Elmurodova Nigina Baxtier qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Buyrak transplantatining resipientlarini homiladorlik va tug‘ruqdan keyingi davrlarida monitoring xususiyatlari», 14.00.32 – Transplantologiya va sun’iy a’zolar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2024.1.PhD/Tib4349.
Ilmiy rahbarlar: Matkarimov Zoxidjon Turdalievich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi,  DSc.06/2025.27.12.Tib.08.01.
Rasmiy opponentlar: Sultanov Pulat Karimovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Yusupov Usman Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Milliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: buyrak transplantatsiyasi o‘tkazilgan ayollarda xavf omillarini aniqlash hamda buyrak transplantati funksiyasini saqlab qolish va homiladorlik natijalarini yaxshilashga qaratilgan homiladorlik va tug‘ruqni olib borish algoritmini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
buyrak transplantatsiyasini o‘tkazgan ayollarda homiladorlik III trimestrda transplantat funksiyasining tranzitor pasayishi bilan kechganligi, biroq adekvat monitoring va nefroprotektiv terapiyani o‘z vaqtida korreksiya qilinganda uning uzoq muddatli yashovchanligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmagani aniqlangan;
homiladorlik davrida etnik va populyasion ehtimoliy omillar bilan bog‘liq takrolimus konsentratsiyasining pasayishi kuzatilishi sababli immunnosupressiv terapiyani individuallashtirish zarurligi hamda transplantat disfunksiyasini erta baxolashda natriy jelatinaz bilan bog‘liq lipokalin — NGAL, sistatin C, peshobda mikroal`buminning yuqori diagnostik ahamiyati isbotlangan;
buyrak transplantatsiyasini o‘tkazgan ayollarda homiladorlik xavf omillarini baholash shkalasi hamda homiladorlikni rejalashtirish va monitoring qilishning individuallashtirilgan taktikasini ta’minlovchi kompleks boshqaruv modeli ishlab chiqilgan;
tibbiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash sharoitida homiladorlikni rejalashtirish bosqichida o‘tkazilgan erta va kompleks pregravidar tayyorgarlik hisobiga buyrak transplantatsiya o‘tkazgan homiladorlarda hamda sog‘lom homilador ayollarda Spilberger–Xanin shkalasi bo‘yicha psixoemotsional holat ko‘rsatkichlari o‘rtasida statistik ahamiyatli farqlar mavjud emasligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘tkazilgan tadqiqotlar asosida buyrak transplantatining resipientlarini homiladorlik va tug‘ruqdan keyingi davrlarida monitoring xususiyatlarini o‘rganish natijasida quyidagi ilmiy ma’lumotlar joriy etilgan:
birinchi ilmiy yangilik: buyrak transplantatsiyasini o‘tkazgan ayollarda homiladorlik III trimestrda transplantat funksiyasining tranzitor pasayishi bilan kechganligi, biroq adekvat monitoring va nefroprotektiv terapiyani o‘z vaqtida korreksiya qilinganda uning uzoq muddatli yashovchanligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmagani aniqlanganligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi U.Xalmuratov nomidagi Respublika ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2025 yil 6 noyabrdagi 40-sonli buyruq), shuningdek Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2025 yil 3 oktyabrdagi 157-I-sonli buyruq) amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy-texnik kengashining 17.11.2025 yildagi 29/42-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: aniqlangan qonuniyatlar buyrak transplantatsiyasi o‘tkazgan ayollarda homiladorlikni yuritish sifatini yaxshilashga, asoratlarni o‘z vaqtida oldini olishga, homiladorlik va tug‘ruqning xavfsizligini oshirishga, transplantat funksiyasini saqlashga hamda ayollarning reproduktiv va ijtimoiy statusini yaxshilashga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: fiziologik tarzda kreatinin darajasi 10-15% gacha o‘sgan, glomerulyar fil`tratsiyasida klinik ahamiyatli dekompensatsiya belgilari kuzatilmagan homilador resipientlar ambulator sharoitda kuzatilgan. Bir to‘liq tekshiruvning o‘rtacha qiymati — 1500000 so‘m, butun gestatsiya davrida kuzatuv va monitoring xarajatlari — bir bemorga o‘rtacha 31500000 so‘mni tashkil etgan. Alohida asoratlari bor va transplantat funksional zo‘riqishi belgilari kuzatilgan bemorlarda 7–10 kunlik rejali gospitalizatsiya talab etilgan. Bir kunlik statsionar xarajati — 450000 so‘m, bir bemor uchun davolash sikli — 4500000 so‘mgacha etgan. Ambulator davolash orqali bir kurs uchun 4500000 so‘m, butun gestatsiya davrida holatiga qarab beshtagacha kurs o‘tkazilishi mumkin va o‘z navbatida butun kurs uchun bemorlarga — 22500000 so‘mgacha iqtisod qilinggan. Xulosa: buyrak transplantati funksiyasi barqaror bo‘lgan hollarda homiladorlik xavfsizdir, transplantatning yashovchanligini pasaytirmaydi, ayolning hayot sifatini va ijtimoiy moslashuvini yaxshilaydi hamda har bir bemor uchun butun gestatsiya davrida 22500000 so‘mgacha iqtisodiy samara beradi;
ikkinchi ilmiy yangilik: homiladorlik davrida etnik va populyasion ehtimoliy omillar bilan bog‘liq takrolimus konsentratsiyasining pasayishi kuzatilishi sababli immunnosupressiv terapiyani individuallashtirish zarurligi hamda transplantat disfunksiyasini erta baxolashda natriy jelatinaz bilan bog‘liq lipokalin — NGAL, sistatin C, peshobda mikroal`buminning yuqori diagnostik ahamiyati isbotlanganligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi U.Xalmuratov nomidagi Respublika ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2025 yil 6 noyabrdagi 40-sonli buyruq), shuningdek Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2025 yil 3 oktyabrdagi 157-I-sonli buyruq) amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy-texnik kengashining 17.11.2025 yildagi 29/42-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: individuallashtirilgan immunosupressiv terapiya va erta biomarkerlar NGAL, sistatin C, peshobda mikroal`bumindan foydalanish transplantat funksiyasidagi buzilishlarni o‘z vaqtida aniqlash, asoratlar va gospitalizatsiyalar sonini kamaytirish, ona va bola yashovchanligini oshirish, umuman olganda hayot sifatini yaxshilash va sog‘liqni saqlash tizimi uchun ijtimoiy-iqtisodiy yuqotishlarni kamaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: NGAL, sistatin C va peshobda mikroal`bumin ko‘rsatkichlari me’yorda bo‘lgan bemorlarga gospitalizatsiya talab qilinmagan, bunday resipientlarda homiladorlik kechishi bir maromda bo‘lgan. Ular faqat rejalashtirilgan laborator-instrumental tekshiruvlardan o‘tgan bo‘lib, bir bemor uchun butun gestatsiya davridagi umumiy xarajat 31500000 so‘mni tashkil etgan. O‘tkir rad etish yoki transplantatsiya qilingan buyrakning disfunksiyasida qo‘shimcha xarajatlar talab etilgan: bir kunlik statsionar — 450000 so‘m, 10 kunlik davolanish — 4500000 so‘m, immunosupressiya preparatlaridan foydalanilgan holda bir davolash kursi — taxminan 15000000 so‘m. Shunday qilib, asoratli holatlarni davolash uchun o‘rtacha xarajat 19500000 so‘mgacha oshishi mumkinligi aniqlangan. Xulosa: taklif etilgan yondashuvlarni qo‘llash gospitalizatsiyalar sonini kamaytirish, transplantat va ona yashovchanligini oshirish, hayot sifatini yaxshilash va har bir bemor uchun bir kurs davolashda o‘rtacha 19500000 so‘m iqtisodiy samara beradi;
uchinchi ilmiy yangilik: buyrak transplantatsiyasini o‘tkazgan ayollarda homiladorlik xavf omillarini baholash shkalasi hamda homiladorlikni rejalashtirish va monitoring qilishning individuallashtirilgan taktikasini ta’minlovchi kompleks boshqaruv modeli ishlab chiqilganligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi U.Xalmuratov nomidagi Respublika ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2025 yil 6 noyabrdagi 40-sonli buyruq), shuningdek Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2025 yil 3 oktyabrdagi 157-I-sonli buyruq) amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy-texnik kengashining 17.11.2025 yildagi 29/42-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan xavfni baholash va yuritish tizimi ona va perinatal kasallanish ko‘rsatkichlarining kamayishi, transplantat funksiyasining saqlanishi, buyrak transplantatsiyasii o‘tkazgan ayollarning reproduktiv potensiali oshishi, ayollarning ijtimoiy integratsiyasiga, hayot sifatini yaxshilashga va demografik ko‘rsatkichlarning o‘sishi kabi ijtimoiy samaralarni beradi. Iqtisodiy samaradorligi: buyrak transplantatsiya qilingan resipientlarda homiladorlik asoratlari xavfini baholash tizimini joriy etish, to‘g‘ri marshrutizatsiyani ta’minlash orqali mablag‘larni tejash imkonini berdi: yuqori xavfli bemorlar — maxsus ixtisoslashtirilgan markazlarga yo‘naltirilgan, past va o‘rta xavfli bemorlar — hududiy perinatal markazlarda kuzatilgan. Shu bilan respublika markazlarida bir bemorga to‘g‘ri keladigan tekshiruv, tug‘ruq va statsionar davolash xarajati o‘rtacha 12500000 so‘m, hududiy markazlarda — 5400000 so‘mni tashkil etgan. Bu esa bir bemor hisobida 7100000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: profilaktik va korreksion chora-tadbirlar majmuasini amalga oshirish psixoemotsional barqarorlikni saqlashga, transplantat funksiyasini barqaror ushlab turishga, homiladorlik xavfsizligini oshirishga, sog‘liqni saqlash tizimi xarajatlarini bir bemor hisobida 5800000 so‘mgacha kamaytirishga imkon beradi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: tibbiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash sharoitida homiladorlikni rejalashtirish bosqichida o‘tkazilgan erta va kompleks pregravidar tayyorgarlik hisobiga buyrak transplantatsiya o‘tkazgan homiladorlarda hamda sog‘lom homilador ayollarda Spilberger–Xanin shkalasi bo‘yicha psixoemotsional holat ko‘rsatkichlari o‘rtasida statistik ahamiyatli farqlar mavjud emasligi isbotlanganligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi U.Xalmuratov nomidagi Respublika ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2025 yil 6 noyabrdagi 40-sonli buyruq), shuningdek Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2025 yil 3 oktyabrdagi 157-I-sonli buyruq) amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy-texnik kengashining 17.11.2025 yildagi 29/42-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tibbiy kuzatuv va ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash to‘g‘ri tashkil etilgan sharoitda buyrak transplantatsiyasi o‘tkazgan homiladorlar ayollarda psixoemotsional moslashuv barqaror saqlanadi, to‘liq ijtimoiy faoliyat davom etadi, homiladorlikning muvaffaqiyatli kechishiga turtki beradi va bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: psixoemotsional holati barqaror, immunosupressiv terapiya tartibiga rioya qilgan homilador resipientlarda qo‘shimcha diagnostika talab qilinmagan, ambulator monitoring va terapiyani erta korreksiya qilish orqali transplantat funksiyasi barqaror saqlangan, asoratlar xavfi kamaytirilgan. Buning natijasida rejadan tashqari gospitalizatsiya xarajati (bir bemor uchun o‘rtacha) — 4500000 so‘m,  qo‘shimcha qimmatbaho tekshiruvlar — 1300000 so‘m, bular mavjud bo‘lmagan holatlarda bir bemor uchun umumiy iqtisodiy samara — 5800000 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: profilaktik va korreksion chora-tadbirlar majmuasini amalga oshirish psixoemotsional barqarorlikni saqlashga, transplantat funksiyasini barqaror ushlab turishga, homiladorlik xavfsizligini oshirishga, sog‘liqni saqlash tizimi xarajatlarini bir bemor hisobida 5800000 so‘mgacha kamaytirishga imkon beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish