Xokimov Abdulaziz Ergashali o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Mineral xomashyolar va neft shlami asosida keramik materiallar tarkibi va olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi, 02.00.15 – Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/T5239.
Ilmiy rahbar: Eminov Ashrap Mamurovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat texnika universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.T.19.06 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Talipov Nig‘matilla Xamidovich, texnika fanlari doktori, professor; Xoshimov Axrorjon Axadovich, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mineral xomashyolar va neft shlami asosida keramik materiallar tarkibi va olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sho‘rsuv-4 koni gili, Yozyovon barxan qumi va neft shlami kimyoviy-mineralogik tarkiblarini hisobga olgan holda, keramik g‘isht va keramzit olish uchun ishlatish imkoniyati asoslangan;
«gil - barxan qumi», «gil - neft shlami» va «gil - barxan qumi - neft shlami» kompozisiyalarida 1000-1100℃ haroratlarda kuydirishda boradigan fazaviy o‘tish jarayonlarida vollastonit, mullit, anortit, kvarsning yuqori haroratli modifikatsiyasi hosil bo‘lishi hamda ko‘pchishning bir vaqtning o‘zida pishish bilan borishi aniqlangan;
ilk bor «gil - barxan qumi - neft shlami» kompozisiyasi asosida keramik g‘isht tarkiblari ishlab chiqilgan va ushbu tarkiblarga O‘zbekiston respublikasi ixtiroga patenti olingan;
«gil - barxan qumi - neft shlami» kompozisiyasi asosida ishlab chiqilgan maqbul tarkiblarini 1000℃ haroratda pishirilganda M125 markali (mustahkamligi 13,92-14,79 MPa), 1050℃ haroratda esa M150 markali (16,16-16,39 MPa) keramik g‘isht olish mumkinligi aniqlangan;
«gil - barxan qumi - neft shlami» kompozisiyasida keramik g‘isht va keramzit shixta tarkiblarini maqbullashtirishda «tarkib-struktura-xossa» funksional bog‘liqlik qonuniyatlari aniqlangan va texnologik rejimlari ishlab chiqilgan;
ishlab chiqilgan maqbul tarkiblarni kuydirish harorati 1080℃ ushlab turish vaqti 5 minut bo‘lganda zichligi 662 kg/m3 (M700 marka) va xuddi shu kuydirish haroratida ushlab turish vaqti 20 minut bo‘lganda esa zichligi 591 kg/m3 (M600 marka) bo‘lgan talab darajasidagi mexanik mustahkamlikga ega keramzit olish mumkinligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mineral xomashyolar va neft shlami asosida keramik materiallar tarkibi va olish texnologiyasini ishlab chiqish boʻyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy xomashyo resurslari va neft shlami asosida g‘isht ishlab chiqarish uchun keramik massasiga O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligidan ixtiro patenti olingan (UZ IAP 7919). Natijada, ishlab chiqilgan tarkib asosida standart talablarga javob beradigan keramik g‘isht olish hamda uni ishlab chiqarish amaliyotiga joriy etish imkonini bergan;
Sho‘rsuv gili - barxan qumi - neft shlami va Sho‘rsuv gili - neft shlami kompozisiyalari asosida ishlab chiqilgan keramik materiallar tarkiblari va ularni olish texnologiyalari «Building materials production and trading group» qo‘shma korxonasining “2026-2027 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati”ga kiritilgan («O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining 2025 yil 6 oktyabrdagi 02/15-3260-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan tarkib va texnologiyalar asosida energiya va resurstejamkor, past haroratda pishadigan va standart talablariga javob beradigan keramik materiallar ishlab chiqarish imkonini beradi.