Narziev Shovkiddin Murtozaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Sportda shikastlanishlar va kasb kasalliklari bo‘yicha tezkor axborot yig‘ish tizimlarini ishlab chiqish”, 05.10.01 – “Mehnatni muhofaza qilish va inson faoliyati xavfsizligi” (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/T577
Ilmiy maslahatchi: Sulaymanov Sunnatilla Sulaymanovich – texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.10/2025.27.12.T.01.03 raqamli Ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar: Yo‘ldosheva Ozoda Muxammadsodiq qizi, texnika fanlari doktori, professor; Artiqov Zoxidjon Sobirovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Lazarenkov Aleksandr Mixaylovich (Belorussiya Respublikasi), texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi. Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sportchilar mehnat xavfsizligini tizimli oshirish, sport faoliyatida shikastlanishlar va kasb kasalliklarini real vaqt rejimida monitoring optimallashtirish, ilmiy-metodik jihatdan asoslangan elektron platformasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
sportda shikastlanishlar va kasb kasalliklarning yuzaga kelish ehtimolligi, sport turlarining xavflilik darajasi, mashg‘ulotlar davomiyligi astronomik soatlarda o‘zgarishi hisobga olinib, sportda shikastlanishlar va kasb kasalliklarni bo‘yicha tezkor axborot yig‘ishning adaptiv ilmiy-metodik modeli takomillashtirilgan;
sportda ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va uzatishda zamonaviy axborot texnologiyalari samarali qo‘llanilib, mehnat muhofazasini boshqarish tizimi real vaqt rejimida boshqaruv mexanizmi va monitoring jarayoni takomillashtirilgan;
sportchilarning mehnat xavfsizligini oshirish, son va sifat ko‘rsatkichlari jadalligini baholash hamda monitoring qilishning “monisS” elektron platformasi strukturaviy-funksional modeli ishlab chiqilgan;
sportchilarning mehnatga layoqatsizlik kunlarini kamaytirish va haftalar, kunlar hamda soatlar bo‘yicha xavflilik koeffisientlari ko‘rsatkichlarining bog‘liqligini ifodalovchi matematik model ishlab chiqilgan;
sport tashkilotlari faoliyatining samaradorlik balansi, sportda mehnat muhofazasini boshqarish tizimini inobatga olib, ijtimoiy va iqtisodiy baholash imkonini beruvchi “harakat + daromad + natija” integrallashgan konsepsiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sportda shikastlanishlar va kasb kasalliklari bo‘yicha tezkor axborot yig‘ish tizimlari va mehnat xavfsizligini ta’minlash samaradorligini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Ishlab chiqilgan “monisS” elektron platformasi Qo‘shrabot va Shayxontohur tuman Sport maktablariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 3-oktyabrdagi №02-16/10616-son ma’lumotnomasi). Natijada sport bilan shug‘ullanish faolligi bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ish, yosh, jins, hudud, sport turi kabi mezonlar asosida real vaqt rejimida 80% tahlil qilish imkonini bergan.
Xavf dinamikasini hisobga olgan holda, haftalar, kunlar va soatlar bo‘yicha xavflilik koeffisientlarini aniqlashga mo‘ljallangan matematik model Qo‘shrabot va Shayxontohur tuman Sport maktablariga hamda Renessans ta’lim universiteti Sport faoliyati yo‘nalishiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 3-oktyabrdagi №02-16/10616-son ma’lumotnomasi). Natijada sportchilarning mashg‘ulotlar davomida jarohatlanish chastotasi, og‘irligi, xavfliligi 40% ga kamayish imkonini bergan.
“harakat + daromad + natija” integrallashgan konsepsiyasi Qo‘shrabot va Shayxontohur tuman Sport maktablariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 3-oktyabrdagi №02-16/10616-son ma’lumotnomasi). Natijada ijtimoiy samaradorlik 40%, iqtisodiy samaradorlik har bir nafar sportchi uchun 350 000 so‘mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish