Xamidov Abdumalik Kironovichning filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Murod Muhammad Do‘st asarlarining lingvokulturologik xususiyatlari, 10.00.01 – O‘zbek tili. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.DSc/Fil980.
Ilmiy maslahatchi: Umurqulov Bekpo‘lat, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.11.05. 
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, dotsent Yo‘ldosheva Xolida Qo‘zievna, filologiya fanlari doktori, professor Mirzaev Ibodulla Kamolovich, filologiya fanlari doktori, professor Xudayberganova Durdona Sidiqovna.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi Murod Muhammad Do‘st asarlaridagi lisoniy-madaniy birliklarni tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Murod Muhammad Do‘st asarlaridagi lingvomadaniy birliklar semantikasi til va madaniyat uygʻunligi asosida o‘rganish mumkinligi asoslangan;
Murod Muhammad Do‘st asarlaridagi milliy-madaniy birliklarning lisoniy xususiyatlari ilk bor tizimli tahlil qilindi va tematik-semantik turlari aniqlanib, badiiy matnda milliylikni ifodalashdagi stilistik funksiyasi ochib berilgan. Shuningdek, yozuvchi ijodida milliy-madaniy qadriyatlarning til orqali ifodalanishiga oid yangi tasnif va tahlil modeli ishlab chiqilib, aniq misollar bilan dalillangan;
Metaforalar, o‘xshatishlar kabi hodisalarning lingvomadaniy jihatlari, ularning ichki strukturaviy tomonlari alohida tasniflar vositasida asoslab berilgan va badiiy matn tarkibidagi misollar asosida dalillangan;
Milliy mentalitetning muhim jihatlarini ochib beruvchi realiyalar semantik jihatdan guruhlab chiqilgan, har bir realiyaning tarixiy-etimologik jihatlari, ularning milliy xususiyatlari, semantikasi individual holatda ham asoslangan, uning badiiy matndagi ahamiyati izohlangan va manbalar asosida dalillangan;
Badiiy matn tarkibidagi iboralar, maqollarning milliy-madaniy jihatlari shaxslarning nutq sharoitida, qanday makon va zamonda turib munosabatga kirishayotganligi bilan birga, ularning tarkibidagi milliy etalon sanalgan birliklarning xususiyatlari milliy-madaniy, tarixiy-etimologik hamda lingvistik tomondan dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  Murod Muhammad Do‘st asarlarining lingvokulturologik xususiyatlarini tadqiq etish boʻyicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
lingvomadaniy birliklar semantikasi bevosita til va madaniyat uygʻunligida tahlil qilish orqali toʻlaroq namoyon boʻlishi bilan bogʻliq nazariy xulosalardan  Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020–2023-yillarda amalga oshirilgan AM-F3-201908172 “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 30-iyuldagi № 01/4-3357-son ma’lumotnomasi). Natijada Murod Muhammad Do‘st asarlarida uchraydigan realiyalar milliy madaniyat, urf-odat, tarixiy voqelik va ijtimoiy hayot bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ularning lingvistik ifodalari va semantik qirralari har tomonlama yoritilgan, o‘z navbatida, realiyalarni faqat til birliklari emas, balki xalq hayotining asosiy komponentlari sifatida o‘rganishga imkon yaratishi, antroponimlar nafaqat shaxslarni nomlash vositasi, balki ularning hayot mazmunini, madaniy-tarixiy obrazini ochib beruvchi usul sifatida qaralishi asoslangan;
matn ta’sirchanligini oshirishda frazeologizmlar, maqollarning semantik va uslubiy xususiyatlari millatning shaxslararo va guruhlararo milliy-madaniy, tarixiy-ijtimoiy hosilasi ekanligi toʻgʻrisidagi ilmiy natijalardan davlat ilmiy-texnik dasturi doirasidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022–2024-yillarda amalga oshirilgan IL-402104209 raqamli “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusida innovatsion loyihasida foydalanilgan. (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2025-yil 30-iyul № 01/4-3358-son ma’lumotnomasi). Natijada Murod Muhammad Do‘st asarlarida uchraydigan milliy madaniy birliklar lingvokulturologik mezonlar asosida tasnifi va madaniy konseptlar badiiy matda ifoda topgan lingvistik vositalar asosida tahlil qilingan, xalq tafakkuri, xalqona hikmat, maqol, matal va obrazlar orqali shakllangan kollektiv madaniy xotiraning ifodalanish mexanizmlari ekanligi isbotlangan.
maqollarning milliy-madaniy, ijtimoiy-tarixiy ildizlari xalq ogʻzaki ijodining boshqa namunalari bilan uzviy aloqada ekanligi ochib berilgan; shaxs ruhiyati, milliy madaniyat va ijtimoiy-ma’naviy omillarning shakllanishida etnografizm, maqol, frazeologizmlarning ahamiyatiga oid nazariy qarashlar, amaliy tavsiyalar va ilmiy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017–2020-yillarga mo‘ljallangan OT-F1-030 “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyani (7 jild) chop etish” nomli fundamental loyihada foydalanilgan. (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining № 01/4-3417-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha xulosalaridagi Murod Muhammad Do‘st asarlarida qo‘llanilgan o‘xshatishlar milliy tabiati, xalq og‘zaki ijodi, mifologik va diniy manbalarga asoslangan obrazlar bilan boyitilganligi aniqlanib, ularning semantik qatlamlari lingvomadaniy nuqtayi nazardan izohi, asarlardan ajratib olingan birliklar tematik, semantik va madaniy funksiyalariga ko‘ra tasniflanib, frazeologik birliklar, realiyalar, milliy semantik birliklar, onomastik vositalar kabi guruhlarga ajratilib dalillangan.
Murod Muhammad Do‘st asarlaridagi milliy-madaniy birliklar, metaforalar, o‘xshatishlar, toponimlar va antroponimlarga oid ma’lumotlardan “Mahalla” telekanalining “Tiniq so‘z”, “Portret” nomli ilmiy-ma’rifiy teleko‘rsatuvlarida foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla” teleradiokanalining 2025-yil 1-avgustdagi №01/16/195-sonli ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan taklif, tavsiya va xulosalar Yangi O‘zbekistonda “Marifatli jamiyat” barpo etishda, badiiy adabiyotning tarbiya vositasi sifatidagi ahamiyati ochib berishiga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish