Muxtarov Erkinjon Kobiljonovichning 
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’limda kvant mexanikasi fanini raqamli texnologiyalar asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02  Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped10162
Ilmiy rahbar: Zaynabidinov Sirojiddin Zaynabidinovich, akademik, fizika-matematika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Andijon davlat texnika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2025.27.12.T.18.01 raqamli Ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik Ilmiy kengash.  
Rasmiy opponentlar: Otajonov Salimjon Madraximovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor, Abdullaeva Nasiba Jo‘raevna pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Kvant mexanikasining fundamental mavzu va tajribalarini aniqlash, ular uchun kompyuter dasturlarini ishlab chiqish va ushbu dasturlar asosida mazkur fan bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari talabalari tomonidan samarali va to‘liq o‘zlashtirishga ko‘maklashuvchi o‘qitish metodikasini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
kvant mexanikasi fanining oliy ta’lim tizimidagi o‘qitish mazmuni va raqamli texnologiyalar asosida o‘qitish metodikasining nazariy-metodik asoslari aniqlanib, zamonaviy ta’lim yondashuvlari – virtual laboratoriya asosida o‘qitish, simulyasiyalarga asoslangan ta’lim va vizualizatsiyalangan o‘qitish modellarini uyg‘unlashtirish orqali takomillashtirilgan;
kvant mexanikasini o‘qitish jarayonida talabalar bilimini kengaytirish va ularning ilmiy-tadqiqotga yo‘naltirilgan o‘quv faoliyatini faollashtirish maqsadida raqamli vositalar integratsiyasi asosida samarali ta’lim muhiti yaratish metodikasi takomillashtirilgan;
kvant mexanikasi fanining asosiy mavzularini interaktiv modellashtirish asosida o‘qitish bo‘yicha raqamli ssenariylar va vizual vositalardan foydalanishga oid kompleks metodik tavsiyalar ishlab chiqilib, amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish metodikasi takomillashtirilgan;
kvant mexanikasini o‘qitishga mo‘ljallangan o‘zbek tilidagi integrallashgan raqamli o‘quv majmuasi ishlab chiqildi - unda interaktiv modellashtirish, testlash va avtomatik tahlil tizimlari yagona pedagogik platformaga birlashtirildi. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’limda kvant mexanikasi fanini raqamli texnologiyalar asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
Kvant mexanikasi fanining murakkab nazariy tushunchalarini bosqichma-bosqich o‘zlashtirishga yordam beruvchi metodik yondashuvlar, talabalarning mustaqil fikrlashi, mantiqiy tahlil qilish va masalalarni echish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi mashqlar, nazariy materiallar va ularning amaliy tatbiqi o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni kuchaytirish, ta’lim berish tamoyillariga asoslangan metodik ta’minotning amaldagi holatini aniqlashga oid takliflar “Kvant mexanikasidan mashqlar, tavsifiy masalalar va ularning echimlari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar Vazirligining 2023 yil 27 Martdagi 68-son qaroriga asosan berilgan 68-485 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada talabalar tomonidan murakkab kvant tushunchalarining qabul qilinishi ta’minlash, ta’lim jarayonini interaktiv va talabalarga yo‘naltirilgan shaklga keltirish hamda ta’lim berish tamoyillariga yo‘naltirilgan metodik ta’minotning amaldagi holatini aniqlashga sharoit yaratilgan.
Simulyasiyalar asosida talabalar tomonidan kvant mexanikasining nazariy tushunchalari, xususan, zarraning to‘lqin funksiyasi va ehtimollik zichligi kabi murakkab kategoriyalarni vizual va interaktiv shaklda o‘zlashtirish samaradorligini oshirishga doir materiallar “Phet Interactive Simulations” dasturida fizika fanidan virtual laboratoriya ishlarini bajarish” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligining 2021-yil 31 Maydagi 237-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 237-018 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada amaliy mashg‘ulotlarda nazariy bilimlarni qo‘llash samaradorligi ortgan.
Raqamli texnologiyalarni ta’lim jarayoniga integratsiyalash, nazariy materiallar, matematik formulalar, grafik tasvirlar va interaktiv elementlarni uzviy uyg‘unlikda taqdim etish orqali kvant mexanikasining murakkab tushunchalarini o‘zlashtirish jarayonini soddalashtirishga xizmat qiluvchi metodik yondashuv “Kvant mexanikasidan mashqlar, tavsifiy masalalar va ularning echimlari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-sonli qaroriga asosan berilgan 68-485 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada talabalar tomonidan mavzularni tushunish darajasi, masalalarni echish malakasi va mustaqil ta’lim samaradorligi oshgan.
Kvant potensial o‘ra tushunchasini o‘zlashtirishda zamonaviy raqamli texnologiyalarni, xususan, vizualizatsiya va interaktiv simulyasiyalarni qo‘llash orqali talabalar tomonidan abstrakt nazariy tushunchalarning anglanishini soddalashtirish, zarraning to‘lqin funksiyasi, ehtimollik zichligi, energiya kvantlanishi kabi asosiy tushunchalar vizual va amaliy shaklda o‘rganilishi “Kvant mexanikasidan masalalar echish metodikasi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 21-avgustdagi 316-sonli qaroriga asosan berilgan №280050 nashr guvohnomasi). Natijada “Kvant potensial o‘ra” mavzusi bo‘yicha o‘quv jarayonining interaktivligi, talabalarning kognitiv faolligi va fan bo‘yicha tushunchalarni shakllantirish mazmuni boyitilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish