Bo‘rieva Nargiza Qo‘chqarovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “J.R.R. Tolkin asarlarida qadriyatlarga va moddiylikka xos konseptlar faollashuvi”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.DSc/Fil999
Ilmiy rahbar: Mirsanov G‘aybulla Q’ulmurodovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD. 03/30.12.2019.Fil.83.01
Rasmiy opponentlar: Jo‘raeva Malohat Muhammadovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Yuldashev Akmal G‘ulomjonovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Xalimova Feruza Rustamovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi J.R.R. Tolkinning asarlarida qadriyatlar va moddiylikka oid konseptlarning lingvistik tarkibi, aksiologik baholash, onomastik va mifologik obrazlar tasvirini freym, GEShtalt, metaforik va statistik modellar orqali ifodalanish xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
J.R.R. Tolkin asarlari asosida fentezi janrining nazariy va lingvistik asosini tashkil qiluvchi hamda mazkur janrga xos badiiy olamning lisoniy manzarasini shakllantiruvchi mifologik motivlar, sun’iy tillar, etnoslar, aksiologik sath, konseptual oppozisiyalar, toponimik va antroponimik birliklar hamda leksik-semantik xronotop ko‘rsatkichlari tizimli ravishda aniqlangan;
J.R.R. Tolkin asarlarida til, mif va sunʼiy xalq bog‘liqligi Hind-Fors, Fin, Skandinav, Kelt va Anglosakson arxetiplari hamda onomastikasiga (Mithrandir, Valar, Dagor Dagorath va b.) asoslanganligi lingvokonsept tarzida modellashtirilib, arxaik mifologemalarning kosmogonik, dualistik, esxatologik derivatsiyasi va resemantizatsiyasi ochib berilgan;
J.R.R. Tolkin asarlarida “Yaxshilik” va “Yovuzlik” konseptlari freym, GEShtalt, skript, ssenariy modellar asosida ularning leksik-semantik tarmoqlanishi (mehribonlik, himoya, yorug‘lik, umid ↔ zulmat, qo‘rquv, nazorat, halokat) va ijobiy / salbiy baholovchi poliariteti o‘quvchi ongida yaxlit obrazlar hosil qilishi dalillangan;
J.R.R. Tolkin asarlarida “Kuch”, “Tabiat”, “Sehr” va “Hayot / O‘lim” mikrokonseptlarining ierarxik tarkibi integratsiyalashtirilib, fentezi janrining semiotik xususiyatlari, “Sehr” konseptining bipolyar (ijobiy/salbiy) tabiati, uzuk motivining diaxron resemantizatsiyasi lingvistik jihatdan ochib berilgan hamda mazkur konseptlar tarkibida qo‘rquv, vasvasa, fidoyilik va iroda kabi antropofenomenlarning konseptual mexanizmlari aniqlanib badiiy matnda lingvistik faollashuvi asoslangan;
J.R.R. Tolkinning “The Lord of the Rings” va “The Silmarillion” asarlarida ijobiy va salbiy obrazlar hamda “Muhabbat–Nafrat”, “Yorug‘lik–Zulmat”, “Suv” kabi ziddiyatli konseptlar lingvokonseptual, aksiologik va metaforik mezonlar asosida badiiy matndagi semantik va diskursiv tarkibi statistik tahlil orqali aniqlangan hamda leksik birliklarning takrorlanishi, miqdoriy ustuvorligi va semantik faolligi fentezi matnining kognitiv tarkibini shakllantiruvchi asosiy diskursiv model ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ilmiy tadqiqot natijalari J.R.R. Tolkin asarlari asosida fentezi janrining nazariy va lingvistik asosini tashkil qiluvchi hamda mazkur janrga xos badiiy olamning lisoniy manzarasini shakllantiruvchi mifologik motivlar, sun’iy tillar, etnoslar, aksiologik sath, konseptual oppozisiyalar, toponimik va antroponimik birliklar hamda leksik-semantik xronotop ko‘rsatkichlari “Translation theory and practice” darsligiga integratsiya qilindi. Mazkur darslik “Ingliz tili” bakalavriat mutaxassisligi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi №136-son guvohnomasi asosida ro‘yxatdan o‘tkazilgan (ro‘yxat raqami 729922). Mazkur darslikda fantastik matnlarni tahlil qilish, lingvokulturologik qatlamni ochish, tarjimada semantik muvofiqlikni ta’minlash bo‘yicha amaliy mashqlar va metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan. Ushbu integratsiya talabalarga badiiy olamning ko‘p qirrali mazmunini anglash, tarjima jarayonida konseptual asoslarni qo‘llash hamda muqobil strategiyalarni ishlab chiqish imkonini beradi.
J.R.R. Tolkin asarlarida til, mif va sunʼiy xalq bog‘liqligi Hind-Fors, Fin, Skandinav, Kelt va Anglosakson arxetiplari hamda onomastikasiga (Mithrandir, Valar, Dagor Dagorath va b.) asoslanganligi lingvokonsept tarzida modellashtirilib, arxaik mifologemalarning kosmogonik, dualistik, esxatologik derivatsiyasi va resemantizatsiyasi borasidagi xulosalardan Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2O21-202Z-yillarda bajarilgan “Qoraqalpoq folklorida olamning etnolingvistik tasvirini monografik aspektda tahlil qilish” nomli ilmiy loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2025-yil 29-avgustdagi 522/2-son ma’lumotnomasi). Natijada, J.R.R. Tolkin mifologiyasi asosida ishlab chiqilgan lingvokonseptual model qoraqalpoq folkloridagi olam tasvirini tahlil qilishda qiyosiy-ilmiy asos bo‘lib xizmat qildi va milliy mifologik birliklarning semantik tabiati chuqurroq yoritildi.
Ilmiy tadqiqot natijalari, jumladan, J.R.R. Tolkin asarlarida “Yaxshilik” va “Yovuzlik” konseptlari freym, GEShtalt, skript, ssenariy modellar asosida ularning leksik-semantik tarmoqlanishi (mehribonlik, himoya, yorug‘lik, umid ↔ zulmat, qo‘rquv, nazorat, halokat) va ijobiy / salbiy baholovchi poliariteti o‘quvchi ongida yaxlit obrazlar hosil qilishi “Crosscultural communication theory and practice” nomli darsligiga muvaffaqiyatli joriy qilindi. Ushbu darslik “Ingliz tili” bakalavriat mutaxassisligi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 21-avgustdagi № 316-son guvohnomasi asosida ro‘yxatdan o‘tkazilgan (ro‘yxat raqami 432626). Natijada, badiiy matnni konseptual tahlil qilishning nazariy asoslarini amaliy topshiriqlar bilan uyg‘unlashtirish orqali talabalar madaniyatlararo muloqot vaziyatlarida lingvistik tushunchalarni chuqur anglash va ularni samarali qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirishga imkon berildi.
J.R.R. Tolkin asarlarida “Kuch”, “Tabiat”, “Sehr” va “Hayot / O‘lim” mikrokonseptlarining ierarxik tarkibi integratsiyalashtirilib, fentezi janrining semiotik xususiyatlari, “Sehr” konseptining bipolyar (ijobiy/salbiy) tabiati, “Uzuk” motivining diaxron resemantizatsiyasi lingvistik jihatdan ochib berilgani hamda mazkur konseptlar tarkibida qo‘rquv, vasvasa, fidoyilik va iroda kabi antropofenomenlarning konseptual mexanizmlari aniqlanib badiiy matnda lingvistik faollashuvi “Language and literature” nomli darsligiga muvaffaqiyatli joriy qilindi. Mazkur darslik “Ingliz tili” bakalavriat mutaxassisligi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 21-avgustdagi № 316-son guvohnomasi asosida ro‘yxatdan o‘tkazilgan (ro‘yxat raqami 114491). Natijada, talabalar ingliz adabiyoti tarixiy taraqqiyotini zamonaviy kognitiv va lingvokulturologik yondashuvlar asosida anglash, badiiy matnni diskursiv model sifatida talqin qilish va uni madaniyatlararo kommunikatsiya jarayonida qo‘llash ko‘nikmalarini egallash imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
J.R.R. Tolkinning “The Lord of the Rings” va “The Silmarillion” asarlarida ijobiy va salbiy obrazlar hamda “Muhabbat–Nafrat”, “Yorug‘lik–Zulmat”, “Suv” kabi ziddiyatli konseptlar lingvokonseptual, aksiologik va metaforik mezonlar asosida badiiy matndagi semantik va diskursiv tarkibi statistik tahlil orqali aniqlangan hamda leksik birliklarning takrorlanishi, miqdoriy ustuvorligi va semantik faolligi fentezi matnining kognitiv tarkibini shakllantiruvchi asosiy diskursiv model ekanligi xaqidagi tadqiqotning xulosalardan Qarshi davlat universitetida 2021-2023 yillarda amalga oshirilgan SUZ-800-21GR- 3181 “Reinforcing English Language competence at Karshi State University” nomli xalqaro grant loyihasi doirasida foydalanilgan
(Qarshi davlat universitetining 2025-yil 3-sentyabrdagi 04/4125-son ma’lumotnomasi). Natijada, J.R.R. Tolkin asarlarida kuzatilgan oppozision konseptlar asosida ishlab chiqilgan diskursiv model loyihada ingliz tilini o‘qitish jarayonida lingvistik birliklarning semantik va aksiologik qirralarini chuqurroq anglashga xizmat qildi.