Maksumova Dildora Alisherovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yashil iqtisodiyot sharoitida sanoat tarmog‘ining iqtisodiy barqarorligini ta’minlash”, 08.00.03-Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Iqt1703
Ilmiy rahbar: Kasimov Azamat Abdukarimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti:
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.03
Rasmiy opponentlar: Muratova Shohista Nimatullaevna – iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Karabaeva Gulnora Sharafitdinovna – iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent 
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yashil iqtisodiyot sharoitida sanoat tarmog‘ining iqtisodiy barqarorligini ta’minlash bo‘yicha ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sanoat tarmog‘ining barqarorlik, xavfsizlik va yashil o‘zgarish yo‘nalishlarini tizimli aniqlash, taqqoslash va boshqarish maqsadida integral ko‘rsatkichlar va ssenariylar tahliliga asoslangan boshqaruv jarayonlarini takomillashtirishga qaratilgan “Sanoat tarmog‘ining barqaror – xavfsiz – yashil omilli” modeli taklif etilgan;
sanoat barqarorligini baholashning integral ko‘rsatkichlar tizimi asosida “Yashil sanoat barqarorlik indeksi” (YaSBI) va uning YaSBI < 0,5 – past barqarorlik,
0,5 ≤ YaSBI ≤ 0,7 – o‘rta barqarorlik, YaSBI > 0,7 – yuqori barqarorlik (yashil iqtisodiyot sharoitiga mos) chegaraviy mezonlari ishlab chiqilgan;
yashil va raqamli transformatsiyani boshqarishning integratsiyalashgan mexanizmini joriy etish orqali sun’iy intellekt, yashil sertifikatlash va inson kapitalini rivojlantirish modellarining yagona boshqaruv tizimini yaratish hamda “green skills” va raqamli ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlash orqali sanoat modernizatsiyasi uchun barqaror kadr bazasini yaratish taklifi asoslangan;
O‘zbekiston sanoati tarmog‘ining iqtisodiy barqarorligini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlarining 2025-2030-yillarga mo‘ljallangan uzoq muddatli prognoz ssenariylari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yashil iqtisodiyot sharoitida sanoat tarmog‘ining iqtisodiy barqarorligini ta’minlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sanoat tarmog‘ining barqarorlik, xavfsizlik va yashil o‘zgarish yo‘nalishlarini tizimli aniqlash, taqqoslash va boshqarish maqsadida integral ko‘rsatkichlar va ssenariylar tahliliga asoslangan boshqaruv jarayonlarini takomillashtirishga qaratilgan “Sanoat tarmog‘ining barqaror – xavfsiz – yashil omilli” modeli bo‘yicha berilgan takliflar O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi faoliyatiga joriy etilgan (Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 27-yanvardagi 05-33-690-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida sanoat tarmog‘ida xavfsizlik va barqarorlikni oshirish bilan birga yashil innovatsiyalar orqali tarmoq raqobatbardoshligi va barqarorligini mustahkamlash choralarini ishlab chiqilishga erishilgan;
sanoat barqarorligini baholashning integral ko‘rsatkichlar tizimi asosida “Yashil sanoat barqarorlik indeksi” (YaSBI) va uning YaSBI < 0,5 – past barqarorlik, 0,5 ≤ YaSBI ≤ 0,7 – o‘rta barqarorlik, YaSBI > 0,7 – yuqori barqarorlik – yuqori barqarorlik (yashil iqtisodiyot sharoitiga mos) chegaraviy mezonlari O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi faoliyatiga joriy etilgan (Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 27-yanvardagi 05-33-690-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida sanoat tarmog‘ining kompleks iqtisodiy barqarorlik darajasini iqtisodiy, resurs-energetik, ekologik va texnologik-innovatsion mezonlar orqali yagona normallashtirilgan integral indeks asosida baholash imkoniyati yaratilgan;
yashil va raqamli transformatsiyani boshqarishning integratsiyalashgan mexanizmini joriy etish orqali sun’iy intellekt, yashil sertifikatlash va inson kapitalini rivojlantirish modellarining yagona boshqaruv tizimini yaratish hamda “green skills” va raqamli ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlash orqali sanoat modernizatsiyasi uchun barqaror kadr bazasini yaratish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligi faoliyatiga joriy etilgan (Energiya samaradorligi milliy agentligining 2025-yil 
18-dekabrdagi 01/1015-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida milliy sanoatda ekologik va iqtisodiy samaradorlikni bir vaqtning o‘zida ta’minlaydigan, uzoq muddatli “yashil-raqamli” rivojlanish modeli ishlab chiqilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-oktyabrdagi 673-sonli qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan;
O‘zbekiston sanoati tarmog‘ining iqtisodiy barqarorligini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlarining 2025-2030-yillarga mo‘ljallangan uzoq muddatli prognoz ssenariylari O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi faoliyatiga joriy etilgan (Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 27-yanvardagi 05-33-690-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida sanoat tarmog‘ini yashil iqtisodiyot tamoyillari asosida iqtisodiy barqarorligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar va prognoz ssenariylari asosida uzoq muddatli istiqboldagi ko‘rsatkichlarning o‘zaro muvofiqligini ta’minlashga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish