Komilov Ro‘zi Rabievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek millati nikoh marosimlarining genezisi va estetik evolyusiyasi», 09.00.02–Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (Estetika) (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Fal124.
Ilmiy rahbar: G‘aybullaev Otabek Muxammadievich, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.27.06.2017.F.02.02.
Rasmiy opponentlar: Qoraboev Usmon Hosilovich, falsafa fanlari doktori, professor; Husanov Baxodir Ergashevich, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbek nikoh marosimlarining genezisi va estetik evolyusiyasini estetik kategoriyalari tizimi asosida o‘rganish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek nikoh marosimlarining evolyusiya davrlari, unga ta’sir o‘tkazgan oilaviy birdamlik, bag‘rikenglik, sovchilik kabi mental xususiyatlar va reproduktiv, etnomadaniy, evdomanistik singari etnoestetik belgilari ilmiy asoslangan;
o‘zbek nikoh marosimlarining shaxs axloqiy-estetik madaniyatini rivojlantirishi axloqiy pokizalik, forig‘lanish, estetiklik kategoriyalari orqali ochib berilgan;
nikoh marosimlarining genezisida reglamentlovchi, boshqaruvchi, kommunikativ, ijtimoiy-imperativlik, rekreativlik, ichki go‘zallik kabi immanent belgilar aniqlangan;
o‘zbek nikoh marosimlarining jamiyatda sog‘lom turmush tarzini shakllantiruvchi valeologik, felisitologik, relaksatsiya, badiiy kompozisiya kabi estetiklashtiruvchi funksiyalari ko‘rsatib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbek millati oila va nikoh marosimlarining jamiyat rivojlanishidagi o‘rni, genezisi va estetik evolyusiyasi bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy takliflar asosida:
o‘zbek nikoh marosimlarining diniy-falsafiy, axloqiy-estetik mohiyatini yagona poklanish – forig‘lanish kategoriyasiga mujassamlashtiradigan immanent belgilari va empirik-sotsiologik tadqiqotlarining dalillari, natijalari va takliflaridan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi» Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining 2018 yil 25 iyundagi 02-01-284-son ma’lumotnomasi). Mazkur yo‘nalishdagi ilmiy xulosa va amaliy tavsiyalarning ushbu partiya faoliyatida qo‘llanilishi ular tomonidan o‘tkazilayotgan oila va nikoh sohasidagi ma’naviy-madaniy tadbirlar salohiyatining ko‘tarilishiga xizmat qilib, yangi qurilayotgan oilalarning mustahkam bo‘lishiga xizmat qilgan;
o‘zbek nikoh marosimlarining fuqarolik jamiyati institutlariga gorizontal ta’siri ostida sog‘lom turmush tarzi estetikasining rivojlanishi, zamonaviy fan va madaniyat yutuqlari bilan permanent bog‘lanib, bir qator estetikalashtiruvchi funksiyalarni bajarishi borasidagi taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy Kengashi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markiziy Kengashining 2018 yil 23 noyabrdagi 04-13/6099-son ma’lumotnomasi). Mazkur yo‘nalishdagi ilmiy xulosalarda ko‘tarilgan konseptul g‘oyalar va umumlashmalar mamlakatimiz yoshlarining Yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligini amalga oshirishda jonbozlik ko‘rsatishga va ma’lum darajada ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yuksaltirishga olib kelgan;
nikoh va nikoh marosimlari tushunchalarining umumestetik mohiyati, o‘zbek nikoh marosimlarining evolyusiya davrlari, unga ta’sir o‘tkazgan mental xususiyatlar, etnoestetik belgilarining ilmiy asoslari haqidagi xulosa va tavsiyalardan yoshlarni oila va nikohga tayyorlashda «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazining 2018 yil 20 noyabrdagi 836-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi faoliyatida amaliyotga joriy etilishi yoshlar ongida sog‘lom turmush tarzi, oila va nikoh masalalariga doir tasavvur va bilimlar shakllanishiga hamda ularning rolini oshirishga xizmat qilgan;
o‘zbek nikoh marosimlarining evolyusiya davrlari, unga ta’sir o‘tkazgan oilaviy birdamlik, bag‘rikenglik, sovchilik kabi mental xususiyatlar va nikoh marosimlarining genezisi bo‘lgan reglamentlovchi, boshqaruvchi, kommunikativ, ijtimoiy-imperativlik, rekreativlik kabi immanent belgilarining jamiyatdagi o‘rni borasidagi natijalardan va yoshlarning ma’naviy olamini boyitishda Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashi respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyatida foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashi respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019 yil 5 martdagi 02/011-257-19-son ma’lumotnomasi). Ushbu natijalar yoshlarni oila va nikohga nisbatan yangicha bilim va g‘oyalarining rivojlanishiga hamda yosh nikohdan o‘tuvchilarning kamayishiga xizmat qilgan.