Ustadjalilov Dostonbek Rustamovichning  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy  ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): 
«Milliy iqtisodiyotda klasterlarni rivojlantirishning nazariy asoslarini takomillashtirish».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Iqt1759.
Ilmiy rahbar: Xashimov Pazliddin Zuxurovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.  
Dissertatsiya  bajarilgan  muassasa  nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.1.01.10.
Rasmiy opponentlar: Nurislam Tuxliev, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik;  Sherqulov Shoxrux Erkin o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori. 
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent Davlat Texnika Universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda klasterlarni rivojlantirishning nazariy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va  tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra “klaster” tushunchasining iqtisodiy mazmuni klaster munosabatlari asosida birlashgan iqtisodiyot sub’ektlari hatti-harakati va iqtisodiy xulqini “fasilitator” mexanizmi asosida muvofiqlashtirish, ishtirokchilarning daromad manbalari va iste’mol strukturasini barqarorlashtirish hamda qo‘yilgan maqsadlarning o‘zaro manfaatdorlik asosida bo‘lishini ta’minlash nuqtai nazaridan yondashish orqali takomillashtirilgan;
respublikada jahon bozorida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqaruvchi klasterlar faoliyatini rivojlantirishga ular tomonidan oxirgi bir yil mobaynida amalga oshirilgan eksport hajmi va geografiyasidan kelib chiqqan holda davlatning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga tabaqalashtirilgan tartibda o‘rta muddatli eksport-oldi moliyalashtirish  tizimini joriy etish orqali erishish taklifi asoslangan;
respublikada innovatsion klasterlarni rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmini yangi turdagi innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan klasterlarga ularni tashkil etish uchun kiritilgan investisiyalar hajmidan qatiy nazar maxsus iqtisodiy zonalar uchun belgilangan barcha fiskal va  monetar imtiyozlarni berish orqali takomillashtirish taklifi asoslangan;
respublikada meva-sabzavotchilik klasterlari faoliyatini rivojlantirishga ularning ishtirokchilariga shu turdagi mahsulotlarni etishtirish uchun hosil qiymatining 50 foizigacha bo‘lgan qismini davlat tomonidan qisqa muddatli imtiyozli kreditlar ajratish orqali erishishning maqsadga muvofiqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Milliy iqtisodiyotda klasterlarni rivojlantirishning nazariy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
“klaster” tushunchasining iqtisodiy mazmunini klaster munosabatlari asosida birlashgan iqtisodiyot sub’ektlari hatti-harakati va iqtisodiy xulqini “fasilitator” mexanizmi asosida muvofiqlashtirish, ishtirokchilarning daromad manbalari va iste’mol strukturasini barqarorlashtirish hamda qo‘yilgan maqsadlarning o‘zaro manfaatdorlik asosida bo‘lishini ta’minlash nuqtai nazaridan yondashish orqali takomillashtirish taklifi oliy ta’lim muassasalarida barcha iqtisodiy  yo‘nalish talabalari uchun mo‘ljallangan “Innovatsion iqtisodiyot” darsligiga kiritilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti o‘quv-uslubiy kengashining 2024-yil 28-martdagi 6-sonli qarori). Ushbu ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida bo‘lajak mutaxassislar klasterning asosiy tarkibiy elementlari hamda ularni shakllantirish va rivojlantirishning samarali vositalari bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
respublikada jahon bozorida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqaruvchi klasterlar faoliyatini rivojlantirishga ular tomonidan oxirgi bir yil mobaynida amalga oshirilgan eksport hajmi va geografiyasidan kelib chiqqan holda davlatning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga tabaqalashtirilgan tartibda o‘rta muddatli eksport-oldi moliyalashtirish tizimini joriy etish orqali erishish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2023 yil 10 yanvardagi  PF-2-son  “Paxta to‘qimachilik klasterlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini tubdan isloh qilish hamda sohaning eksport salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining  tegishli bo‘lim va bandlarini  tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2024 yil 6 iyundagi 05-17-5-4781-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida mamlakatimizda klasterlar tarkibida faoliyat yurituvchi tashkilotlarning eksport hajmini oshirishga erishiladi. 
respublikada innovatsion klasterlarni rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmini yangi turdagi innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan klasterlarga ularni tashkil etish uchun kiritilgan investisiyalar hajmidan qatiy nazar maxsus iqtisodiy zonalar uchun belgilangan barcha fiskal va  monetar imtiyozlarni berish orqali takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 3 fevraldagi  PQ-116-son  “Toshkent viloyatida “Chirchiq” kimyo-sanoat texnologiyalar parkini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorining tegishli bo‘lim va bandlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2024 yil 6 iyundagi 05-17-5-4781-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida respublikada klasterlarni rivojlantirish jarayonlariga xorijiy va mahalliy texnologik investorlarni jalb qilish, ular tomonidan innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlarni yaratishga erishiladi.
respublikada meva-sabzavotchilik klasterlari faoliyatini rivojlantirishga ularning ishtirokchilariga shu turdagi mahsulotlarni etishtirish uchun hosil qiymatining 50 foizigacha bo‘lgan qismini davlat tomonidan qisqa muddatli imtiyozli kreditlar ajratish orqali erishish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 dekabrdagi PQ-52-son “Meva-sabzavotchilik sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, tarmoqda klaster va kooperatsiya tizimida yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorining tegishli bo‘lim va bandlarini tayyorlashda foydalanildi. Ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida respublikada meva-sabzavotchilik sohasida faoliyat yurituvchi klaster ishtirokchilarining  ishlab chiqarish va eksport salohiyatini kengaytirishga erishiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish