Atakulova Nargizaxon Alijonovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ta’lim jarayonida o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish tizimi», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ruyxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Ped265.

Ilmiy rahbar: Safarova Roxatoy Gaybullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy- tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.28.09.2018.Ped.76.02.

Rasmiy opponentlar: Akramov Abdumalik Abdumutalovich, pedagogika fanlari doktori; Rahmatova Xayrixon Ashiralievna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishning didaktik tizimini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishning ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi, tashkiliy va bashoratlovchi funksiyalari fikrlashning sinergetik uslubini (o‘z-o‘zini rivojlantirish, sog‘lom e’tiqod) va falsafiy-antropologik yondashuv tamoyillari (ontologik, dialogizm, kreativlik) bilan integratsiyasini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;

o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishning intellektual va hissiy-emotsional komponenti verbal anglash asosida yuzaga keladigan nuqtai nazar, mulohazalar sintezi sifatida baholash ob’ekti va natijalari tarzida yorqin namoyon bo‘lishi asoslangan;

o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishning didaktik  tizimi tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantirishning nazariy fikrlash bilan aloqadorligini tahlil etish, ilmiy dalillarni empirik isbotlash, qat’iy ishonch va e’tiqodning shaxsning motivatsion-irodaviy xususiyatlari bilan bevosita uyg‘unligini aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;

o‘quvchilarda tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantirish texnologiyasi ixtirochilikka doir vazifalarni hal etish nazariyasi (TRIZ pedagogikasi) va algoritmining (ARIZ pedagogikasi) kreativlikning shakllanishiga to‘sqinlik qiluvchi kontrsuggestiv, tezaurus va interaksion omillarni bartaraf etishga yo‘naltirilgan korreksion  komponentini modifikatsiyalash asosida takomillashtirilgan.

IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Ta’lim jarayonida o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish tizimi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish funksiyalarining sinergetik tafakkur va falsafiy-antropologik yondashuv bilan aloqadorligini aniqlashtirishga doir takliflardan umumta’lim fanlari bo‘yicha malaka talablariga muvofiq o‘z-o‘zini rivojlantirish tayanch kompetensiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 19 sentyabrdagi 01-02-386-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur takliflar umumta’lim fanlaridan yangi avlod darsliklarini yaratishda ilmiy dalillarni tizimli strukturalashtirishga xizmat qilgan;

o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishning intellektual va hissiy-emotsional komponenti verbal anglash asosida yuzaga keladigan nuqtai nazar, mulohazalar sintezi sifatida namoyon bo‘lishi hamda o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishning didaktik  tizimini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan F1-XT-1-31247 raqamli “O‘quvchilarda o‘zaro do‘stona munosabatlarga asoslanib hamkorlikda faoliyat ko‘rsatish ko‘nikmalarini shakllantirish strategiyasi” (2012–2016 yy.) nomli loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 19 sentyabrdagi 01-02-386-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishga doir hamkorlikdagi faoliyatni tashkil etish samaradorligini oshirishga erishilgan;

o‘quvchilarda tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantirish texnologiyasini ixtirochilikka doir vazifalarni hal etish nazariyasi (TRIZ pedagogikasi) va algoritmi (ARIZ pedagogikasi) asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan F1-XT-1-31247 raqamli “O‘quvchilarda o‘zaro do‘stona munosabatlarga asoslanib hamkorlikda faoliyat ko‘rsatish ko‘nikmalarini shakllantirish strategiyasi” (2012–2016 yy.) loyihasi doirasida o‘quvchilarda tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantirishning lokal-modulli texnologiyasini ishlab chiqishda nazariy va amaliy material sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta ta’lim vazirligining 2019 yil 19 yanvardagi 89-03-229-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quv portfoliosi, “Sabab, dalil va natija”, “Ideal”, “Belgilar zanjiri”, “Pozisiya, asos, misol, natija (PAMN)” interfaol metodlarini qo‘llash asosida o‘quvchilarda tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantirish samaradorligini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish