Arabboeva Maxfuzaxon Akramjonovnaning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
“Ona tili ta’limida o‘quvchilarning ijtimoiy-emotsional va fuqarolik kompetensiyalarini rivojlantirish texnologiyasi” (Milliy o‘quv dasturi asosidagi 6-7-sinflar misolida), 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped4959
Ilmiy rahbar: Yusupova Shohidaxon Jaloliddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IKraqami: Andijon davlat pedagogika instituti, PhD.01/2025.27.12.Ped.05.01
Rasmiy opponentlar: Egamberdiev Azizbek Abdumalikovich, falsafa fanlari doktori, professor; Niyozmatova Roza Xasanovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ona tili ta’limida o‘quvchilarning ijtimoiy-emotsional va fuqarolik kompetensiyalarini rivojlantirish texnologiyasiga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarning ijtimoiy-emotsional va fuqarolik kompetensiyalarini shakllantirishning didaktik ta’minoti ona tili darslarida lingvistik va nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirish malaka talablariga ta’lim oluvchilarning kommunikativ, empatik va jamoaviy faoliyatini umumlashtirishga ko‘ra Milliy o‘quv dasturi talablariga moslashtirish orqali transformatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
ijtimoiy-emotsional va fuqarolik kompetensiyalarni baholash mezonlari o‘quvchilarning samarali muloqot qilish, hamkorlikda ishlash, muammolarni hal etish, mustaqil qaror qabul qilish, munosabat bildirish hamda faol fuqarolik ko‘nikmalarini shakllantirish strukturasiga ona tili darslarida ta’lim oluvchilarning nutqiy faoliyat turlarini yaxlit rivojlantirishga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
ijtimoiy-emotsional va fuqarolik kompetensiyalarni rivojlantirish modeli intellektual, motivatsion, emotsional, irodaviy va o‘zini o‘zi boshqarish tarkibiy qismlardan iborat mazmuniy blokka tizimli, kompetensiyaviy, faoliyatli, kreativ yondashuvlar vositasida innovatsion ta’lim texnologiyalari va usullarini optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning ijtimoiy-emotsional va fuqarolik kompetensiyalarini rivojlantirishning metodik tizimi “Menga so‘z bering”, “Muammo va sabab”, “Ismli savollar”, “Katta kitob loyihasi” kabi ta’lim texnologiyalarini tinglovchilarning kommunikativ, korporativ, intellektual hamda faol fuqarolik kabi kompetensiyalarini shakllantirish tizimiga ijodiy faoliyat orqali nutqiy faoliyatni integratsiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ona tili ta’limida o‘quvchilarning ijtimoiy-emotsional va fuqarolik kompetensiyalarini rivojlantirish texnologiyasi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
o‘quvchilarning ijtimoiy-emotsional va fuqarolik kompetensiyalarini shakllantirishning didaktik ta’minoti ona tili darslarida lingvistik va nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirish malaka talablariga ta’lim oluvchilarning kommunikativ, empatik va jamoaviy faoliyatini umumlashtirishga ko‘ra Milliy o‘quv dasturi talablariga moslashtirish orqali transformatsiyalash asosida takomillashtirishga doir takliflaridan Z.M.Bobur nomidagi Andijon davlat universitetida 2017-2019-yillarda bajarilgan OT-F-1-17 – “Ma’naviy begonalashuvning oldini olishda shaxs faolligini oshirishni ijtimoiy-pedagogik tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada muhim manba sifatida foydalanilgan (Andijon davlat universiteti tomonidan 2025-yil 4-iyulda berilgan 04-2677-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlar orasida ma’naviy begonalashuvning oldini olish va ularni ijtimoiy hayotda faollashtirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini va didaktik talablarini aniqlashga erishilgan;
ijtimoiy-emotsional va fuqarolik kompetensiyalarni baholash mezonlari o‘quvchilarning samarali muloqot qilish, hamkorlikda ishlash, muammolarni hal etish, mustaqil qaror qabul qilish, munosabat bildirish hamda faol fuqarolik ko‘nikmalarini shakllantirish strukturasiga ona tili darslarida ta’lim oluvchilarning nutqiy faoliyat turlarini yaxlit rivojlantirishga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga doir takliflari Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari umumta’lim maktablarining o‘quv jarayonlariga tatbiq qilindi (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2025-yil 14-apreldagi № 01/11-6-275-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning ijtimoiy-emotsional va fuqarolik kompetensiyalarini baholash me’zonlarini ishlab chiqishga erishildi;
ijtimoiy-emotsional va fuqarolik kompetensiyalarni rivojlantirish modeli intellektual, motivatsion, emotsional, irodaviy va o‘zini o‘zi boshqarish tarkibiy qismlardan iborat mazmuniy blokka tizimli, kompetensiyaviy, faoliyatli, kreativ yondashuvlar vositasida innovatsion ta’lim texnologiyalari va usullarini optimallashtirishga doir takliflar bo‘lajak ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari uchun yozilgan “Ona tilini o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 258-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 131886-raqamli ruxsatnomasi). Natijada ona tili ta’limida o‘quvchilarning ijtimoiy-emotsional va fuqarolik kompetensiyalarini rivojlantirish modelini takomillashtirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
o‘quvchilarning ijtimoiy-emotsional va fuqarolik kompetensiyalarini rivojlantirishning metodik tizimi “Menga so‘z bering”, “Muammo va sabab”, “Ismli savollar”, “Katta kitob loyihasi” kabi ta’lim texnologiyalarini tinglovchilarning kommunikativ, korporativ, intellektual hamda faol fuqarolik kabi kompetensiyalarini shakllantirish tizimiga ijodiy faoliyat orqali nutqiy faoliyatni integratsiyalash asosida takomillashtirishga doir takliflari “Ona tilini o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 258-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 131886-raqamli ruxsatnomasi). Natijada ona tili ta’limi orqali o‘quvchilarning ijtimoiy-emotsional va fuqarolik kompetensiyalarini rivojlantirishning samarali mexanizmlari aniqlangan.