Atakulova Nargizaxon Alijonovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilimiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Global ta’lim muhitida talabalarning ma’naviy dunyoqarashini rivojlantirish tizimini takomillashtirish” mavzusidagi 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.DSc/Ped370
Ilmiy maslahatchi: Safarova Roxatoy Gaybullaevna, pedagogika fanlaridoktori,professor.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rstayotgan muassasa nomi, IKraqami: Andijon davlat pedagogika instituti huzuridagi PhD.03/05.05.2023.Ped.166.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiykengash
Rasmiy opponentlar: Azimova Ziyoda Ergashevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Egamberdiev Azizbek Abdumalikovich, falsafa fanlari doktori, professor; Utebaev Tajibay Tileumuratovich pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarda ma’naviy dunyoqarashni rivojlantirishning nazariy pedagogik asoslari, shart-sharoitlari, mexanizmlarini aniqlash hamda talabalarda sog‘lom ma’naviy dunyoqarashni rivojlantirishga yo‘naltirilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdaniborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda ma’naviy dunyoqarashni rivojlantirish mazmuni ta’lim jarayonidagi badiiy, ijtimoiy va psixologik kontekstda negbinlik falsafasi, ezgulikka intilish, insonparvarlik va hayosevarlik g‘oyalarini konstruktiv qurish hamda tahlil etishga yo‘naltirilgan kognitivlikni faollashtiruvchi baholash ko‘rsatkichlarini transformatsion belgilash orqali aniqlashtirilgan;
talabalarda ma’naviy dunyoqarashni rivojlantirishning pedagogik-psixologik imkoniyatlari insonga oliy qadriyat sifatida yondashish, jamiyat farovonligi uchun harakat qilish, sadoqatni namoyon etish, hayotni ulug‘lash kabi tamoyillarning emotsional intellektni mustahkamlash darajasini kompleks baholovchi strategiyalarni qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
talabalarda ma’naviy dunyoqarashni rivojlantirishning innovatsion metodlari kollaboratsiya muhitida ta’lim jozibadorligini ta’minlovchi ijodiy loyihalarning tizimlilik, intensivlik, kognitivlik, refleksiya, bilimlar transformatsiyasini amalga oshirishni nazarda tutuvchi improvizatsion yondashuvlarni kiritish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda ma’naviy dunyoqarashni rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodik ta’minoti shaxsda ma’naviy, ijtimoiy, intellektual va global barkamollikni ta’minlovchi omillar integratsiyasining namoyon bo‘lishini belgilovchi global fuqarolik, tolerantlik va madaniyatlararo muloqot kompetensiyalari tarbiyaning akmeologik darajasini aniqlovchi mezonlarni kiritish orqali takomillashtirilgan;
talabalarda ma’naviy dunyoqarashni rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon modeli milliy va global qadriyatlar integratsiyasiga asoslangan virtual va real ta’lim muhiti o‘rtasidagi uzviylikni ta’minlashga asoslangan innovatsion fikrlash, ijtimoiy loyihaga rahbarlik qilish, ma’naviy tanlov qilish qobiliyati kabi akmeologik yondashuvga tayangan holda takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.Talabalarda ma’naviy dunyoqarashni rivojlantirishga doir tadqiqot natijalari asosida: 
talabalarda ma’naviy dunyoqarashni rivojlantirishning dolzarbligi ta’lim jarayonidagi badiiy, ijtimoiy va psixologik kontekst mazmunida aks etgan negbinlik falsafasi, ezgulikka intilish, insonparvarlik va hayosevarlik g‘oyalarini konstruktiv qurishga asoslangan kognitivlikni faollashtiruvchi baholash ko‘rsatkichlarini transformatsion belgilash orqali dalillanganamaliy taklif va tavsiyalardan Z.M.Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasiga muvofiq 2020-2023 yillarda bajarilgan M-OT-2020-3 “Tarjimashunoslik va lug‘atshunoslik innovatsiya markazini tashkil etish asosida lug‘at va matn tarjimoni intellektual platformasini yaratish” mavzusidagi fundamental loyihada belgilangan vazifalarni amalga oshirishda keng foydalanilgan (Z.M.Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti 2025 yil 15- iyuldagi 01-2825-sonli ma’lumotnomasi). Natijada “Pedagogika” fani talabalarda sog‘lom ma’naviy dunyoqarashni rivojlantirishga oid nazariy yondashuvlar bilan boyitilgan. 
talabalarda ma’naviy dunyoqarashni rivojlantirishning pedagogik-psixologik imkoniyatlari insonga oliy qadriyat sifatida yondashish, jamiyat farovonligi uchun harakat qilish, sadoqatni namoyon etish, hayotni ulug‘lash kabi tamoyillarning emotsional intellektni mustahkamlash darajasini kompleks baholovchi “360-darajali fikr-mulohaza” metodni qo‘llash orqali  ilmiy asoslanganma’lumotlardan Z.M.Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasiga muvofiq 2020-2022 yillarda bajarilgan FZ-202001064 “Oliy ta’lim muassasalari negizida maktabgacha ta’lim tashkilotlar (MTT) ning zamonaviy didaktik metodikasi ta’minotini yaratish” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (Z.M.Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti 2025 yil 15- iyuldagi  01-2825-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda sog‘lom ma’naviy dunyoqarashni rivojlantirishning pedagogik-psixologik yo‘nalishlari, shart-sharoitlari, mazmuni va uni tanlash prinsiplarini takomillashtirilgan.
talabalarda ma’naviy dunyoqarashni rivojlantirish vositalari, usullari, metodlari kollaboratsiya muhitida ta’lim jozibadorligini ta’minlovchi ijodiy loyihalarning tizimlilik, intensivlik, kognitivlik, refleksiya, bilimlar transformatsiyasini amalga oshirishni nazarda tutuvchi "fikrlar uchrashuvi"   improvizatsion yondashuvini qo‘llash asosida takomillashtirilgan takliflar 2017-2020 yillarda bajarilgan F3-2016-0909111822 “Darslik va o‘quv adabiyotlari mazmuniga Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali o‘quvchilarda “ommaviy madaniyat”ga qarshi kurashchanlik ko‘nikmalarini rivojlantirish mexanizmlari” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan. (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti 2025 yil 10 iyuldagi 22-01-182/22-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, pedagogik jarayonlarda talabalar ma’naviyatini yuksaltirishga oid didaktik yondashuvlar takomillashtirilgan.
talabalarda ma’naviy dunyoqarashni rivojlantirishga yo‘naltirilgan ilmiy-metodik tavsiyalar shaxsda ma’naviy, ijtimoiy, intellektual va global barkamollikni ta’minlovchi omillar integratsiyasining namoyon bo‘lishini belgilovchi global fuqarolik, tolerantlik va madaniyatlararo muloqot kompetensiyalari tarbiyaning akmeologik darajasini aniqlovchi mezonlarni kiritish orqali takomillashtirilgan ma’lumotlardan “Umumiy pedagogika”, “Tarbiyaviy ish metodikasi” darsliklaridan va “Pedagogik deontologiya va kompetentlik” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oily ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazining 2025-yil 09-sentyabrdagi 02/01-01-346-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Oliy pedagogik ta’lim jarayonining metodik ta’minoti rivojlantirilgan. 
talabalarda ma’naviy dunyoqarashni rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon modeli milliy va global qadriyatlar integratsiyasiga asoslangan virtual va real ta’lim muhiti o‘rtasidagi uzviylikni ta’minlashga hamda irodali harakat va jasorat, hissiy empatiyaga  asoslangan innovatsion fikrlash, ijtimoiy loyihaga rahbarlik qilish, ma’naviy tanlov qilish qobiliyati, kabi akmeologik yondashuvga tayangan holda takomillashtirilgantavsiyalar “Maktabgacha ta’limni boshqarishning ilmiy asoslari”darsligi mazmuniga singdirililgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021yil 20 oktyabrdagi 441-sonli buyrug‘i). Natijada, pedagogikaga oid o‘quv-metodik majmualar mazmuni boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish