Jo‘raeva Mahliyo Dusmurod qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XX asr ikkinchi yarmi o‘zbek she’riyatida g‘azal janrining poetik xususiyatlari”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2025.2.PhD/ Fil3741.
Ilmiy rahbar: Erkinov Aftondil Sadirxanovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.41.01
Rasmiy opponentlar: Yakubov Islamjon Axmedjanovich, filologiya fanlari doktori, professor; Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: XX asrning II yarmi o‘zbek she’riyatida g‘azal janriga murojaat, g‘azallar poetikasi: vazn, qofiya va she’riy san’atlar tizimi, ularning o‘ziga xos tematik-struktural tasnifi, shoirlar ijodida an’ana va novatorlik masalalari hamda davr g‘azalchiligining adabiy-uslubiy tamoyillarini ochib berishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XX asrning II yarmi she’riyati namoyondalari ijodidagi g‘azallarning mavzu ko‘lami, shakli, qofiya, vazn va she’riy san’atlar tizimida mumtoz an’analar davomiyligi hamda novatorlik belgilari, xususan, janrda gibridlashuv muammosi ochib berilgan;
Habibiy, Chustiy, Charxiy, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Sirojiddin Sayyid kabi ijodkorlarning ushbu yuzyillikda yaratilgan g‘azallarida mumtoz poetik obrazlarning transformatsiyaga uchrashi izohlangan va kosmik jismlar bilan bog‘liq obrazlar ushbu davrga kelib yangicha ma’no ifodalagani, she’riyatda kosmonavtlarga atalgan g‘azallar va kosmonavtlar obrazining vujudga kelishi ilmiy aspektda dalillangan;
mazmun-mundarijasiga ko‘ra g‘azallarning to‘qqiz turi, shakliga ko‘ra olti turi aniqlangan, jumladan ijtimoiy-siyosiy va axloqiy-ta’limiy g‘azallar soni avvalgi davrlarga nisbatan yuqori ekanligi va buning sabablari ilmiy asoslangan;
o‘zbek mumtoz adabiyotida, xususan, XX asrning ikkinchi yarmi g‘azaliyotida ko‘p uchrovchi she’riy san’atlar bilan bir qatorda noyob va murakkab ma’naviy, lafziy va mushtarak san’at turlaridan izdivoj, ibhom, ittifoq, kalomi jomi’, tashtir, tajziya, tasri’, tavshih kabilar davr shoirlari g‘azallari misolida asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XX asrning ikkinchi yarmi o‘zbek she’riyatida g‘azal janrining poetik xususiyatlarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
XX asrning II yarmi she’riyati namoyondalari ijodidagi g‘azallarning mavzu ko‘lami, shakli, qofiya, vazn va she’riy san’atlar tizimida mumtoz an’analar davomiyligi hamda novatorlik belgilari, xususan, janrda gibridlashuv muammosi haqidagi nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022–2023-yillarda bajarilgan PZ-2020042022 “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 29-maydagi 01/04-2199-son ma’lumotnomasi). Natijada Habibiy, Chustiy, Charxiy, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Sirojiddin Sayyid kabi shoirlar tomonidan XX asrning ikkinchi yarmida yaratilgan g‘azallarning o‘zbek g‘azaliyoti tarixida yangi bosqichni boshlab berganini ilmiy asoslashga zamin yaratilgan;
ijodkorlarning ushbu yuzyillikda yaratilgan g‘azallarida mumtoz poetik obrazlarning transformatsiyaga uchrashi izohlangan, xususan, kosmik jismlar bilan bog‘liq obrazlar ushbu davrga kelib yangicha ma’no ifodalagani, she’riyatda kosmonavtlarga atalgan g‘azallar va kosmonavtlar obrazining vujudga kelishi bilan bog‘liq tushunchalar tahliliga oid ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022–2023-yillarda bajarilgan IL-52 tur-21091433 raqamli “O‘zbek milliy madaniyatiga xos atamalarga oid maqolalar bazasini yaratish (vikipediya elektron ensiklopediyasi me’zonlari asosida)” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 29-maydagi 01/04-2200-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek milliy madaniyatiga va mumtoz adabiyotiga xos bo‘lgan ba’zi atamalarning o‘zgarishga uchrashi va yangicha ma’no kasb etishi bilan bog‘liq ilmiy xulosalar maqolalar bazasi materiallarini boyitgan;
mazmun-mundarijasiga ko‘ra g‘azallarning to‘qqiz turi, shakliga ko‘ra olti turi aniqlangan, shulardan ijtimoiy-siyosiy va axloqiy-ta’limiy g‘azallar soni avvalgi davrlarga nisbatan yuqori ekanligi va buning sabablari tahliliga oid ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022–2023-yillarda bajarilgan PZ-2020042022 “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 29-maydagi 01/04-2200-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek millatining XX asrning II yarmidagi madaniy-ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy hayoti haqida qimmatli ma’lumotlar beruvchi lirik she’rlar, jumladan, g‘azallar orqali xalq mintalitetining XX asrning II yarmiga xos qiyofasini namoyon etish bilan bog‘liq fikr-mulohazalar mazkur loyihani nazariy ma’lumotlar bilan boyitgan;
O‘zbek mumtoz adabiyotida, xususan, XX asrning ikkinchi yarmi g‘azaliyotida ko‘p uchrovchi she’riy san’atlar bilan bir qatorda noyob va murakkab ma’naviy, lafziy va mushtarak san’at turlaridan izdivoj, ibhom, ittifoq, kalomi jomi’, tashtir, tajziya, tasri’, tavshih kabilar davr shoirlari g‘azallari misolida ilmiy tahlil qilingan, ularning g‘azallarda muhim ahamiyat kasb etishiga oid ilmiy xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Tarix maydoni” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradio kompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasining 2025-yil 4-iyundagi 15-33/401 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlarning g‘azaliyotda badiiy san’atlarning o‘rniga, she’riyatda ko‘p qo‘llanilgan an’anaviy she’riy san’atlar bilan bir qatorda noyob va murakkab ma’naviy, lafziy va mushtarak san’at turlariga oid bilimlari boyishiga, tasavvurlari kengayishiga erishilgan.