Raxmatov Abduxoliq Farxodovichning f
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qishloq xo‘jaligi erlarini ekologik-xo‘jalik jihatdan takomillashtirishning geografik asoslari (Surxondaryo viloyati misolida)», 11.00.02 – Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Gr256.
Ilmiy rahbar: Ahmadaliev Yusufjon Ismoilovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Gr.09.11. 
Rasmiy opponentlar: Usmonov Ma’ruf Rustamovich, geografiya fanlari doktori, professor; Namozov Jo‘rabek Abduazizovich, geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Surxondaryo viloyati er fondi tarkibidagi qishloq xo‘jaligi erlari tabiiy-landshaft tarkibining o‘zgarish darajasi, er resurslarini ekologik-xo‘jalik jihatdan zo‘riqishi bo‘yicha davriy va hududiy o‘zgarishlar dinamikasini aniqlash orqali qishloq xo‘jaligi erlaridan foydalanishning samarali yo‘nalishlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
muayyan hududdagi er fondining ekologik-xo‘jalik holati mazkur hududdagi landshaft tabiiy tarkibini ekologik-gomogen guruhlarga ajratish orqali baholash uslubi tumanlar kesimidagi er kadastr ma’lumotlaridan foydalanish asosida takomillashtirilgan;
Surxondaryo viloyati er fondi tabiiy landshaft tarkibining o‘zgarish darajasi va qishloq xo‘jaligi antropogen bosim ko‘rsatkichlari asosida baholanib, ekologik-xo‘jalik jihatidan zo‘riqish darajasining davriy o‘zgarishlar va unga ta’sir etgan omillar aniqlangan;
Surxondaryo viloyati qishloq xo‘jaligi erlarining ekologik-xo‘jalik nuqtayi nazaridan hududiy o‘zgarishlari undan tezkor foydalanish oqibatida ma’muriy tumanlari doirasida  turlicha ekanligi asoslangan va xaritasi ishlab chiqilgan;
Surxondaryo viloyati er fondidan foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha landshaft va xo‘jalik ko‘rsatkichlarini tabiiy-agrar imkoniyat jihatidan baholash asosida 3 bosqichdan (er toifalari, er turlari, ekin maydonlari) iborat taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Surxondaryo viloyati qishloq xo‘jaligi erlarining ekologik-xo‘jalik holatini baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
muayyan hududdagi er fondining ekologik-xo‘jalik holati mazkur hududdagi landshaft tabiiy tarkibini ekologik-gomogen guruhlarga ajratish orqali baholash uslubidan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliy faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazining 2025 yil 2 iyundagi 05/06-04-315-son ma’lumotnomasi). Natijada, viloyat er fondining ekologik-xo‘jalik holatini baholash va monitoring qilish, o‘zgarishlar dinamikasini qayd etish, ekologik-xo‘jalik muvozanatni saqlagan holda qishloq xo‘jaligini yuritish imkoniyati yaratilgan;
Surxondaryo viloyati er fondi tabiiy landshaft tarkibining o‘zgarish darajasi va qishloq xo‘jaligi antropogen bosim ko‘rsatkichlari asosidagi baholashlaridan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazining 2025 yil 2 iyundagi 05/06-04-315-son ma’lumotnomasi). Natijada, er fondining tabiiy landshaft tarkibi va er resurslari holatini qishloq xo‘jaligi faoliyatidan kelib chiqgan holda baholash imkonini bergan;
Surxondaryo viloyati qishloq xo‘jaligi erlaridan foydalanish natijasida yuz bergan o‘zgarishlar bir vaqtning o‘zida ekologik-xo‘jalik nuqtai nazaridan ma’muriy tumanlar darajasida ajratilgan guruhlashtirishlari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazining 2025 yil 2 iyundagi 05/06-04-315-son ma’lumotnomasi). Natijada, viloyat ma’muriy tumanlarining ekologik-xo‘jalik jihatdan zo‘riqish darajasi aniqlangan hamda er tuzish ishlari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qilgan;
Surxondaryo viloyati er fondidan foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha landshaft va xo‘jalik ko‘rsatkichlarini tabiiy-agrar imkoniyat jihatidan taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazining 2025-yil 2-iyundagi 05/06-04-315-son ma’lumotnomasi). Natijada, Sariosiyo, Uzun tumanlari er toifalarini belgilashda geomorfologik, iqlimiy, gidrologik xususiyatlarni inobatga oluvchi va qishloq xo‘jaligi ekologik muvozanatni saqlashga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish