Eronov Samarbek Qurbonnazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston yoshlari dunyoqarashini yuksaltirishda ishonch va e’tiqodning o‘rnini”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fal1091.
Ilmiy rahbar: Bozorov Dilmurod Mirzarasulovich, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.F.01.07
Rasmiy opponentlar: Musaev Odil Raxmatovich – falsafa fanlari doktori, professor, Tashanov Abduxoliq Daynovich – falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tilar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston yoshlari dunyoqarashi yuksaltirishda ishonch va e’tiqodning o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yoshlar dunyoqarashidagi ishonch va e’tiqod haqidagi qarashlarning genezisi, gnoseologik jarayonidagi ahamiyati, globallashuv jarayoni va ma’naviy tahdidlar sharoitidagi zaruratini falsafiy va axloqiy sohalaridagi o‘zgarishlar bilan uzviy bog‘liqlikda rivojlangani ochib berilgan;
ishonch va e’tiqodning izchil, pragmatik, shartli xususiyatlarini qiyosiy tahlil qilish asosida uning bilim shakllari bilan o‘zaro bog‘lashining gnoseologik asoslari va evristik imkoniyatlari haqidagi Sharq va G‘arb mutafakkirlarining qarashlarida asosiy ontologik muammo bo‘lganligi isbotlangan;
ishonch va e’tiqodning asosiy nazariy va falsafiy tushunchalari klassik, noklassik va postnoklassik ratsionalizm doirasidagi tadqiqotlar manbalar asosida o‘rganilib, uning asosiy substansiyalari sifatida axloq - ma’naviy komillik sari harakatlanish orqali fozil shaxs-inson hayotining, taqdirining belgilanishi ekanligi haqidagi qarashlar shakllantirilgan;
Uchinchi renessans poydevorini barpo etish jarayonida ma’rifatli jamiyatga erishishga oid islohotlar doirasida barkamol shaxsni shakllantirish vazifalari bilan ishonch va e’tiqod o‘rtasidagi munosabatning dialektik falsafasi g‘oyalarining hamohangligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston yoshlari dunyoqarashini yuksaltirishda ishonch va e’tiqodga oid komparativistik tahlilga qaratilgan ilmiy va amaliy ahamiyati bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiya va takliflar asosida:
yoshlar dunyoqarashidagi ishonch va e’tiqod haqidagi qarashlarning genezisi, gnoseologik jarayonidagi ahamiyati, globallashuv jarayoni va ma’naviy tahdidlar sharoitidagi zaruratini falsafiy va axloqiy sohalaridagi o‘zgarishlar bilan uzviy bog‘liqlikda rivojlangani ochib berilganlgi oid ilmiy tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining VII yo‘nalishida belgilangan “Uzlyuksiz ma’naviy tarbiya tizimini takomillashtirish. jumladan ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’ulivatini oshirish” 37-bandi “Yangi O‘zbekiston yoshlarining ma’naviy portreti”ni yaratish loyihasi bo‘yicha Harakatlar dasturini ishlab chiqish va vazirlik va idoralar bilan amalga oshirish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 20-fevral 2024-yil 82-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar O‘zbekiston yoshlari dunyoqarashini yuksaltirishda ishonch va e’tiqodning o‘rnini anglashning konseptual modellari va ijtimoiy-falsafiy jihatlarini tahlil qilishga ilmiy-metodik manbaa bo‘lib xizmat qilgan;
ishonch va e’tiqodning izchil, pragmatik, shartli xususiyatlarini qiyosiy tahlil qilish asosida uning bilim shakllari bilan o‘zaro bog‘lashining gnoseologik asoslari va evristik imkoniyatlari haqidagi Sharq va G‘arb mutafakkirlarining qarashlarida asosiy ontologik muammo bo‘lganligiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi markaziy kengashining 2020-2024 yillarda mo‘ljallangan saylov oldi dasturida keltirilgan VI. “Ma’naviy-ma’rifiy sohadagi ustuvor yo‘nalishlar”da keltirilgan vazifalarida foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 14-fevral 2024-yil 02/02-12-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, partiya a’zolarida o‘sib kelayotgan yosh avlod ongida yuksak madaniyat egasi haqidagi qarashlar shakllanishiga samarali ta’sir ko‘rsatgan;
ishonch va e’tiqodning asosiy nazariy va falsafiy tushunchalari klassik, noklassik va postnoklassik ratsionalizm doirasidagi tadqiqotlar manbalar asosida tahlil qilinib, uning asosiy substansiyalari sifatida axloq – ma’naviy komillik sari harakatlanish orqali fozil shaxs – inson hayotining, taqdirining belgilanishi ekanligi haqidagi qarashlarga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi” faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 36-sonli qarorining 2-bandida belgilangan talaba-o‘quvchilarni ijtimoiy faolligini va ulaming intellektual salohiyatini oshirishda ilmiy asoslangan targ‘ibotning zamonaviy va ta’sirchan metodlarini ishlab chiqilgan vazifalarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazining 2024 yil 25 martdagi № /T/D-1/1-01-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish, ilmiy-nazariy va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni bajarishda, markazning ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligi ortishiga xizmat qilgan;
Uchinchi renessans poydevorini barpo etish jarayonida ma’rifatli jamiyatga erishishga oid islohotlar doirasida barkamol shaxsni shakllantirish vazifalari bilan ishonch va e’tiqod o‘rtasidagi munosabatning dialektik falsafasi g‘oyalarining hamohangligiga oid tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligi faoliyati samaradorligini oshirish, xususan, O‘zbekiston taraqqiyoti, demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati barpo etishda yoshlar dunyoqarashini yuksalishidagi asosiy tushunchalardan hisoblangan ishonch va e’tiqod muammosini o‘rganish hamda yoshlarga uzlyuksiz ta’lim berish va maqsadli tarbiyalash orqali komillik sifatlariga ega bo‘lishga qaratilgan Agentlikning muhim targ‘ibot tadbirlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligining 31-yanvar 2024-yil 02-01/02/15/15-02/1053- sonli ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston yoshlari ongida ularning dunyoqarashini yuksaltirishda ishonch va e’tiqodning muhim ahamiyat kasb etishini singdirishda tashkil etilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari samaradorligining xizmat qilgan.