milliy davlat suverenitetiga destruktiv, dezintegratsion tahdidlar yuzaga kelishining tarixiy-hududiy, endemik omillari va ularning ijtimoiy munosabatlarga ta’siriga oid g‘oyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining «Milliy g‘oya va mafkuraviy tadqiqotlarni tashkil qilish» bo‘limida A1-071 raqamli «Murakkab va tahlikali zamonning ma’naviy tahdidlariga qarshi mafkuraviy kurash vositalari kompleksini ishlab chiqish va joriy qilish» mavzusidagi davlat grantini amalga oshirishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2018 yil 6 dekabrdagi 1275-18-son ma’lumotnomasi). Natijada globallashuv ta’sirida tobora kuchayib borayotgan terrorizm, ekstremizm, narkotrafik, odam savdosi, «ommaviy madaniyat»ning zararli oqibatlariga oid ma’lumotlarning boyitilishiga erishilgan;
tadqiqotning milliy davlatchilik suverenitetini emirilishiga olib kelayotgan global, mintaqaviy, hududiy tahdidlarning yagona asosga ega ekanligi, hamda ularning markazdan qochish, milliy identlikni yo‘q qilish kabi ijtimoiy xususiyatlariga oid g‘oyalaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston» teleradiokanali DUK «Ma’naviy – ma’rifiy va badiiy eshittirishlar» muharriyati tomonidan tayyorlangan «Bedorlik», «Ta’lim va taraqqiyot», «Hamroh» radioeshittirishining 2018 yildagi sonlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2018 yil 10 dekabrdagi O‘z/R-1-220-son ma’lumotnomasi). Ushbu tadqiqot ishidan foydalanib tayyorlangan radioeshittirish va dasturlar tinglovchilarda vatanparvarlik, milliy g‘urur tuyg‘ularini shakllantirish, jamiyat va davlat oldidagi ijtimoiy mas’uliyatni kuchaytirish, milliy-ma’naviy qadriyatlarni targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etgan;
globallashuv sharoitida milliy davlatchilik suverenitetiga nisbatan kosmopolitizm, milliy nigilizm, egotsentrizm kabi tahdidlar va ularni bartaraf etishning ilmiy-nazariy, ta’limiy-ma’rifiy, praksiologik asoslariga doir taklif va tavsiyalar O‘zbekiston xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashining mafkura yo‘nalishida innovatsion yondashuv, yangicha g‘oya, yangi qarashlar va yangi izlanishlarini o‘z ichiga olgan «Yo‘l xaritasi»ni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston xalq demokratik partiyasining 2018 yil 6 dekabrdagi 6-8/118-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalardan kelib chiqqan xulosalar, taklif va tavsiyalar xalq deputatlari viloyat, shahar, tuman Kengashlari deputatlari va siyosiy partiya xodimlarining o‘quvini oshirishda nazariy va amaliy material sifatida xizmat qilgan;
milliy davlatchilik suverenitetini mustahkamlashda ijtimoiy tizim barqarorligini ta’minlovchi tamoyillarning (ijtimoiy faollik, vatanparvarlik, milliy konsensus) funksional rolini oshirishga doir takliflar “O‘zbekiston mustaqillikka erishishining tarixiy shart-sharoitlari: ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy omillar” nomli PZ-20170928749 ilmiy grant doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2019 yil 20 fevraldagi 06-15/926-son ma’lumotnomasi). Bildirilgan xulosa va takliflar ilmiy tadqiqotlar samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilgan.