Xamdamov Usmon Ergashevichning 
falsafa doktori (PhD)  dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarini web-quest vositasida mustaqil ta’limni tashkil qilishga o‘rgatish texnologiyasi”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD-Ped1779.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Raximov Baxtiyor Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti huzuridagi PhD.03/2025.27.12.Ped.33.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ismailova Zuhra Karabaevna, pedagogika fanlari doktori professor;  Bozorov Bunyod To‘lqinjonovich pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarini web-quest vositasida mustaqil ta’limni tashkil qilishga o‘rgatish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarini mustaqil ta’limni tashkil etishga o‘rgatishning pedagogik imkoniyatlari til ko‘nikmalarini mustaqil o‘zlashtirish jarayonida web-quest texnologiyasining kognitiv-motivatsion faollikni kuchaytirish hamda interaktiv tafakkurni rivojlantirishga yo‘naltirilgan mentorlik algoritmi asosida aniqlangan;
web-quest vositasida mustaqil ta’limni tashkil qilishga o‘rgatish modeli talabaning texnologik tayyorgarlik darajasi hamda virtual muhitda til ko‘nikmalarini o‘zlashtirish usullarini ixtiyoriy tanlash imkoniyatlarini inobatga olgan holda, teskari aloqa (feedback) va raqamli refleksiya mexanizmlari asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarini mustaqil ta’limni tashkil etishga o‘rgatish jarayoni web-quest vositasida tilga o‘rgatishning immersiv texnologiyalariga asoslangan mustaqil ta’lim onlayn resurslari hamda auditoriya amaliy mashg‘ulotlarini gibrid qo‘llash orqali rivojlantirilgan;
web-quest vositasida mustaqil ta’limni tashkil etishga o‘rgatish texnologiyasining samaradorligi raqamli ta’lim resurslarini talabalar tomonidan mustaqil o‘zlashtirish jarayonini intellektual yo‘naltirish hamda texnologik empatiyani shakllantirishga asoslangan mezonlar orqali aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarini web-quest vositasida mustaqil ta’limni tashkil qilishga o‘rgatish texnologiyasi mavzusi doirasida amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot, olingan barcha xulosalar, uning natijalari kelgusida ingliz tili o‘qituvchilarining istiqboldagi pedagogik mahoratlarini oshirishda, shuningdek ta’lim samaradorligini ta’minlashda o‘ziga xos ilmiy manba bo‘lib xizmat qiladi:
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarini  mustaqil ta’limni tashkil qilishga o‘rgatishning pedagogik imkoniyatlarini til ko‘nikmalarini mustaqil o‘zlashtirish jarayonida web-quest ning kognitiv-motivatsion faollik va interaktiv tafakkur mentorlik algoritmi asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalar Guliston davlat universitetining 234-12-sonli guvohnomasi bilan tasdiqlangan “Essential English for the first ear studens of applied mathematics and informatics” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2026 yil 11 fevraldagi 02/01-01-84-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarini mustaqil ta’limni tashkil qilishga o‘rgatishning hozirgi holatini tahlil qilishga erishilgan;
web-quest vositasida mustaqil ta’limni tashkil qilishga o‘rgatish modelini talabaniing texnologik tayyorgarlik darajasi hamda virtual muhitda til ko‘nikmalarini o‘zlashtirish usullarini ixtiyoriy tanlash imkoniyatiga ko‘ra teskari aloqa (feedback) va raqamli refleksiya mexanizmlari asosida takomillashtirishga oid takliflardan Guliston davlat universitetida bajarilgan 2020-207-reystr raqamli Arkansas Spring International Language Center “English language capacity building project” mavzusidagi amaliy loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2026 yil 11 fevraldagi 02/01-01-84-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarini web-quest vositasida mustaqil ta’limni tashkil qilishga o‘rgatish texnologiyasini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarini mustaqil ta’limni tashkil qilishga o‘rgatish jarayonini web-quest vositasida tilga o‘rgatish immersiv texnologiyalariga asoslangan mustaqil ta’lim onlayn resurslari  va auditoriya amaliy mashg‘ulotlarini gibrid qo‘llash  orqali rivojlantirishga oid takliflar Guliston davlat universitetining 130-15-sonli guvohnomasi bilan tasdiqlangan   “Reading Comprehension Exercises for the first ear spors activity studens” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2026 yil 11 fevraldagi 02/01-01-84-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarini web-quest vositasida mustaqil ta’limni tashkil qilish samaradorligini oshirish imkoni kengaytirilgan;
web-quest vositasida mustaqil ta’limni tashkil qilishga o‘rgatish texnologiyasi samaradorligini raqamli ta’lim resurslarini talabalar tomonidan mustaqil o‘zlashtirilishini intellektual yoʻnaltirish va texnologik empatiya asosida aniqlashga oid takliflar Guliston davlat universitetining 234-12-sonli guvohnomasi bilan tasdiqlangan “Essential English for the first  ear studens of applied mathematics and informatics” nomli o‘quv qo ’llanmasi mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 11 martdagi 02-07-932/04-son ma’lumotnomasi). Natijada mustaqil ta’limni tashkil qilishga o‘rgatish texnologiyasini takomillashtirish samaradorligi oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish