Abdullaeva Mavluda Aribovnaning 
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
“Kreativ yondashuv asosida talabalarning nutq va tafakkurini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9477
Ilmiy rahbar: Xalimova Naima Vahidovna,  psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rstayotgan muassasa nomi, IKraqami: Andijon davlat pedagogika instituti, PhD 01/2025.27.12.Ped.05.01 .
Rasmiy opponentlar: Azimova Ziyoda Ergashevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Abdusamiev Dilmurod Abdug‘ani o‘g‘li, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kreativ yondashuv asosida talabalarning nutq va tafakkurini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga oid ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim talabalarini nutq va tafakkurini rivojlantirishning didaktik asoslari ta’lim oluvchilarning nutqiy tafakkur kompetensiyasi (kognitiv-kommunikativ, nazariy bilimlarini nutqiy ifodalash, to‘g‘ri muloqat)ni shakllantirish imkoniyatlari fan mazmunini qulay etkazishning (optimallashtirish, jadallashtirish, pragmatiklik) maqbulligini xronoligik ta’minlash orqali aniqlashtirilgan; 
kreativ yondashuv asosida talabalar  nutq va tafakkurini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari (zaruriy pedagogik ma’lumotlarni topish, bilimlarini shaxsiy faoliyatida qo‘llash, o‘z-o‘zini intellektual rivojlantirish)ni shakllantirish modeli o‘qitishning reproduktiv, evristik va muammoli ta’lim komponentlari (texnologiyalar, shakl va vositalari)ni qo‘llashga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan; 
talabalarni nutq va tafakkurini rivojlantirishda qo‘llaniladigan ijodiy didaktik materiallar analitik-natijaviy konsultatsion axborot texnologiyalardan foydalanish imkoniyatini kengaytirishga qaratilgan o‘quv-uslubiy korreksion metodlarni ishlab chiqish asosida mazmunan boyitilgan;
kreativ yondashuv asosida talabalar nutq va tafakkurini rivojlantirish metodikasining tashkiliy komponenti variativlik va individuallikni ta’minlashga qaratilgan (ijodiy, kreativlikka yo‘naltirilgan, muammoli, shaxsga yo‘naltirilgan topshiriqlar, evrologik layoqatlar) mustaqil individual bilish faolligi bilan qayta aloqaga kirishuv darajasi produktiv (nutqiy faollik)ligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi Kreativ yondashuv asosida talabalarning nutq va tafakkurini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalaridan: 
oliy ta’lim talabalarini nutq va tafakkurini rivojlantirishning didaktik asoslari ta’lim oluvchilarning nutqiy tafakkur kompetensiyasi (kognitiv-kommunikativ, nazariy bilimlarini nutqiy ifodalash, to‘g‘ri muloqat)ni shakllantirish imkoniyatlari fan mazmunini qulay etkazishning (optimallashtirish, jadallashtirish, pragmatiklik) maqbulligini xronoligik ta’minlash orqali aniqlashtirilganligiga oid ilmiy xulosalari oliy ta’lim talabalari uchun ishlab chiqilgan “Pedagogik mahorat” nomli o‘quv qo‘llanmaning mazmuniga singdirilgan. (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 -yil 6 -sentyabrdagi 333-son buyrug‘iga asosan berilgan 333-129 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalar nutq va tafakkurini kreativ yondashuv asosida rivojlantirishga xizmat qiladigan psixologik-pedagogik sharoitlarni yaratish imkoniyatlari, mazmuni va ahamiyatiga doir ilmiy bilimlarni rivojlantirishga xizmat qilgan;
kreativ yondashuv asosida talabalar  nutq va tafakkurini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari (zaruriy pedagogik ma’lumotlarni topish, bilimlarini shaxsiy faoliyatida qo‘llash, o‘z-o‘zini intellektual rivojlantirish)ni shakllantirish modeli o‘qitishning reproduktiv, evristik va muammoli ta’lim komponentlari (texnologiyalar, shakl va vositalari)ni qo‘llashga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilganligiga oid ilmiy takliflari 2022-2023 yillarda bajarilgan I-203-4 raqamli “Mamlakatimizda millatlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish va uyg‘unlashtirish” nomli fundamental loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2025-yil 04-fevraldagi 02-13-06-866-sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning nutq va tafakkurini rivojlantirishning pedagogik samaradorligi ortishiga erishilgan; 
talabalarni nutq va tafakkurini rivojlantirishda qo‘llaniladigan ijodiy didaktik materiallar analitik-natijaviy konsultatsion axborot texnologiyalardan foydalanish imkoniyatini kengaytirishga qaratilgan o‘quv-uslubiy korreksion metodlarni ishlab chiqish asosida mazmunan boyitilganligiga oid ilmiy takliflari “Pedagogik mahorat” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan. (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 -yil 6 -sentyabrdagi 333-son buyrug‘iga asosan berilgan 333-129 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada kreativ yondashuv asosida talabalarning nutq va tafakkurini rivojlantirish jarayonining afzalliklari va imkoniyatlarini ortishiga erishilgan; 
kreativ yondashuv asosida talabalar nutq va tafakkurini rivojlantirish metodikasining tashkiliy komponenti variativlik va individuallikni ta’minlashga qaratilgan (ijodiy, kreativlikka yo‘naltirilgan, muammoli, shaxsga yo‘naltirilgan topshiriqlar, evrologik layoqatlar) mustaqil individual bilish faolligi bilan qayta aloqaga kirishuv darajasi produktiv (nutqiy faollik)ligini ta’minlash orqali takomillashtirilganligiga oid ilmiy takliflari 2022-2023 yillarda bajarilgan I-203-4 raqamli “Mamlakatimizda millatlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish va uyg‘unlashtirish” nomli fundamental loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2025-yil 04-fevraldagi 02-13-06-866-sonli ma’lumotnomasi). Natijada kreativ yondashuv asosida talabalar nutq va tafakkurini rivojlantirish jarayonining diagnostik tizimini boyitishga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish