Artikova Dildora Egamberganovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
O‘zbek va ingliz tillaridagi oilaviy munosabatlarni ifodalovchi maqollarda gender xususiyatlar 10.00.06. – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Fil5636 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Nargiza Erkinovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami:  Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02
Rasmiy opponentlar: Ro‘zmetov Suroj Allaberganovich filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent; Sadullaeva Nilufar Azimovna filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillari instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz tillaridagi oilaviy munosabatlarga oid maqollar tarkibidagi gender xususiyatlarini aniqlash hamda ularni chog‘ishtirma tahlil qilish orqali mazkur tillarda mavjud bo‘lgan umumiylik va milliy xususiyatlarni ochib berishdan iborat. 
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
o‘zbek va ingliz tillaridagi xalq maqollaridagi erkak va ayol obrazlari tashqi ko‘rinish, yosh, aqliy qobiliyat, xulq-atvor va xarakter kabi asosiy to‘rtta kategoriya bo‘yicha tizimli ravishda tasniflanganligi hamda gender stereotiplarining o‘xshash va farqli jihatlari dalillangan;
er-xotinlik munosabatlariga oid gender stereotiplarining chog‘ishtirma tahlili bo‘yicha o‘zbek maqollarida er-xotin munosabatlari ko‘proq patriarxal qarashlarga asoslanib, erkakning yetakchi, ayolning esa ro‘zg‘or yurituvchi rollari ustunlik qilsa, ingliz maqollarida esa er-xotin o‘rtasidagi hamkorlik, tenglik, shaxsiy erkinlik, shuningdek, nikohga tanqidiy yondashuv, xotin tanlashda ehtiyotkorlik va ayolning mustaqil qaror qabul qilish huquqi asoslangani isbotlangan; 
ota-ona va o‘g‘il-qiz munosabatlariga oid gender xususiyatlari yuzasidan o‘zbek maqollarida o‘g‘il ota shanini ko‘taruvchi, sulola davomchisi, davlat ustuni, qiz esa uy, mehr-muhabbat ramzi bo‘lsa-da, vaqtinchalik mehmon sifatida tasvirlanishi hamda ingliz maqollarida ota-onaning o‘g‘il va qizga teng yondashuvi, shaxsiy erkinlik va individual qadriyatlarni eʼzozlash kabi tamoyillar orqali ifodalanishi asoslangan;
boshqa oilaviy munosabatlarga oid gender stereotiplari orqali o‘zbek maqollarida qarindoshlik rishtalarining ijtimoiy nazorat, sharaf, an’ana asosida mustahkamligi, ayollar o‘rtasida raqobat, ayrim ayol obrazlarining salbiy talqinlari, ingliz maqollarida esa bunday munosabatlarning kam ifodalanganligi, neytral yoki individual yondashuvlar ustunligi dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va ingliz tillaridagi oilaviy munosabatlarga oid maqollarning gender xususiyatlari tadqiq qilish jarayonida olingan natijalar asosida:
o‘zbek va ingliz tillaridagi xalq maqollaridagi erkak va ayol obrazlari tashqi ko‘rinish, yosh, aqliy qobiliyat, xulq-atvor va xarakter kabi kategoriyalar bo‘yicha tizimli ravishda tasniflanganligi hamda gender stereotiplarining o‘xshash va farqli jihatlariga oid xulosalardan Portugaliyaning Tavira shahrida “Xalqaro Maqolshunoslik tashkiloti” (AIP-IAP, UNESCO) tomonidan o‘tkazilgan “18-Xalqaro maqolshunoslik kollokviumi” doirasidagi ilmiy seminarni tashkillashtirishda foydalanilgan (Xalqaro maqolshunoslik tashkiloti (AIP-IAP, UNESCO)ning 2024-yil 11-noyabrdagi 508563151-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ilmiy seminarning saviyasini oshirish va ilmiy seminar qatnashuvchilariga oilaviy munosabatlarga oid maqollarning gender xususiyatlarini yaqqol ochib berishga erishilgan;
er-xotinlik munosabatlariga oid gender stereotiplarining chog‘ishtirma tahlili bo‘yicha o‘zbek maqollarida er-xotin munosabatlari ko‘proq patriarxal qarashlarga asoslanib, erkakning yetakchi, ayolning esa ro‘zg‘or yurituvchi rollari ustunlik qilsa, ingliz maqollarida esa er-xotin o‘rtasidagi hamkorlik, tenglik, shaxsiy erkinlik, shuningdek, nikohga tanqidiy yondashuv, xotin tanlashda ehtiyotkorlik va ayolning mustaqil qaror qabul qilish huquqi asoslanganligiga oid xulosalardan 2019-2024 yillarda Xorazm Ma’mun akademiyasida bajarilgan A-FA-2019-9 shifrli “Qadimiy yozma noyob qo‘lyozma va manbalarni tadqiq qilish, ularning raqamtashtirilgan bibliotekasini yaratish” amaliy loyihasida foydalanilgan. Natijada Ogahiy “Asarlar” silsilasining ayrim jildlarini nashrga tayyorlash va chop etish jarayonida tarjima sifatini oshirishga erishilgan.
ota-ona va o‘g‘il-qiz munosabatlariga oid gender xususiyatlari yuzasidan o‘zbek maqollarida o‘g‘il ota shanini ko‘taruvchi, sulola davomchisi, davlat ustuni, qiz esa uy, mehr-muhabbat ramzi bo‘lsa-da, vaqtinchalik mehmon sifatida tasvirlanishi hamda ingliz maqollarida ota-onaning o‘g‘il va qizga teng yondashuvi, shaxsiy erkinlik va individual qadriyatlarni eʼzozlash kabi tamoyillar orqali ifodalanishiga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy universitetining “Erasmus+ dasturining Project № 598340-EPP-1-2018-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP University Cooperation Framework for Knowledge Transfer in Central Asia and China (UNICAC)” grant loyihasida foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2024-yil 23-dekabrdagi 04/11-13998-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur loyiha ishi doirasidagi turli matnlarning tarjima jarayonini osonlashtirish va tarjima sifatini yaxshilashga xizmat qilgan;
o‘zbek va ingliz maqollarida boshqa oilaviy munosabatlarga oid gender stereotiplari orqali o‘zbek maqollarida qarindoshlik rishtalarining ijtimoiy nazorat, sharaf, anʼana asosida mustahkamligi, ayollar o‘rtasida raqobat, ayrim ayol obrazlarining salbiy talqinlari, ingliz maqollarida esa bunday munosabatlarning kam ifodalanganligi, neytral yoki individual yondashuvlar ustunligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga qarashli Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining “Assalom, Xorazm” teledasturining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining 2025-yil 3-iyuldagi 555-son ma’lumotnomasi). Natijada teleko‘rsatuv yangi material, ilmiy asoslangan dalillar bilan boyitilgan hamda tomoshabinlarning oilaviy munosabatlardagi gender masalasining talqiniga oid bilimlarini oshirishga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish