Jalilov Bahodir Amiralievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tijorat banklarining kichik biznes sub’ektlarini kreditlash amaliyotini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt5403.
Ilmiy rahbar: Alimardonov Ilxom Muzrabshoxovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Ismailov Alisher Agzamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Buranova Lola Vaxabovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Alfraganus universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining kichik biznes subektlarini kreditlash amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kichik biznes subektlariga beriladigan kreditlarning miqdorini tijorat banklari resurslari hajmida barqaror resurslarning ulushini oshirish yo‘li bilan ko‘paytirish uchun oddiy va imtiyozli aksiyalarning investision jozibadorligini ta’minlash orqali emission daromadning regulyativ kapital hajmidagi salmog‘ini oshirish asosida regulyativ kapitalning miqdorini ko‘paytirish, regulyativ kapitalning o‘sish sur’ati bilan passivlarning o‘sish sur’ati o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash, REPO sharti bo‘yicha sotiladigan qimmatli qog‘ozlarni sotish hajmini oshirish, fondli majburiyatlarning passivlar hajmidagi salmog‘ini oshirish hisobiga banklararo kreditlarning passivlar hajmidagi salmog‘ini pasaytirishning maqsadga muvofiqligi asoslab berilgan;
tijorat banklarining likvidliligini ta’minlash va majburiyatlari tarkibini optimallashtirish yo‘li bilan ularning kichik biznes subektlarini kreditlash imkoniyatini kengaytirish uchun, muddatsiz majburiyatlar bilan muddatsiz kassali aktivlar o‘rtasidagi miqdoriy mutanosiblikni ta’minlash, tranzaksion depozitlarning barqaror qoldig‘ini yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlarga investisiya qilish, uzoq muddatli aktivlarning o‘sish sur’ati bilan uzoq muddatli majburiyatlarning o‘sish sur’ati o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash, yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlarga qilinadigan investisiyalar hajmini oshirish orqali daromad keltiradigan risksiz aktivlarning brutto aktivlar hajmidagi salmog‘ini oshirish taklif qilingan;
tijorat banklari kreditlari foiz stavkalarining past va barqaror darajasini ta’minlash, ularning depozit bazasining barqarorligiga erishish yo‘li bilan kichik biznes subektlariga beriladigan mikrokreditlarning hajmini oshirish imkoniyatlari (sof foizli spred ko‘rsatkichining umume’tirof etilgan mo‘’tadil darajasiga (1,25 % + inflyasiya) erishish, qayta moliyalash instrumentlaridan kompleks foydalanishni yo‘lga qo‘yish, depozitlarning barqaror qoldig‘ini brutto depozitlar hajmidagi salmog‘ining xalqaro bank amaliyotida umume’tirof etilgan me’yoriy darajasiga erishish) asoslab berilgan; 
kichik biznes subektlarining kredit to‘loviga layoqatliligini baholash uslubiyotini takomillashtirish va ularning debitor qarzdorligini aylanish tezligini oshirish yo‘li bilan mazkur subektlarning tijorat banklarining kreditlaridan foydalanish darajasini oshirish uchun kichik biznes subektlarining kredit to‘loviga layoqatliligini moliyaviy koeffisientlar bo‘yicha baholash tizimini sifat mezonlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining kichik biznes subektlarini kreditlash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy taklif hamda tavsiyalar asosida: 
kichik biznes subektlariga beriladigan kreditlarning miqdorini tijorat banklari resurslari hajmida barqaror resurslarning ulushini oshirish yo‘li bilan ko‘paytirish taklifi  “O‘zmilliybank” AJ amaliyotiga joriy etilgan (“O‘zmilliybank” AJning 2025-yil 25-martdagi 02-5/2037-03-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “O‘zmilliybank” AJ barqaror resurslarining miqdori 2024-yilda 2023-yilga nisbatan 7,6 foizga oshgani holda, muddatli depozitlarning brutto depozitlar hajmidagi salmog‘i 7,7 foizli punktga oshgan;
tijorat banklarining likvidliligini ta’minlash va majburiyatlari tarkibini optimallashtirish yo‘li bilan ularning kichik biznes subektlarini kreditlash imkoniyatini kengaytirish taklifi “O‘zmilliybank” AJ amaliyotiga joriy etilgan (“O‘zmilliybank” AJning 2025-yil 25-martdagi 02-5/2037-03-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “O‘zmilliybank” AJda likvidlilikni qoplash me’yoriy koeffisienti 2024-yilda 2023-yilga nisbatan 0,32 punktga oshgan;
tijorat banklari kreditlarining past va barqaror darajasini ta’minlash, ularning depozit bazasining barqarorligiga erishish yo‘li bilan kichik biznes subektlariga beriladigan mikrokreditlar hajmini oshirish taklifi “O‘zmilliybank” AJ amaliyotiga joriy etilgan (“O‘zmilliybank” AJning 2025-yil 25-martdagi 02-5/2037-03-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “O‘zmilliybank” AJ tomonidan kichik biznes subektlariga berilgan mikrokre¬ditlar hajmi 2024-yilda 2023-yilga nisbatan 2,1 barobarga oshgani holda, mazkur mikrokreditlarning o‘rtacha yillik foiz stavkasi 1,0 foiz bandga pasaygan;
kichik biznes subektlarining kredit to‘loviga layoqatliligini baholash uslubiyotini takomillashtirish va ularning debitor qarzdorligini aylanish tezligini oshirish yo‘li bilan mazkur subektlarning tijorat banklarining kreditlaridan foydalanish darajasini oshirish taklifi “Turonbank” ATB amaliyotiga joriy etilgan (AT “Turonbank”ning 2025-yil 18-martdagi 19/02-140-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida kichik biznes subektlarining “Turonbank” ATB kreditlaridan foydalanish darajasi 2024-yilning IV choragi yakunida І choragi yakuniga nisbatan 23,9 foizga oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish