Eshmetov Izzat Do‘simbatovichning

doktorlik dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

 

    I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston ko‘mirlari suvli dispersiyalari asosida yangi turdagi yoqilg‘i yaratish texnologiyasi», 02.00.11–«Kolloid va membrana kimyosi» ixtisosligi (texnika fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutini tamomlagan/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.3-4.T17.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti ilmiy-tadqiqot markazi, Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi 16.07.2013.K/T.14.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.

Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Agzamxodjaev Anvarxodja Ataxodjaevich kimyo fanlari doktori, professor.

Rasmiy opponentlar: Salimov Zokirjan, texnika fanlari doktori, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi; Aminov Sobir Nigmatovich, kimyo fanlari doktori, professor; Abduraximov Saidakbar Abduraxmanovich, texnika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

    II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston ko‘mirlari asosida suvli ko‘mir yoqilg‘i suspenziyalarini olish va ularni sanoat korxonalarining o‘choqli qurilmalarida qo‘llash texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.

    III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Angren qo‘ng‘ir va Sharg‘un toshko‘mirlarining fizik-kimyoviy xossalari (namlik, kul miqdori, uchuvchan moddalar miqdori, karboksil va gidroksil guruhlar, issiqlik chiqarish qobiliyati) aniqlangan, ular asosida olingan suvli ko‘mir yoqilg‘i suspenziyalarning kolloid-kimyoviy – reologik xususiyatlari aniqlangan hamda yuqori va past kulli Angren va Sharg‘un toshko‘mirlari asosida suvli ko‘mir yoqilg‘i suspenziyalar olingan;

suvli ko‘mir yoqilg‘i suspenziyaga qo‘shiladigan turg‘unlashtiruvchi va yumshatuvchi qo‘shimchalarning (NaOH, Ca(OH)2, SFM) maqbul miqdorlari topilgan. Yoqilg‘iga NaOH va Ca(OH)2 turg‘unlashtiruvchilar miqdorini uning massasidan 0,5–2,0% oralig‘ida qo‘shganda, suvli ko‘mir yoqilg‘i suspenziyaning qovushqoqligi ortgan, siljishning dinamik kuchlanishi esa kamaygan, harorat 200 0S dan 600 0S gacha oshirilganda suvli ko‘mir yoqilg‘i suspenziya qovushqoqligi 1,5–2,0 barobar kamaygan, siljishning dinamik kuchlanishi esa 2 barobar ortgan;

qo‘ng‘ir ko‘mir asosida olingan suvli ko‘mir yoqilg‘i suspenziya qovushqoqligi toshko‘mir asosida olingan suvli ko‘mir yoqilg‘i suspenziya qovushqoqligiga nisbatan birmuncha yuqoriligi aniqlangan, masalan, agarda ushbu qiymat 2BPK markadagi qo‘ng‘ir ko‘mir asosida olingan suvli ko‘mir yoqilg‘i suspenziya uchun 2,52 Pa·s ni tashkil etgan bo‘lsa, unda 1SSKOM markadagi toshko‘mir asosidagi suvli ko‘mir yoqilg‘i suspenziya uchun 1,84 Pa·s ga teng ekanligi aniqlangan;

suvli ko‘mir yoqilg‘i suspenziya tarkibidagi ko‘mir zarrachalari o‘lchami 50 mkm gacha bo‘lgan (80%) fraksiyalardan tashkil topgan yoqilg‘ining strukturaviy qovushqoqlik, turg‘unlik, oquvchanlik va yonuvchanlikga ta’siri aniqlangan. 2BPK, 2BOMSSh-B1, 2BOMSSh-B2 va 1SSKOM markalardagi ko‘mirlar asosida olingan suvli ko‘mir yoqilg‘i suspenziyalar uchun qattiq fazalar miqdori mos ravishda 38–40%, 44–46%, 49–51% va 52–55% ni tashkil etgan;

2BPK, 2BOMSSh-B1, 2BOMSSh-B2 markalardagi Angren qo‘ng‘ir ko‘mirlarini mazut bilan modifikatsiyalash (yoqilg‘i massasidan 4–16%) orqali turg‘un va yuqori issiqlik chiqarish qobiliyatiga ega suvli ko‘mir yoqilg‘i suspenziyalar olingan. 2BPK markadagi ko‘mir asosida olingan suvli ko‘mir yoqilg‘i suspenziya uchun maqbul sharoitda yoqilg‘ining issiqliq chiqarish qobiliyati 2900 kkal/kg tashkil etishi ko‘rsatilgan;

yondirish o‘choqlarida yoqilg‘i hamda havoni oldindan isitib beradigan yangi fakel gorelkasini qo‘llash asosida suvli ko‘mir yoqilg‘i suspenziyaning mo‘’tadil va to‘liq yonish texnologiyasi optimal rejimlari aniqlangan.

    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: O‘zbekiston qo‘ng‘ir va toshko‘mirlari asosida suvli ko‘mir yoqilg‘i suspenziya olish va uni yoqish jarayonida an’anaviy suyuq neft` yoqilg‘isi o‘rniga qo‘llash bo‘yicha ishlab chiqilgan texnologik reglament Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan tasdiqlangan. Suvli ko‘mir yoqilg‘i suspenziyani olish va yoqish texnologiyalari sanoat miqyosida Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 2013–2014 yillarda tajriba-sanoat sinovlaridan o‘tkazilib, o‘choqni rekonstruksiyalash asosida amaliyotga joriy qilingan (Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining 2013 yil 21 iyul` va 2014 yil 20 noyabridagi dalolatnomalari hamda 2015 yil 24 martdagi 1818-son ma’lumotnomasi). Mazut o‘rniga tavsiya etilgan SKYoS yoqilganda, yillik iqtisodiy samara 291,6 mln. so‘mni tashkil etadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish