Komilov Jahongir Davlatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jigar sirrozi etiologiyali spontan bakterial assit peritonit davo usulini maqbullashtirish», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2023.2.PhD/Tib3628.
Ilmiy rahbar: Uroqov Shuxrat To‘xtaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instiuti, DSc.06/2025.27.12.Tib.05.03.
Rasmiy opponentlar: Xamdamov Baxtiyor Zarifovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Akbarov Mirshavkat Mirolimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
Jigar sirrozi fonida rivojlangan spontan bakterial peritonitning tashhislash va davo natijalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor spontan bakterial peritonit etiologiyasida Enterococcus faecalis kabi grammusbat mikroorganizmlarning mavjudligi ularda davolash strategiyalarini qayta ko‘rib chiqish zarurligi aniqlangan;
ilk bor spontan bakterial peritonit davolashda meropenem, al`bumin va ulinastatin kombinatsiyasining yuqori samaradorlikka egaligi va bu kombinatsiya o‘lim ko‘rsatkichini 2,4 martaga kamaytirishga yordam berishi isbotlangan;
ilk bor paratsentez amaliyotini bajarishda asoratlarni oldini olish maqsadida UTT ostida bajarish standart usul sifatida joriy etish, kasalxonaga yotqizilgandan keyingi paratsentez birinchi sutkada bajarish, spontan bakterial peritonit tashhisini erta qo‘yish va yallig‘lanish markerlari sifatida S-reaktiv oqsil (SRO), assit suyuqligida umumiy oqsil, leykotsitar esterazani aniqlash usullari spontan bakterial peritonit tashhislash jarayonidagi ahamiyati aniqlangan;
ilk bor «oqimli sitometriya» usuli orqali laborator tekshiruvlarni tez va aniq bajarish, davolashning 3-4 sutkalarida qayta tekshirish va dinamik paratsentez o‘tkazish davolash samaradorligini baholash va spontan bakterial peritonitni erta aniqlash imkoniyati aniqlangan va jigar sirrozi etiologiyali spontan bakterial peritonitda qo‘llanilgan kompleks davo natijalari tahliliga asoslanib davolash algoritmi yaratilib uning samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha 2025 yil 2-dekabrdagi 30/19 – son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: birinchi marta jigar sirrozi etiologiyali spontan bakterial peritonit davo natijalarini taqqoslash yo‘li orqali o‘rganilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: olingan natijalar o‘zining nazariy ahamiyatiga ega bo‘lib, jigar sirrozi bilan kasallangan bemorlarda spontan bakterial peritonitni davolash xususiyatlarini qiyosiy o‘rganishga katta hissa qo‘shadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi: olingan ilmiy-amaliyot ma’lumotlari RShTYoIM Sirdaryo filialiga (2025 yil, № 108/1 buyrug‘i) va RShTYoIM Xorazm filialiga (2025 yil, 151-“I” buyrug‘i) amaliyotga tatbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: ushbu yangi davolash ululini qo‘llash, asoratlarning sonini kamaytirish, davolash sifatinii yaxshilanish va bemorlarda o‘lim xavfini kamaytirishga yordam bergan. Iqtisodiy samaradorligi: kasalxonada yotishning o‘rtacha davomiyligini 6 kunga kamaytirib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 2300000 so‘mga, budjetdan tashqari mablag‘larni 1150000 so‘mga kamaytirilgan. Xulosa: jigar sirrozi etiologiyali spontan bakterial peritonit davo natijalarini taqqoslash yo‘li orqali o‘rganish kasallikning asoratlarni va o‘limni ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada kamaytirishga, davolash natijalarini yaxshilashga erishilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: jigar sirrozi etiologiyali spontan bakterial peritonit asoratining uchrash darajasi, uning kechishini o‘ziga xosligi, keltirib chiqaruvchi xavf omillarining o‘rni va axamiyati o‘rganilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: jigar sirrozi fonida ingichka ichakda bakteriyalarning haddan tashqari ko‘payishi sababli kuzatiladigan bakterial translokatsiya SBP rivojlanishi sababli organizmda tizimli yallig‘lanishning rivojlanishi poliorgan etishmovchilikga olib keladi, Chayld-P`yu bo‘yicha V va S sinflarida o‘lim ko‘rsatkichi 24% ni tashkil etishi ushbu toifa bemorlarda yuqori xavf guruxiga taaluqli ekanligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlari RShTYoIM Sirdaryo filialiga (2025 yil, № 108/1 buyrug‘i) va RShTYoIM Xorazm filialiga (2025 yil, 151-“I” buyrug‘i) amaliyotga tatbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: jigar sirrozi bilan kasallangan, Chayld-P`yu bo‘yicha V va S sinflarga mansub bemorlardagi xavf omillarining yuqoriligi ushbu bemorlarda kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olishga imkon yaratgan. Iqtisodiy samaradorligi: bemorning kasalxonada davolanish davri o‘rtacha 3 kun qisqarilishi bilan 1150000 so‘mga xarajatlar kamaygan, dori darmonlar xarajati esa 575000 so‘mga kamaygan. Xulosa: jigar sirrozi bilan kasallangan, Chayld-P`yu bo‘yicha V va S sinflarga mansub bemorlardagi xavf omillarining yuqoriligi ushbu bemorlarda kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olishga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.
uchinchi ilmiy yangilik: jigar sirrozi etiologiyali spontan bakterial peritonit asoratining kompleks davolashda differensial yondashuvlar, ya’ni faol konservativ usulga Ulinastatin preparatining ta’siri va punksion usullar samaradorligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: jigar sirrozi sababli kelib chikgan spontan bakterial peritonitni keng qamrovli davolashda Ulinastatin dori moddasini qo‘llanilishi organizmdagi tizimli yallig‘lanish reyaksiyasini kamaytirishga, immun tizimidagi o‘zgarishlarni barqarorlashtirishga, jigar hujayralarini tiklanish qobiliyatini oshirish va shu bilar bir qatorda jigar etishmovchiligini bartaraf etishga samarali natijasini ko‘rsatgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi: olingan ma’lumotlar RShTYoIM Sirdaryo filialiga (2025 yil, № 108/1 buyrug‘i) va RShTYoIM Xorazm filialiga (2025 yil, 151-“I” buyrug‘i) amaliyotga tatbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: jigar sirrozi etiologiyali spontan bakterial peritonit asoratining kompleks davolashda differensial yondashuvlar, ya’ni faol konservativ usulga Ulinastatin preparatining ta’siri va punksion usullar bemorlarda kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlar rivojlanish xavfini kamaytirishga yordam bergan. Iqtisodiy samaradorligi: jigar sirrozi etiologiyali spontan bakterial peritonit bilan kasallangan bemorlarni davolashda Ulinastatin vositasini qo‘llash, davolash xarajatlarini qisqartirishga yordam bergan, bir nafar bemor hisobiga 383000 so‘m byudjet mablag‘lari va 192000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘larni tejash imkonini berdi. Xulosa: Ulinastatin preparatining kompleks daolashga ko‘shimcha ravishda qo‘llanilishi ushbu toifadagi bemorlarni klinik – labarator ko‘rsatkichlarini yaxshilanishi 2-3 kunga tezlashishiga, statsionar davolanishni 2-3 kunga qisqarishiga, bemorlarning yashab qolish darajasini 91,1%ga, Child-Pugh S funksional sinfidagi bemorlarning yashab qolish 42,4% ga oshishiga erishish mumkinligini ko‘rsatgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: jigar sirrozi etiologiyali spontan bakterial peritonitda qo‘llanilgan kompleks davo natijalari tahliliga asoslanib davolash algoritmini yaratilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Davolash algoritmi asosida SBPga shubxa qilgan holda qorin bo‘shlig‘i punksiyasi bilan olingan AS da mikroorganizmlarning mavjudligi hamda assit suyuqligidagi neytrofillar soni 1 mm3 250 tadan ko‘p bo‘lishi SBP klassik ko‘rinishi mavjudligidan dalolat beradi va Ulinastatin asosida kompleks davolashni darhol boshlashga ko‘rsatma bo‘ladi. Assit suyuqligidagi neytrofillar soni 1 mm3 250 tadan kam holatda bo‘lishi SBP ehtimolligi juda yuqori ekanligi va SBPning profilaktikasi maqsadida hamda yaqin va uzoq muddatlarda ko‘zatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish maqsadida darhol Ulinastatin asosida kompleks davolashni boshlash kerakligidan dalolat beradi. Bundan tashqari SBP ehtimolligi yuqoriligini aniqlash maqsadida eng sezgir usul bu ASdagi leykotsitlarning esteraza aktivligini aniqlash usuli ekanligi isbotlangan. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar RShTYoIM Sirdaryo filialiga (2025 yil, № 108/1 buyrug‘i) va RShTYoIM Xorazm filialiga (2025 yil, 151-“I” buyrug‘i) amaliyotga tatbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan davolash usuli asoratlar foizini sezilarli darajada kamaytirishga, davolash sifatini yaxshilanishiga va bemorlarning tiklanish muddatlarini qisqartirishga yordam bergan. Iqtisodiy samaradorligi: bemorning kasalxonada yotish vaqtini o‘rtacha 3 kun qisqarishi bilan, 1 nafar bemor hisobiga 1150000 so‘m byudjet mablag‘lari va 383000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘larni tejash imkonini bergan. Xulosa: ishlab chiqilgan yangi davolash usuli, jigar sirrozi etiologiyali spontan bakterial peritonit bilan kasallangan bemorlarni davolash algoritmidan foydalanib kompleks davolash samarali usul ekanligi isbotlangan.